Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


III bo‘lim. 6 — 12 oylik bolalarning rivojlanishi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

III bo‘lim. 6 — 12 oylik bolalarning rivojlanishi 

VIII bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena 

1-§. Yirik motorikani rivojlantirish 

77. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda yirik motorikani rivojlantirish talablari hisoblanadi: 

gavdasini boshqara olish (muvozanat saqlashga qodir bo‘lish); 

tana a’zolarini boshqara olish; 

maqsadli harakatlana olish. 

78. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari hisoblanadi: 

qo‘l  kaftlari  va  tizzalarida  turib  olish,  chayqalish,  doira  shaklida  oldinga  keyin  orqaga,  har  xil 

yo‘nalishlarda va turli yuzalarda (pol, divan, balandlikdan pastga) emaklash; 

yotgan holatidan o‘tirib olish, o‘tirgan holatidan yotib olish, hech kim ushlab turmagan holda o‘tirish; 

o‘yinchoqni olish uchun stol tagiga engashish va katta yoshdagilarning  yordamisiz yana turib olish 

(gavdasini to‘g‘rilash); 

mustaqil ravishda to‘g‘ri yurishni boshlash; 

ikki oyog‘i va ikki qo‘lidan foydalanib tana holatini o‘zgartirish; 

qo‘l va oyoqlari yordamida balandligi 0,6 m bo‘lgan buyumlar ustiga mustaqil chiqa olish; 

qo‘lini ko‘tarish va tushirish; 

katta yoshdagilarning yordamisiz ular ko‘rsatgan yo‘nalishda yurish; 

yuqoriroq joyda turgan buyumni olish uchun oyoqlarining uchiga turish; 

aravachasi ketidan yurish va yurish vaqtida to‘siqlarni aylanib o‘tish; 

bir buyumdan boshqa buyumga o‘tish; 

katta yoshdagilarning qo‘llaridan ushlab zinalarga chiqish va tushish. 

79. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim: 

bolani eng yoqtirgan o‘yinchog‘i yoniga emaklab kelishini rag‘batlantirish; 

bola bilan birgalikdagi o‘yinlarni tashkil qilish, bolaga: “Oldimga kel!”, “O‘tir!” qabilida ko‘rsatmalar 

berish; 


bolaning past bo‘yli buyumlar ustidan hatlab o‘tishini rag‘batlantirish va ularning o‘lchamlarini asta-

sekin oshirib borish; 

bolaning o‘zi qiziqayotgan buyumga xodaning ustidan emaklab etib borishi uchun imkoniyat yaratish; 

musiqa sadolari ostida ritmik harakatlarni bajarish, raqs tushish va qo‘llarni silkitish; 

bolaning  o‘tirgan  holatidan  yotib  olishi  va  yana  oldingi  holatga  qaytishi  uchun  yumshoq  yuzani 

ta’minlash; 

bolaning  qornida  yotgan  holatdan  ag‘darilib,  o‘tirish  holatiga  o‘tishi,  so‘ng  tik  turib  olishini 

rag‘batlantirish; 

bolaning mustaqil ravishda o‘rnidan turishini rag‘batlantirish; 

bola  birinchi  qadamlarini  bosayotganda,  suyanib  olishi  mumkin  bo‘lgan  turg‘un  qattiq  predmetlar 

bo‘lishini ta’minlash; 

bolaning bir buyumdan boshqa buyumgacha mustaqil yurib borishini rag‘batlantirish; 

bola o‘tirgan holatda unga koptok tashlash va uning ana shu koptokni tutib olishini rag‘batlantirish; 

bola o‘rindig‘iga chiqib olayotganida, o‘zi bilan biror-bir o‘yinchoqni olishini rag‘batlantirish; 

bolaning yuzalarga chiqib olishi uchun ko‘proq imkoniyat yaratish; 

bola bilan ikki va uch so‘zdan iborat gaplarni qaytarishdan iborat bo‘lgan o‘yinli mashqlarni bajarish; 

bola bilan turli ko‘ngilochar o‘yinlarni o‘ynash; 

bolaning o‘zidan balandroq yuzadagi o‘yinchoqni qo‘llari bilan olishini rag‘batlantirish; 

bola har ko‘tarilib yana pastga tushganida uni maqtash; 

xonada tegishli to‘siqlarni joylashtirib, bolaning to‘siq sari tezda borib, unga urilib ketmasdan aylanib 

o‘tishini rag‘batlantirish; 



80. 6 — 12 oylik bolalar hali juda tajribasiz bo‘lganliklari uchun quyidagilarga amal qilish lozim: 

bolani qarovsiz qoldirmaslik; 

turli jarohatlanishlarning oldini olish; 

xotirjam va do‘stona ohangda so‘zlashish; 

xonalarda  xavfsiz  muhit  yaratish,  jumladan  isituvchi,  qizdiruvchi  asbob-uskunalarga  yaqinlashish 

imkoni yo‘qligiga, jihozlarda o‘tkir qirrali burchaklar mavjud bo‘lmasligiga e’tibor qaratish. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish