MUNDARIJA
KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB. BOLALARGA MUSIQAVIY-RITMIK HAKATLARNI O'RGATISH VA BOLALARDA MUSIQIY TARBIYANING RIVOJLANISHIDA RITMIK HARAKATLARNI O'RNI.
1.1 .Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash va musiqaviy-ritmik xarakatlarni o'rgatish.
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasida ritmik harakatlarni o'rni.
II BOB. BOLALARDA RETMIK ILK HAAKATLARNING NAMOYISHLARI VA BUNDA MUSIQAVIY TARBIYA BERISH METODLARIDAN FOYDALANISH
2.1 . Bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari ritmik harakatlar
2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Musiqa tarbiyasida ritmik harakatlarn haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqadagi ridmik haakatlani ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma'naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san'atsevar xalqimiz hayotida musiqa san'ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz. Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san'atning, xususan, musiqa san'atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:
a.) Musiqa — o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi,
b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,
d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma'naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita. Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta'lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan 4 vazifalardan biridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat — yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta'sir ko`rsatmoqda”, - deb musiqa san'atining yosh avlodning ma'naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta'kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g` risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustivor deb e'lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e'tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an'analarini va madaniyatini e'zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bolalar ritmik harakatlar madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o`zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to`g`ri idrok eta olish malakasiga ega bo`lishlari ularning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasiga o`ta kuchli ta'sir ko`rsatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Turli san'at turlarini tahlil etib ko`radigan bo`lsak, musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan o`ziga xos idrok etilishi bilan farq qiladi. Masalan, tasviriy san'at? haykaltaroshlik, arxitektura kabi san'at turlarida asar ko`rish vositasi bilan idrok etiladi. Shu tufayli unda asarning shaklini va mazmunini istalgan biron bir vaqt mobaynida ham bir butun holda, ham ayrim detallarga bo`lingan holda idrok etish mumkin. Musiqa san'atida esa asarni ko`z bilan ko`rib, idrok etib bo`lmaydi. Uni aniq bir vaqt mobaynida eshitish orqaligina idrok etish mumkin. Shuning uchun bizning ongimizda musiqa asarlari birdaniga bir butun holda gavdalanmay, balki asta-sekin asarning bo`laklari biri ikkinchisining ortidan kelib, xotiramiz yordamida belgilanib, ma'lum vaqt mobaynida yaxlit bir asarga aylanadi. Aynan shu xususiyat musiqa asarining idrok etilishini belgilaydi. Demak musiqa shakli boshqa san'at turlaridagi shakllardan o`zining idrok etilishi, ya'ni eshitish va vaqt bilan bog'liqligi jihatidan farq qiladi. U doim muayyan bir jarayondan iborat bo`lib, ko`pincha o`zgaruvchan intensivlikda rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |