Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


V bo‘lim. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

V bo‘lim. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi 

Mashg‘ulotlar rejasi 

T/r

 

Mashg‘ulot nomi

 

Bir yil davomida

 

haftada

 

bir oyda

 

1-yarim 



yillik

 

2-yarim 



yillik

 

jami

 

1.

 



Atrof muhit bilan tanishtirish

 

0,5



 

2

 



8

 

10



 

18

 



2.

 

Tabiat bilan tanishtirish



 

0,5


 

2

 



8

 

10



 

18

 



3.

 

Aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yin-



mashqlar (sensor tarbiya)

 

1



 

4

 



16

 

20



 

36

 



4.

 

Nutq o‘stirish



 

1

 



4

 

16



 

20

 



36

 

5.



 

Badiiy adabiyot bilan tanishtirish

 

0,5


 

2

 



8

 

10



 

18

 



6.

 

Rasm



 

1

 



4

 

16



 

20

 



36

 

7.



 

Qurish-yasash

 

1

 



4

 

16



 

20

 



36

 

8.



 

Loy bilan ishlash

 

0,5


 

2

 



8

 

10



 

18

 



9.

 

Jismoniy tarbiya



 

2

 



8

 

32



 

40

 



72

 

10.



 

Musiqa


 

2

 



8

 

32



 

40

 



72

 

 



Jami

 

10



 

40

 



160

 

200



 

360


 

XVI bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena 

164. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mazkur yo‘nalish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

bolaning  fiziologik  ehtiyojlarini  qondirish  sharoiti,  bolaning  bo‘y  uzunligining  rivojlanishi, 

salomatligini mustahkamlashni ta’minlash, bolalarni ochiq havoda sayr qildirish, jismoniy shug‘ullanishi uchun 

zarur bo‘lgan jihozlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash; 

sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish (sog‘lom ovqatlanish, harakat faolligi, kun tartibiga rioya qilish); 

madaniy gigiyena va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini namuna qilib ko‘rsatish; 

bolaning salomatligini inobatga olgan holda chiniqtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 



1-§. Yirik motorikani rivojlantirish 

165.  Quyidagilar  2  yoshdan  3  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  yirik  motorikani  rivojlantirish  talablari 

hisoblanadi: 

o‘z tanasini boshqarish (muvozanat saqlash) qobiliyatiga ega bo‘lish; 

o‘z tana a’zolarini boshqara olish; 

ma’lum obyektlar bo‘ylab harakatlanish. 

166. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari 

hisoblanadi: 

oyoqlarini sudramasdan, eni 15 — 20 sm bo‘lgan yuzada yurish, ilon izi shaklidagi chiziqcha ustidan, 

oyoqlarining  uchida,  polda  emaklab,  cho‘kkalab  yurish,  eni  20  sm  bo‘lgan  yuzada  yurganda  ko‘zga 

ko‘rinadigan mo‘ljallarsiz yo‘nalishni saqlash; 

doira bo‘ylab bir tomonga qarab 30 — 40 soniya davomida yugurish; 

turgan joyda aylanish

asta-sekin 80 m gacha yugurish; 

balandligi 25 — 30 sm bo‘lgan arqon ostiga emaklab kelish; 

o‘zining harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish va yugurish; 

zinadan mustaqil ko‘tarilish va pastga tushish

ikki oyog‘ida sakrash, eni 20 — 25 sm bo‘lgan kichik ariqcha, ko‘lmakcha ustidan hatlab o‘tish; 

to‘siqlar ustidan sakrab o‘tish, kichik narsalar ustidan tez yugurib yoki sakrab o‘ta olish; 

ikki oyog‘i bilan velosiped pedallarini aylantira olish. 




167. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

bolaning harakatlanish tajribasini turli jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan boyitish; 

katta yoshdagilardan o‘rnak olgan holda harakatlarni to‘g‘ri bajarishga ko‘maklashish; 

bolalarni faol harakatlanishni tashkil qilishning jamoaviy shakllariga jalb qilish; 

bolada tanish harakatlarni oson va erkin, bir maromda, mos ravishda, fazoda yo‘nalishdan adashmay, 

shuningdek muvozanatni saqlagan holda bajara olish ko‘nikmalarini shakllantirish

polga to‘lqinlar shaklida tashlab qo‘yilgan arqon ustidan yurib o‘tishni taklif qilish; 

bolaning  ma’lum  obyektlar  bo‘ylab  harakatlanishini  rag‘batlantirish.  Bunda  bola  teparoq  joyga 

chiqishi, emaklab yurishi, sakrashi mumkin; 

bolaning  velosiped  pedallarini  ravon  aylantirishini  rag‘batlantirish  yoki  unga  itarish  kerak  bo‘lgan 

o‘yinchoqlarni berish. 

168.  2  yoshdan  3  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarning  xavfsiz  yashashlari  va  harakatlanishlari  uchun 

quyidagilarga rioya qilish lozim: 

bola  jarohatlanishining  turli  shakllari  yuzaga  kelishiga  yo‘l  qo‘ymaydigan  barcha  zaruriy  shart-

sharoitlarni yaratish; 

bola bor joyda derazalarni ochiq qoldirmaslik

bola  qum,  suv  va  boshqa  mayda  narsalar  bilan  o‘ynayotganida  ularning  zarrachalari  bolaning 

ko‘zlariga kirib ketishining oldini olish; 

bolaga salomatligini saqlashning elementar qoidalarini (zinadan pastga tushayotganda zinalar ustidan 

sakrab o‘tish lozimligini, qo‘liga o‘tkir qirrali buyumlarni olish mumkin emasligini) o‘rgatishda davom etish. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish