Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 3 Mb.
bet116/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

SAVOLLAR VA SO’Z O’YINLARI
1. Nima hamma tilda ham gapiradi? (aks sado).

2. Odamzodda nima ko’p? (umid, reja).

3. Dunyoda nima chaqqon? (fikr).

4. Dunyoda nima yugurik? (fikr).

5. Dunyoda nima qimmat? (rostlik).

6. Dunyoda nima ko’rinmaydi? (sevgi).

7. Yumuq ko’z bilan nimani ko’rish mumkin? (tush).

8. Qaysi joyda osmon past bo’ladi? (suvda).

9. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? (quruq tosh).

10. Dunyoda bir narsa borki, u bo’lmasa hech kim bir- birini tanimaydi,

u nima? (ism)

11. Yuki bo’lsa yuradi,

yuksiz to’xtaydi. (osma soat).

12. Yomg’ ir yog’ ib turganda, qarg’ a

qanday daraxtga qo’nadi? (ho’l daraxtga).
INDAMAS MALIKA

(Chex ertagi)

Bir yerda ariq boʻlgan ekan. Ustiga ensizgina koʻprik qoʻyilgan ekan. Shunday tor ekanki, ikki kishi sira oʻta olmas ekan. Kunlarning birida Baxt koʻprikning bir tomonidan, Aql koʻprikning ikkinchi tomonidan oyoq qoʻnibdi. Bir qadamdan yurishgach, ikkalasi ham toʻxtab qolibdi. – Menga yoʻl ber, – debdi Baxt.

– Nega senga yoʻl berar ekanman? – debdi Aql.

– Chunki men inson uchun zarurroqman. Men, Baxtning oldida hatto Gʻam ham bosh egadi. – Men sen haqingda yomon gap aytmoqchi emasman. Balki haqiqatan ham inson sen tufayli yaxshi yashar. Lekin Aql boʻlmasa, uning holiga voy. Men bilan barcha jumboqlarni hal qiladi, hamma chigallarni yechadi. Sen bunda kerak boʻlmaysan. Baxt kulib, shunday debdi: – Sen Aqlsan-u, lekin juda soddasan. Kel, janjalimizni ishda sinab koʻraylik. Qara! Koʻryapsanmi, bir yigit yer haydayapti. Endi balogʻatga yetyapti. Oʻz aqli, oʻz baxti yoʻq. Shu paytgacha otasining aqli, baxti bilan yashagan. Qani ishga kirish. Keyin kim haq ekanligini gaplashamiz. – Sen aytganingcha boʻlsin! – debdi Aql va koʻprikdan tushibdi. Boshqa kishi boʻlganda qaysarlik qilgan boʻlarmidi, ammo u Aql-da, bekordan-bekorga janjallashmaydi. Yigit ertalabdan beri otasi aytganidek, soʻqani toʻgʻri bosib yer haydar, hech narsani oʻylamas ekan. Birdan oʻylanib qolibdi. Kechgacha yer haydab, uyga qaytib kelibdi-da, otasiga shunday debdi: – Oʻn yetti yil yashadim, dala bilan qishloqdan boshqa hech narsani koʻrmadim. Ruxsat bering, jahonni kezib oʻz kuchimni sinab koʻray. Yigit uyida oxirgi kecha tunabdi. Tong otishi bilan katta yoʻlga chiqib, boshi oqqan tomonga ketaveribdi. Qancha yurgani, yoʻlda kimlarni uchratgani toʻgʻrisida ertakda aytilmagan. Biz ham soʻramaganmiz. Nihoyat u qirol yashaydigan katta shaharga kelibdi. “Koʻp yurib, koʻp narsani koʻrdim. Dehhonlarni ham, savdogarlarni ham, kosiblarni ham koʻrdim… Endi qirolni koʻrsam yaxshi boʻlar edi. Lekin qirolning huzuriga shundoq kirolmaysan! Qirol saroyiga ishga kiraman. Oshxonadami, otxonadami ishlayman…” deb oʻylabdi yigit. Qirol oshxonasidan oshpaz haydabdi, otxonadan unga ish topilmabdi, bogʻbonga boʻlsa dastyor kerak ekan, yigitni ishga olibdi. Yigit bugʻdoy ekish-u sabzavot yetishtirishni bilar ekan, xolos. Lekin bogʻni parvarish qilish, daraxtlarni kesish-u gullarni oʻstirish uning tushiga ham kirmagan ekan. Lekin yigit Aql bilan oshna boʻlganidan, bogʻbonning ishiga razm solib nima ish qilish kerakligini darrov bilib olibdi. Bir yil bir zumda oʻtib ketibdi. Bogʻbon hamma ishni unga topshirib qoʻyibdi. Bunaqa dastyorni umrida koʻrmagan ekan. Bogʻ yana ham obod boʻlib ketibdi.

Qirol har kuni sevikli qizi bilan bogʻda sayr qilar ekan. Malika afsonalardagidek goʻzal ekan! Nilufar oldiga kelsa yuzlari undan oqroq ekan, qizil gul oldiga kelganda esa yanoqlari guldan ham yorqinroq yonar ekan. Sochlari boʻlsa goʻyo oltindek, tong yogʻdusiga oʻxshar, koʻzlari shoxlar orasidan koʻrinadigan musaffo osmonni eslatar ekan. Lekin bogʻbonning dastyori uning ovozini sira eshitmagan ekan. Qirol uning ishini maqtar, undan baʼzi narsalarni soʻrar ekan-u, lekin malika ogʻziga soʻk solgandek hech narsa demas ekan. Aytishlaricha, malika oʻn olti yoshgacha dugonalari bilan gaplashar, ular bilan qoʻshiq aytishar ekan. Kulganda ovozi qoʻngiroqdek jaranglar ekan. Oʻn olti yoshga toʻlgandan keyin gapirmaydigan boʻlib qolibdi. Hamma mamlakatlardan shahzodalar, aslzodalar unga sovchi boʻlib kelishar ekan. Malika ularning gaplarini tinglar ekan-u, boshini qimirlatib rad qilar ekan. Qirol unga yalinar, tabib va sehrgarlarga koʻrsatar ekan. Nihoyat u, kimki qizimni gapirtirsa, oʻzimga kuyov qilaman, deb farmon chiqaribdi.

Aslzodalar ham, savdogarzodalar ham baxtlarini sinab koʻrishibdi. Lekin uddasidan chiqisholmabdi. Malika ogʻzi yelimlab qoʻyilgandek tovushini chiqarmabdi. Yosh bogʻbon uni bir koʻrgandayoq tinchligini yoʻqotibdi. Xayolida faqat malika boʻlib qolibdi. Nihoyat: “Malikani gapirtirishga urinib koʻraman”, –degan qarorga kelibdi. Bir kuni Malika boqqa yolgʻiz oʻzi kuchugi bilan sayrga chiqibdi. Shu payt yosh bogʻbon gul koʻchati oʻtqazayotgan ekan. Malika uning ishini tomosha qilmoqchi boʻlib toʻxtabdi. Iti ham uning oyogʻi ostida choʻqqayib oʻtiribdi. Yigit itga shunday debdi:–Qani, kuchuk, ayt-chi, qanaqa gap bizga yoqadi? Kuchuk bir qulogʻini koʻtaribdi, boshini egibdi, turgan gapki, hech narsa deyolmabdi. Malika ham oʻzini eshitmaganga solib indamabdi. Lekin ketmay turaveribdi. – Bilmaysanmi? – debdi yigit. – Bilmasang men aytib beraman. Bizga hammadan ham maʼnoli va erkalovchi gap yoqadi. Endi ikkinchi jumboqni eshit: qaysi narsa doimo bir-biri bilan birga boʻladi? Biri ikkinchisisiz bir ish qilolmaydi? Kuchuk dumini likillatibdi. Malikaning labi qimirlabdi-yu, lekin ochilmabdi.

– Voy seni qara-yu! – debdi yosh bogʻbon. – Shuni ham bilmading-a! Fikr bilan soʻz birga yuradi. Fikrsiz soʻz shaqildoqqa oʻxshaydi. Soʻzsiz fikrni esa dengiz tubidagi chpgʻanoqdagi marjon deyaver. Malika qoshini chimiribdi, boshini magʻrur koʻtaribdi. Lekin baribir ketib qolmabdi. Yosh bogʻbon kuchukning momiq junini silab, yana gap boshlabdi:

– Bu jumboqlarni topish oson. Hozir senga ertak desang, ertak emas, masal desang masal emas, yaqinda boʻlgan bir voqeani aytib beraman. Haqiqatga oʻxshaydi-yu, lekin oʻzing xulosa chiqararsan. Uch oʻrtoq bir tomonga ketishayotgan ekan. Bittasi oʻymakorning shogirdi, ikkinchisi tikuvchining shogirdi, uchinchnsi, rostini aytsam, qirol bogʻbonining yordamchisi ekan. Yurib-yurib kunni kech qilishibdi. Oʻrmonda tunab qolishga majbur boʻlishibdi.

Bu oʻrmonda boʻrilar, silovsinlar boʻlar ekan. Uch oʻrtoq gulxan yoqib, navbat bilan qorovullik qilmoqchi boʻlishibdi. Birinchi boʻlib oʻymakorning shogirdi poyloqchilik qilibdi. Ikkn oʻrtoq uxlabdi, u boʻlsa gulxanga shox tashlab oʻtiribdi. Nihoyat zerikib, qoʻliga bir yogʻochni olibdi-da, vaqtni oʻtkazish uchun yoʻna boshlabdi va bir qoʻgʻirchoq yasab qoʻyganini oʻzi ham sezmay qolibdi. U oʻz ishidan mamnun boʻlib, oʻrtogʻini uygʻotibdi. “Tur, – debdi, – sening galing keldi. Uxlab qolmasliging uchun mana senga ish, – u yogʻoch qoʻgʻirchoqni koʻrsatibdi. – Xaltangda parcha-purcha lattalaring bor, ninang qalpogʻingga toʻgʻnalgan, dangasalik qilma!” Oʻymakorning shogirdi uyquga ketibdi. Tikuvchinnig shogirdi boʻlsa ishga tushib ketibdi. Qoʻgʻirchoqqa shunaqa chiroyli koʻylak tikibdiki, bunaqasini malikalar ham kiymagan ekan. Shunda uning poyloqchilik vaqti tugabdi. Tikuvchining shogirdi uchinchi oʻrtogʻini uygʻotib, unga: “Buni qara, oʻymakor qoʻgʻirchoq yasadi, men unga kiyim tikdim. Sen endi nima qilsang, oʻzing bilasan!” – debdi. U yerga uzala tushib, xurrak ota boshlabdi. Bogʻbonning dastyori yogʻoch qiz bilan gaplasha boshlabdi. Unga ertak aytibdi, qoʻshiq kuylabdi, topishmoq soʻzlabdi. U ertak aytsa, qoʻgʻirchoq kulibdi, qoʻshiq kuylasa, qoʻgʻirchoq chapak chalibdi. Topishmoq aytganda esa qoʻgʻirchoq tilga kirib, hamma topishmoqlarni topibdi. Tong otibdi, oʻrtoqlari uygʻonibdi. Keyin janjal boshlanibdi. “Qiz meniki! – debdi oʻymakor. – Uni men yasaganman”. “Meniki, – debdi tikuvchi, – men uni kiyintirganman”. “Qiz meniki, – debdi bogʻbon. – Men uni gapirishga oʻrgatdim”. Hozirgacha ular janjallashayotgan emish. Lekin qizning oʻzidan soʻrash aqllariga kelmasmish. – Soʻrashning nima keragi bor! – debdi birdaniga malika. – Unga gap oʻrgatgan, unga hayot baxsh etgan kishiga tegishi kerak. – Esingda boʻlsin, tagʻin gapingdan tonma! – debdi bogʻbonning shogirdi. – Sen oʻzing shunday hukm chiqarding! Men seni hech kimga bermayman, sen meniki boʻlasan. Malika loladek qizarib ketibdi. Bir narsa demoqchi boʻlibdi-yu, lekin butalar orasida turgan otasi bilan birinchi ministrni koʻrib qolibdi. Choʻchitilgan qushdek sergak tortib, qochib ketibdi. Bogʻbonning dastyori ham qirolni koʻribdi. Qirol sevinganidan ogʻzi qulogʻida, yosh bogʻbonning oldiga kelib, uning yelkasiga qoqib shunday debdi: – Men hammasini eshitdim, yosh boʻlsang ham aqlli, tadbirkor ekansan. Malikani gapirtirishga muvaffaq boʻlding. Qani ayt, senga qanday mukofot beray. – Mukofotni sen oʻzing belgilagansan-ku, shohim, – debdi yigit. – Vaʼda qilganingdek qizingni menga ber. Qirol qovogʻini solib jim boʻlib qolibdi. Shunda qirolning ministri gap boshlabdi:

– Hoy, yigit, – debdi u, – yosh boʻlsang ham jizzaki va qoʻpol ekansan-ku. Axir sen zoti past, malikaga qanday qilib kuyov boʻlasan!

– Lekin qirol oʻzining qirollik soʻzini bergan-ku! – deb turib olibdi yigit. – Sen ahmoq, bu soʻz qachon berilganini bilasanmi? U vaqtda malika ogʻziga soʻk solgandek indamas edi! – Gap shunda-da, – debdi yigit. – Men uni gapirtirdim. – Kim eʼtiroz bildiryapti? – debdi ministr. – Malika gapirdi. Endi unga har qanaqa shahzoda yoki, masalan, birinchi ministr uylanib, oʻzini baxtli hisoblaydi. Gapiga quloq solib oʻtirasizmi! Handab yuboring uni, janob oliylari! – Yoʻq, bu yaxshi boʻlmaydi, – debdi qirol. – Unga istagan narsasini berib mukofotlash kerak. Pul soʻrasin yoki unga yer beramiz… – Menga pul ham kerak emas, yer ham, – debdi yigit. – Qirol soʻzining ustidan chiqishga majbur. Qirolning soʻzi qonun. Shohlik shu tufayli barqaror. Birinchi ministr qulogʻini bekitib baqiribdi:

– Shohimizni haqoratlaydigan bunday gaplarni eshitishni istamayman. Qirol majbur degan odam uni haqorat qilgan boʻladi. Qirolni haqorat qilganning boshi ketadi! Janoblari, uni qatl qildiring!

– Nima ham derdim, – debdi qirol qizishib. – Shunday ekan, boshqa hukmga u loyiq emas. Soqchilarni chaqirib, yosh bogʻbonning qoʻlini bogʻlashibdi va mahtal turgan shahar maydoniga olib ketishibdi. Shu payt Baxt kelib Aqlga taʼna qilibdi:

– Yigitni qay ahvolga solganingni koʻrdingmi?!

Aql gardanini qashibdi.

– Hamma ish yaxshi ketayotgan edi! Lekin hozir bahslashish vaqti emas. Endi unga yordam berolmayman. Agar qoʻlingdan kelsa, unga yordam ber. – Oson ish emas, – debdi Baxt. – Lekin harakat qilaman. U shunday deyishi bilan aravaning gʻildiragi chiqib ketibdi. Uni tuzatguncha ancha vaqt oʻtibdi. Ozmi, koʻpmi vaqt oʻtgandan keyin nihoyat yigitni qatl maydoniga olib kelishibdi. Yigit taxtasupaga chiqa boshlagan ekan, pillapoya sinib ketibdi. Ustalar yangi pillapoya yasay boshlashibdi. Qirol boʻlsa, yosh bogʻbonni esidan ham chiqarib yuboribdi. Qizining xosxonasiga yuguribdi. Tezroq uning tovushini eshntgisi, u bilan gaplashgisi kelibdi. – Nega bir yilgacha gapirmading, qizim? – debdi u.

– Ahmoq kuyovlar menga uylanmoqchi boʻlishdi, – debdi malika. – Ular mening husnim bilan oʻzlarining boyligi-yu martabalarini maqtashdan boshha narsani bilishmaydi. Ularning gaplari jonimga tegdi, javob berish emas, eshitishni ham istamasdim. Shunda, biror aqlli gap eshitmagunimcha, koʻnglimga yoqadigan suhbat qiladigan odam topilmaguncha indamaslikka qaror hildim. Mana niyatimga yetdim. Toʻyga hozirlik koʻring, ota! Qizingizni yosh bogʻbonga bering! Otasi boshini changallabdi.

Axir u qora xalqdan-ku, u sening tenging emas…

– Lekin barcha shahzoda-yu bekzodalardan, ministrlaringizdan aqlli, – debdi malika. – Axir soʻz bergansiz, bajarishingiz kerak.

– Anavi odobsiz yigit ham shunday degan edi! – deb baqiribdi qirol. – Shuning uchun uni birinchi ministr ikkalamiz qatl etishga hukm qildik. Malika yigʻlab yuboribdi.

– Agar shunday boʻlsa, men hech kimga tegmayman! Yana indamas boʻlib olaman. Oʻlgunimcha hech kim mening tovushimni eshitmaydi.

Qirol qoʻrqib ketibdi. Qizi qilaman degan ishini qilmay qoʻymas ekan.

– Mening aybim yoʻq, – deb baqiribdi. – Birinchi ministr meni yoʻldan ozdirdi.

Qizi hech narsa demay yigʻlayveribdi.

– Nima qilay?! – debdi qirol qoʻllarini silkitib. – Balki kech emasdir. Maydonga chopar yuboray-chi. Chopar bor kuchi bilan maydonga yuguribdi. Yosh bogʻbon esa maqtalga boshini qoʻyibdi. Chopar ulgurolmaydi! Jallod qilichini koʻtaribdi. Shunda Baxt uchinchi marta unga yordam beribdi. Jallodning qoʻlini turtib yuboribdi, qilich kundaga tegib sinib ketibdi. Shunda chopar ham yetib kelibdi. Uzoqdan oq roʻmolini silkitib, baqiribdi. – Qatlni toʻxtating! Yigitni zax yertoʻlaga emas, izzat bilan saroyga olib boring. Gapni choʻzib nima qilamiz! Yosh bogʻbon qirolning kuyovi, goʻzal malikaning eri boʻlibdi. Ministrni, bundan buyon bemaʼni maslahat bermasin deb, haydab yuborishibdi. Endi yosh kuyov, bogʻbonning sobiq dastyori qirolga maslahat beradigan boʻlibdi. Uning hamma maslahatlari oqilona ekan. Aql bilan Baxt oʻrtasidagi bahs nima boʻlibdi dersiz? Ular insonga Aql ham, Baxt ham kerak, degan qarorga kelishibdi. Baxt boʻlmasa bitta Aql bilan tashvishdan qutula olmaysan. Aql boʻlmasa, Baxtga ham yomon boʻladi. Ahmoqlik bilan barcha ishni barbod qilish mumkin.

 

Ruschadan V. Yoʻldoshev tarjimasi


Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish