H I K O YA T
Undoq eshitdimki, bir kecha Xorun-ar Rashid bir tush ko’rdikim, og’zidin barcha tishlari to’kulmish. Erta tong turib bir muabbirni chaqirib so’radikim,"bu tushning ta’biri nedur?" Muabbir dedi:"Ey amiralmo’minin, sening oldingda barcha xesh, aqrabo va qarindoshlaring o’lg’usidir. Andoqkim, sendin o’zga hech kishi qolmag’usidur". Bu so’zni eshitg’on Xorun-ar Rashid: "Mening yuzimga bundoq dardliq va anduhlig’ so`zni aytding. Mening barchа qarindoshlarim o’lsalar, so`ngra men qandoq ishga yararman va na yang’lig’ ro’zg’or surarman?"-dedi va unga yuz tayoq urmog’ni buyurdi. So’ng boshqa bir muabbirni chaqirib, tushin unga tahrir qildi. Muabbir dedi: "Ey amiralmo’minin,sening umring barcha aqrabolaring umridin uzoq bo’lur". Xorun-ar Rashid dedi: "Barcha aqlning yo`li birdur va ikkovining ta’birining negizi bir yerga borur, ammo bu ibora bila ul iboraning orasida farq bag’oyat ko’pdur". Buyurdi, so’nggi muabbirga yuz tillo berdilar...
Ey farzand, so’zning yuzin va orqasin bilg’il va ularga rioya qilg’il, har na so’z desang yuzi bila degil, to suxango’y bo’lg’aysan. Agar so`z aytib, so’zning nechuk ekanin bilmasang qushga o’xsharsanki, unga to’ti derlar, ul doim so’zlar, ammo so’zning ma’nosin bilmas.
Suxango’y shul kishi bo’lg’ayki, ul har so’zni desa, xalqqa ma’qul bo’lg’ay va xalq ham har so’z desa unga ma’qul bo’lg’ay. Bunday kishilar oqillar qatoriga kirg’ay, yo’q ersa ul inson suratida mavjud bo’lg’on bir hayvondur.
So’zni bag’oyat ulug’ bilg’il, so’z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdur.
Qay bir so’zniki bilsang joyini o’tkarmay aytg’il… vaqtni zoe qilmag’il, yo’q ersa donishg’a sitam qilg’on bo’lg’aysan. har so`z desang rost deg’il va be’manilikni da`vo qilg’uvchi bo’lmag’il.
Bilmag’on ilmdin dam urmag’il va undin non talab qilmag’il. Har na matlubing bo’lsa, bilg’on ilm va hunardin hosil bo’lur. Bilmag’on hunar da`vosidin hech narsa hosil bo’lmas, faqat behuda zahmat chekarsan.
H I K O YA T
Bundoq ayturlarki, Anushirovon Odilning zamonida bir xotin Abuzurjmehrning oldiga kelib, undin bir savol so’rdi. Abuzurjmehr ul savolni bilmamish erdi va xotinga qarab dedi: "Ey xotin, ul so’zni sen so’rorsan, uni bilmasman". U xotin dedi: "Sen bugina so’zniki bilmassan, podshohning ne’matin nechun ersan?" Abuzurjmehr dedi "Bilg’on so’z uchun yerman, ammo bilmag’on so’z uchun emasman. Har so’zniki bilmasman podshoh menga ul so’z uchun hech narsa bermas va harna bersa bilg’on so’zim uchun berur".
Ammo, ey farzand, hech kishining oldida ifrot qilmag’il va ifrotni shumliq deb bilg’il. Har ishda miyonа(o’rtacha) bo’lg’il, so’z aytmoqda va ish qilmoqda...sangin bo’lg’il. Rozingni o’zingdin o`zga kishiga aytmag’il, agar aytsang so’ngra uni roz demag’il. Xaloyiqning orasida bir kishining qulog’iga so’z aytish yaxshi emasdur. Agar bu so’z garchand yaxshi so’z bo’lsa ham, tashqarisindan uni yomon so’z deb gumon qiladilar va ko’p odamlar bir-birlaridan dargumon bo’ladilar. Gar so’z demoqchi bo’lsang, shunday so’z degilki, so’zingning rostlig’iga guvohlik bersinlar. Agar o’zingni zo’rlik bila aybdor qilmoq tilamasang, biror narsaga guvoh bo’lmag’il va agar guvoh bo’lsang, guvohlik berar vaqtda ehtiroz bo’lg’il.
Agar guvohlik bersang, mayl bila bermag’il. Har so’zni andisha bila boshlag’il, toki aytg’on so’zingdin pushaymon bo’lmag’aysan.
Andishani ilgari tutmoq ham bir nav karomatdur. Hech so’zni eshitishdan diltang bo’lmag’il. Ul so’z ishingga xoh yarasun, xoh yaramasun, uni eshitg’il, toyuzingga so’z eshigi beklanmasun va foydasi favt bo’lmasin. Sovuq so’zlik bo’lmag’il. Sovuq so’z bir tuxumdur, undin dushmanlik hosil bo’lur.
TOPSHIRIQLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |