Trop–grekcha so’z bo’lib, ko’chirma oborot, kinoya demakdir.(10.45-bet) Endi troplarning turlari bilan tanishib chiqamiz.
Metafora–grekcha so’z bo’lib, ko’chim, istiora degan ma’noni anglatadi. Nutqqa obrazlilik, emotsiya berish niyatida narsa va hodisalar ortasidagi o’xshashlikka asoslanib, so’zlar va iboralarning ko’chma ma’noda ishlatilishi.
M: Ko’zimning nuri kel, toza gulim, kel!
Ko’ngil bog’ida sayroqi bulbulim, kel!
(Uyg’un, I.Sulton. “Alisher Navoiy”)
Biz bu misralardagi ko’zning nuri, toza gul, sayroqi bulbul birikmalarini to’g’ri, o’z ma’nosida tushunmaymiz, balki ular orqali Navoiyning sevgilisi–Gulini tushunamiz.
Yoki, kishining yoshligini “g’uncha”, yigitlik davrini “umrning bahori”, “umrning guli” kabi so’zlar birikmasi bilan, o’ldi so’zini “xazon bo’ldi”, “so’ldi” so’zlari bilan almashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |