Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi


II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA RUS TILINI O’RGATISH METODLARINING AMALIY AHAMIYATI



Download 161,5 Kb.
bet8/14
Sana21.02.2022
Hajmi161,5 Kb.
#13357
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA RUS TILINI O’RGATISH METODLARINING AMALIY AHAMIYATI.
II.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA RUS TILINI O’RGATISH METODLARINING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI.
Milliy maktabgacha ta’lim muassasalarida ikki yillik ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarga rus tilini o’rgatishda pedagogga suhbat, bolalar bilan so’zlashish, topshiriq va vazifalar berish, tarbiyachi so’zlarini yod olish, sayohatlar, jismoniy mashqlar, pedagogning o’yinchoq suratlar haqidagi hikoyasi, stol qo’g’irchoq teatrini namoyish etish, ertak va she’rlarni sahnalashtirish, o’yinlar kabi metodik usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
SUHBAT
Suhbat — bu rus tilini o’qitishning dastlabki bosqichida eng qulay va keng tarqalgan ish turidir. Suhbat jarayonida bolalar yangi so’zlarni zarur grammatik shaklda o’rganib oladilar, o’tgan mashg’ulot materiallarini takrorlaydilar, ularda o’rganilayotgan tilda muloqot qilish ko’nikmalari shakllanadi.
Milliy maktabgacha ta’lim muassasalarida rus tili mashg’ulotlarida asosan hosil qiluvchi (o’rgatilgan material asosida) va umumlashtiruvchi suhbatlardan foydalanish lozim. Suhbatdan bolalar bilimlarini bir tizimga solish uchun foydalaniladi. Suhbat jonli tusga ega bo’lishi va eng yuqori samara berishi uchun bolalarning mustaqil fikrlarini eshitish, ularning suhbat mavzusiga nisbatan shaxsiy munosabatlarini aniqlashga intilish lozim.
Suhbat tabiiy holda va erkin borishi zarur. Agar mantiqiy va grammatik jihatdan to’gri bo’lsa, qisqa javob keng yoyilgan javobdan ko’ra ishonchliroq chiqadi. To’gri javob olish uchun savolni to’gri tuzish muhim ahamiyatga ega. Savollar oddiy, aniq, va tushunarli bo’lishi kerak. Maktab yoshidagi bolalarning individual xususiyatlariga mos keluvchi hamda ularga uchun mumkin bo’lgan savollarning qo’yilishi o’z leksikasi va frazeologayasi jihatdan katta pedagogik va metodik mahoratni talab etadi.
Dastlabki rus tili mashg’ulotlarida bolalar boshlang’ich shakldagi otlar bilan tanishadilar, shuning uchun savollar javobda boshlang’ich shakldagi so’zlar qo’llanishini talab qiluvchi ko’rinishga ega bo’lishi lozim:

  • Eto chto? ~~ Eto kukla.

a eto chto? — Eto mishka.
Keyin javobida DA, NET tasdiq yoki inkor so’zlar ishtirok etadigan savollarni berish lozim:

  • Eto kubik? - Da, eto kubik.

  • Eto myach? - Net, eto shar.

Savollar bolalar javoblardagi so’zlarni savolda qo’llanilmagan grammatik shakllarda qo’llashga majbur bo’ladigan darajada asta-sekin murakkablashtirilib borilishi lozim.

  • Eto kakoy kubik? - Eto krasnыy kubik.

Pedagog bolalar javoblariga katta e’tibor bilan qarashi lozim. Dastlabki mashg’ulotlarda u javoblarning namunalarini beradi. Bolalarni nafaqat berilgan savollarga javob qaytarishga, balki ularning o’zlarini ham savol berishga o’rgatish darkor. K.D.Ushinskiy bu ish uslubiga katta ahamiyat bergan. U yozadi: "...o’quvchining bilim olish jarayonida nafaqat guvoh va tinglovchi, balki faoliyat ko’rsatuvchi shaxs ekanligining o’zi mashg’ulotni juda qiziqarli qiladi".
Shunday qilib, bolalarning suhbat jarayonida ishtirok etishi majburiydir. Suhbatni shunday uyushtirish kerakki, toki unda barcha ishtirok etsin. Agar bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan bo’layotgan suhbatni eshitib gapiraversa-yu, ozi luqma tashlay olmasa, bu holda u suhbatlashish jarayonini mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo’ladi xolos. Shunga erishish lozimki, toki har bir bola nafaqat eshitishni, balki so’zlashni mashq qila olsin.
Ishning savol-javob shakli foydali usul hisoblanadi va undan to’g’ri foydalanilganda katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Biroq, u hukmron bo’lib qolmasligi lozim, uni boshqa usullar bilan uyg’unlashtirish zarur.
BOLALAR BILAN SUHBAT. Boshqa kishilar bilan suhbatlashish, o’z taassurotlarini, fikrlarini, hislarini, kechinmalarini boshqalar bilan o’rtoqlashishga ehtiyojmandlik insonga xos xususiyatlardandir. Bolaga esa, ayniqsa, ko’proq xosdir. Bu ehtiyojdan boshqa millat bolalarida ruscha suhbatlashish nutqini rivojlantirish yo’lida foydalanish lozim. Maktabgacha tarbiya sohasidagi yirik arbob Ye.I.Tixeeva shunday ko’rsatib beradi: "...bolalar bilan yakka tartibdagi suhbatlar o’z tarbiyaviy ahamiyatiga ko’ra, ayniqsa, ahamiyatlidir, zero, unda bolaning ichki dunyosi ochiladi va uning tili jamoadagi suhbatlarga qaraganda, beqiyos darajada rivojlanadi" maktabgacha ta’lium muassasalarida rus tilini o’qitayotgan pedagoglar har qanday kichik imkoniyatlardan foydalanib, bolalar bilan rus tilida ko’proq gaplashishga intilishi lozim. Bolalar bilan suhbatlashish uchun rejimli jarayonlarni o’tkazish, bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tizimli suhbat mavzularini tanlash, masalan: bolalarni qabul qilib olish, sayrga chiqish uchun kiyintirish, sayr qilish kabi jarayonlardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, bolani qabul qilib olishda tarbiyachi undan qanday o’yinchoqlar olib kelganligini va uyda kimlar bilan o’ynaganini so’raydi; sayrga chiqish uchun kiyintirayotgan paytda bolalardan qanday kiyimlar kiyayotganliklarini aytishni taklif qiladi. Bolalar bilan yakka tartibda o’tkazilgan suhbatlarda pedagog bolaning ruscha tovushlar talaffuzidagi xatolarini yoki u yoki bu grammatik shakllarni noto’gri qo’llayotganini aniqlashi, to’gri talaffuz etish va so’zlarni zarur grammatik shaklda qo’llash uchun namunalar berishi mumkin.

Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish