Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi


TADQIQOT ISHINING TARKIBIY TUZILISHI



Download 161,5 Kb.
bet6/14
Sana21.02.2022
Hajmi161,5 Kb.
#13357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TADQIQOT ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA IKKI YILLIK TA’LIM JARAYONIDA RUS TILINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI.
I.1. BOSHQA MILLAT BOLALARIGA RUS TILINI O’RGATISHNING PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI.
Til hayotimizning ajralmas qismi bo’lib, biz unga o’z-o’zidan bo’lishi shart bo’lgan narsa sifatida qaraymiz Tilning o’zi nima, biz unda qanday so’zlayapmiz, biz qanday qilib so’zlashii o’rganishimiz haqida esa unchalik ko’p o’ylab ham o’tirmaymiz. Hammaga yaxshi ma’lumki, tilni o’rganuvchi maxsus fan mavjud bo’lib, uning nomi lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak-shubhasiz bu borada sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramasdan hozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng insoniysi bo’lgan va ustoz insonning jamiyat a’zosi sifatida mavjud bo’lishi mumkin bo’lmagan til haqida juda kam bilar ekanmiz.
Psixologiyada til insoniy muloqotda qo’llaniladigan belgilarning (tovushlar, so’zlar, iboralar, ayrim elementlarni birlashtirish va o’zgartirish qoidalari) eng muhim tabiiy tizimi sifatida tushuniladi. Nutq esa - insonlarning tildan ta'lim olish, ya'ni axborotni qabul qilish va uzatishda foydalanish jarayoni sifatida tushuniladi.
Ta'lim amaliyotida “til” so’zi qo’llanilganida ko’pincha til bilan birga nutq ham tushuniladi. Bu shu bilan izohlanadiki, o’quvchi nutqi undan tashqaridagi til tizimi bilan belgilanadi. U nutqni egallar ekan, mohiyatan ushbu til tizimi mavjudligining qoida va usullarini ham egallaydi. Va yana: kishilarning nutqiy muloqotini muayyan miqdordagi so’zlarni va ushbu til qoidalarini bilishsiz, muayyan mazmunni ifodalash uchun ushbu so’zlarni bir-biriga bog’lash ko’nikmalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunday qilib, til va nutq turli tushunchalar bo’lgani holda bir-biri bilan uzviy bog’langan. Til - bu “imkoniyatli muloqot vositasi”, nutq esa - “harakatdagi aynan o’sha vositalar” hisoblanadi*.
Til va nutq eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog’langan, chunki u mohiyatan uning quroli hisoblanadi. “Til ong kabi qadimiydir; til boshqa kishilar uchun va shu bilan birga mening o’zim uchun ham amalda mavjud bo’lgan haqiqiy ongdir va ongga o’xshab til faqat ehtiyojdan, boshqa kishilar bilan muloqot qilish zaruratidan paydo bo’ladi”*.
Bu fikrlash jarayoni insonning ichki nutqi (“o’ziga mo’ljallangan” nutq) bilan bir paytda ro’y beradi, deya ta'kidlayotgan psixologlar fikrini tasdiqlaydi.
Til insonga aqliy faoliyatni rejalashtirish, aqliy sa'y-harakatlar natijalarini kelgusi avlodlarga qoldirish imkonini beradi. Insonning o’z o’tmishi va buguni haqida bilganlari, uning kelgusida qoldiradigan bilimlarining barchasi til orqali amalga oshadi. Dunyoqarashlar, ma'naviy va estetik ideallar, axloq me'yorlari - bularning barchasi til va nutqiy muloqot orqali yuzaga keladi.
Shu sababli tilning vazifalaridan biri fikrni rasmiylashtirish, uni moddiy ifodalashdan iboratdir; “Tashqi nutq - fikrni so’zga aylantirish, uni moddiylashtirish jarayonidir”*. Shundan fikr nutqning ruhiy omili bo’lib xizmat qiladi, fikrni boyitish esa nutqiy rivojlanishning sharti hisoblanadi. Ma'lumki, nutq - “nutqiy fikr”ning u yoki bu til ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topishiga, keyinchalik esa uning tashqi nutqda, ya'ni og’zaki va yozma nutqda amalga oshishiga o’tish jarayonidan iboratdir*.
Tashqaridan kuzatiladigan nutqiy harakatlar ko’plab chuqur psixologik holatlar bilan bog’liq. Insonning gapirishi uchun qandaydir sabablar - ehtiyojlar zarur, ularning umumiyligi nutqiy ta'lim motivatsiyasi deb ataladi.
Bola tilni kattalar va o’z tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etish uchun o’rganadi, buning uchun esa unga nimalar deyishayotganini tushunishi va o’zi ham gapirishi lozim.
Bunda ona tili (bizning holatimizda - o’zbek tili) va o’zga tilnio’rganishning motivatsion asoslari turlicha bo’ladi. Boshqa tildagi nutqni o’rganishning asosiy motivatsiya manbai - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Nutq harakatlarini muvaffaqiyatli qo’llash bu ehtiyojni qondiradi va asta-sekin nutqiy axloq mahoratini oshiradi. O’zga til esa aynan shunday motivatsion asoslarda faqat bolaning atrofidagilar ikki til vositasida muloqotga ehtiyojni yuzaga keltirgan holdagina kuchayadi. Shu sababli bolalarda o’z fikrlarini o’zga tildatuzish va bu tildagi nutqni tushunishga ehtiyojni yaratish o’zbek bolalari uchun o’zga tilda nutqni rivojlantirishning muhim metodik sharti hisoblanadi.
O’zga tilni o’zlashtirishning psixologik qiyinchiliklari o’zga tilni o’rganishga bo’lgan qiziqish sohasida emas va unga nisbatan his-hayajonli munosabat sohasida ham emas, balki psixolingvistik sohada yashiringan: ya'ni bu qiyinchilik o’qiyotgan bola ongida ikki til tizimi - rus va o’zbek tilining qanday o’rin olganligiga, shuningdek ikkinchi tilga (o’zga tilgao’qitishda) bu ikki tizimning bir-biri bilan qanday munosabatda bo’lishida, ya'ni interferensiyani bartaraf etishidadir.
Har qanday til faoliyati til qurilmasi yordamida amalga oshiriladi, bu qurilma u yoki bu tilni egallagan, ya'ni tilning egasi bo’lgan har bir odamda mavjuddir.
Til insonga aqliy faoliyatni rejalashtirish, aqliy sa'y-harakatlar natijalarini kelgusi avlodlarga qoldirish imkonini beradi. Insonning o’z o’tmishi va buguni haqida bilganlari, uning kelgusida qoldiradigan bilimlarining barchasi til orqali amalga oshadi. Dunyoqarashlar, ma'naviy va estetik ideallar, axloq me'yorlari - bularning barchasi til va nutqiy muloqot orqali yuzaga keladi. Shu sababli tilning vazifalaridan biri fikrni rasmiylashtirish, uni moddiy ifodalashdan iboratdir; “Tashqi nutq - fikrni so’zga aylantirish, uni moddiylashtirish jarayonidir”*. Shundan fikr nutqning ruhiy omili bo’lib xizmat qiladi, fikrni boyitish esa nutqiy rivojlanishning sharti hisoblanadi. Ma'lumki, nutq - “nutqiy fikr”ning u yoki bu til ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topishiga, keyinchalik esa uning tashqi nutqda, ya'ni og’zaki va yozma nutqda amalga oshishiga o’tish jarayonidan iboratdir.
Tashqaridan kuzatiladigan nutqiy harakatlar ko’plab chuqur psixologik holatlar bilan bog’liq. Insonning gapirishi uchun qandaydir sabablar - ehtiyojlar zarur, ularning umumiyligi nutqiy ta'lim motivatsiyasi deb ataladi.
Bola tilni kattalar va o’z tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etish uchun o’rganadi, buning uchun esa unga nimalar deyishayotganini tushunishi va o’zi ham gapirishi lozim.
Bunda ona tili (bizning holatimizda - o’zbek tili) va o’zga tilnio’rganishning motivatsion asoslari turlicha bo’ladi. Boshqa tildagi nutqni o’rganishning asosiy motivatsiya manbai - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Nutq harakatlarini muvaffaqiyatli qo’llash bu ehtiyojni qondiradi va asta-sekin nutqiy axloq mahoratini oshiradi. O’zga til esa aynan shunday motivatsion asoslarda faqat bolaning atrofidagilar ikki til vositasida muloqotga ehtiyojni yuzaga keltirgan holdagina kuchayadi. Shu sababli bolalarda o’z fikrlarini o’zga tildato’zish va bu tildagi nutqni tushunishga ehtiyojni yaratish o’zbek bolalari uchun o’zga tilda nutqni rivojlantirishning muhim metodik sharti hisoblanadi.
O’zga tilni o’zlashtirishning psixologik qiyinchiliklari o’zga tilnio’rganishga bo’lgan qiziqish sohasida emas va unga nisbatan his-hayajonli munosabat sohasida ham emas, balki psixolingvistik sohada yashiringan: ya'ni bu qiyinchilik o’qiyotgan bola ongida ikki til tizimi - rus va o’zbek tilining qanday o’rin olganligiga, shuningdek ikkinchi tilga (o’zga tilgao’qitishda) bu ikki tizimning bir-biri bilan qanday munosabatda bo’lishida, ya'ni interferensiyani bartaraf etishidadir*.
Har qanday til faoliyati til qurilmasi yordamida amalga oshiriladi, bu qurilma u yoki bu tilni egallagan, ya'ni tilning egasi bo’lgan har bir odamda mavjuddir.
Til qurilmasi - matnlarni to’zish va ularni tushunishda yordam beruvchi til tizimidir (yaxlit olingan tovush, leksika va grammatika tizimlari).
Bola ona tilini o’zlashtirar ekan, o’z ongida tegishli til qurilmasini shakllantiradi. O’zbek oilalaridagi bolalarda tabiiyki, o’zbek tili qurilmasi shakllanadi. Bola ona tilini egallash orqali hali to’liq bo’lmagan til qurilmasidan foydalanishga o’rganadi, chunki u hali ko’p so’zlarning ma'nosini, ularning qanday qilib to’g’ri talaffuz etilishini bilmaydi; u hali grammatikani to’liq o’zlshtirmagan. Shuning uchun bola o’ziga moslashtirilmagan matnlarni, masalan kattalar o’rtasidagi suhbatni qabul qilar ekan, sekin-asta o’z til qurilmasining yetarli emasligi bilan bog’liq muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Va nutqni so’zma-so’z qabul qilmaslikka o’rganib qoladi. Aslini olganda, o’z tilini to’liq o’zlashtirib olish - bu tildan foydalanish jarayonida til qurilmasini to’liq shakllantirish deganidir. Ko’p martalab qaytariladigan so’zlar yoki grammatik to’zilmalarni bola eslab qoladi va til qurilmasidagi qabul qiluvchi qismning bir elementi sifatida o’zlashtirib oladi, keyin esa u yaratuvchi qismga o’tadi: bola o’zi tuzgan so’zlarini matnda qo’llashni o’rganib oladi.
Bola bilingvini shakllantirgan holda uni o’zga tilgao’qitayotganlar shuni hisobga olishi juda muhimki, ona tilining til qurilmasi birdaniga emas, balki asta-sekin shakllanadi. 6-8 yoshli bolada garchi til qurilmasining ayrim qismlari (fonologik tizim, grammatik tizim asoslari) shakllanib ulgurgan bo’lsa-da, u hali nihoyasiga yetkazilmagan bo’ladi.
Shu tufayli bola o’z ona tilida eshitgan matnlaridan (ertak, multifilm va h.k.) bilgan tanish obrazlarga tayangan holda rus tilidagi matnni anchayin tez muddatda qabul qilishni o’rganishga, ya'ni yuqorida aytilgan ko’rish obrazlariga tayangan holda uning umumiy mazmunini ilg’ab olishga qodir bo’ladi. Biroq, bola matnni tushunsa, u darhol gapira oladi deb o’ylash noto’g’ridir.
Matn yaratishda (gapirishda) bilingvni shakllantirishning ilk bosqichlarida bo’ladigan aralash til qurilmalari (bola ona tilida so’zlaydi va unga nisbatan o’zga tilda so’zlayotganliklarini qisman tushunadi) ishlamaydi.
Turli til qurilmalarini aralashtirib yuborish bola nutqining o’zbek tili va, ayni paytda, o’zga tilnuqtai nazaridan ham atrofdagilar uchun tushunarsiz bo’lishiga olib keladi. Va, bu qonuniydir: yaratilayotgan matnlar aniq bir tilga taalluqli bo’lishi lozim, chunki ular til egalarini yaratishda qatnashmaydi, balki muloqotning boshqa ishtirokchilariga beriladi.
Shu bois, o’zbek tilida ta'lim beriladigan bolalar bog’chalari va boshlang’ich sinflarda o’zga tilnio’qitishning pedagogik vazifalaridan biri, avvalo, bolaga aniq ko’rsatma berishdan iborat (“Sen o’zbekcha gapir!”, “Endi esa o’zga tilda gapir!”), toki bu bolaning tegishli tildagi nutq mexanizmini yo’lga solib yuborsin. Bu o’rinda shuni e'tiborga olish zarurki, maktabgacha va kichik yoshdagi bolalarda lingvistik tajriba yetarli emas, buning oqibatida ular turli tillarda so’zlayotganliklarini bilmaydilar. Bir-biriga qo’shilgan nutq mexanizmi esa o’z navbatida, ikki til tizimining interferensiyaga duchor bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun, ikkinchidan, ta'limdagi yana muhim vazifalardan biri - interferensiya ko’rinishlarini bartaraf eta olishdan iboratdir. Shuni unutmaslik lozimki, ikkinchi tilni o’rganishda bola o’z ona tilida matn to’zish borasidagi ayrim ko’nikmalarini o’z-o’zidan bu tilga ham ko’chirib o’tadi. Shu bilan birga ularda hali o’z ona tiliga nisbatan rasmiy yondashuv ko’nikmalari mavjud emas. Garchi, o’zga tilni o’rganishga kirishishda bolalar o’z ona tilida so’zlash borasida katta nutqiy tajribaga ega bo’lsalar-da, lekin ularda o’z ona tilida fikrlarni ifodalash usullari hali yetarli emas, shuning uchun ta'limning dastlabki bosqichida ishni ushbu ko’nikmalarni o’zga tilga nisbatan ham rivojlantirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda bolalarda o’z nutqiy ko’nikma va mahoratlariga tayangan holda o’zga tilni egallash ko’nikmalarini ham shakllantirish darkor.
Masalan, o’zbek bolalariga o’zga tilni o’qitishda ularga ayrim tovushlarni to’g’ri talafuz etishni o’rgatish, “mujskoy” va “sredniy” rodlarda otlar va sifatlardan foydalanishni o’rgatish zarur.
Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olgan holda, bizning nazarimizda, o’zga tilbo’yicha o’quv-metodik materiallarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Bu materiallarda turli toifali maktablar sharoitida, ya'ni o’zga tilda nutqi hali yetarli darajada rivojlanmagan o’zbek bolalari ham o’qiydigan ko’p millatli maktablar sharoitida vujudga kelayotgan turli bilingvizm holatlari nazarda tutilishi lozim.

Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish