Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi


II.2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA RUS TILINI O’RGATISHDA TURLI METODLAR ASOSIDAGI O’YINLARNI TASHKIL ETISH



Download 161,5 Kb.
bet10/14
Sana21.02.2022
Hajmi161,5 Kb.
#13357
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
II.2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA RUS TILINI O’RGATISHDA TURLI METODLAR ASOSIDAGI O’YINLARNI TASHKIL ETISH.
Bolalarga rus tilini o’qitish alohida narsalar nomlari, harakatlar, sifatlarni belgilashdan bir necha so’zlardan iborat bo’lgan kichik gaplarni to’zish, keyinchalik esa bir necha gaplardan iborat mazmunan bog’liq hikoyalar to’zishga karab ketishi zarur.
Bolalar o’zlariga qaratilgan tushunarli ruscha nutqni qanchalik ko’p eshitsa, ularning o’rganilayotgan tildagi uz nutqdari shunchalik tez va uyushqoq holda rivojlanadi. Suratlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar ushbu maqsadga erishishga yordam beradi. Misol sifatida bolalarga ruscha ravon nutqni o’rgatishni keltiramiz.
Mashg’ulot: Rus tilida ravon gaplashamiz
Jihozlar: O’yinchoqlar — ayiqcha; turli rangdagi o’yinchoqlar tasvirlangan suratlar (har bir bolaga bitta suratdan).
Metodik usullar: "Chego ne stalo?" so’z o’yini, gap tuzishga doir mashqlar.
Mashgulotning borishi:

  1. Bolalar yarim doyra shaklida utk.izilgan. Markazda stol, unda ayiqcha turibdi. Tarbiyachi bolalarga uni ko’rishni va ayiqchada qanday o’yinchoqlar borligini aytishni taklif qiladi. Tarbiyachi o’yinchoqlarni stolga qo’yadi, bolalar esa ularning nomlarini aytadi.

Tarbiyachi barcha o’yinchoqlarni yig’ishtirib qo’yadi, keyin esa bittadan oyinchoqni stolga qo’yadi va yakka tartibda so’ray boshlaydi: "Kakaya igrushka yest u mishki". Tarbiyachi javob namunasini beradi: "U mishki yest mashina". Tarbiyachi bolalarga "Chego ne stalo" o’yinini o’ynashni taklif qiladi.
O’yin maqsadi — bolalarni so’zlarni zarur grammatik shaklda (qaratgich kelishigi, birlik) qo’llashga o’rgatish.
Tarbiyachi o’yin qoidalarini ona tilida tushuntirib beradi.
O’yin tavsifi: Tarbiyachi ishorasi (qarsak chalish) bilan (bolalar ko’zlarini yumadilar yoki ortga o’tiradilar tarbiyachi esa bu paytda qaysidir o’yinchoqni olib qo’yadi. Bolalar ayiqchada qaysi o’yinchoq yo’qligini aytishlari kerak. Tarbiyachi javob namunasini beradi: "U mishki net barabana". To’g’ri javob uchun bola sovg’a qog’ozi (fant) oladi. O’yindan so’ng barcha qog’ozlar sanaladi, kimda shunday qog’oz ko’p bo’lsa, u yutgan hisoblanadi.

  1. Tarbiyachi turli rangdagi o’yinchoklar tasvirlangan suratlarning yuz tomonini pastga qilib stolga terib chiqadi.

Tarbiyachi suratlardan birini oladi, uni bolalarga, ayiqchaga ko’rsatadi va deydi: "Eto krasnaya mashina". So’ngra bolalarga navbati bilan yaqin kelib, surat olishni va ayiqchaga uning qanday o’yinchoqligini, u qaysi rangdaligini aytishni taklif qiladi. Agarda bola faqat o’yinchoq nomini aytsa, unga ayiqcha bu oyinchoqning qaysi rangdaligini ham bilishni xohlayotganligini eslatish lozim.

  1. Tarbiyachi bolalarga o’yinchoq haqida she’r aytib berishni taklif qiladi.

Shunday qilib, suratlar bilan o’tkazilgan mashg’ulotlar leksik minimumni mustahkamlash va faollashtirishga yordam beradi, grammatik qurilishni, o’z fikrlarini rus tilida ravon ifodalash qobiliyatini shakllantiradi.
ERTAKLAR, SHE’RLARNI SAHNALASHTIRISH
Teatrlashtirilgan tomoshalar bolalarga katta zavq, bag’ishlaydi.
Tomoshalar - sahna ko’rinishlari bolalarni taassurotlar bilan boyitadi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash, tasavvur, xotirani rivojlantiradi, o’rganilayotgan tilda ravon nutqni shakllantirishga yordam beradi. Syujetli o’yinchoqlar bilan sahnalashtirilgan hikoyalar, ertaklar, she’rlar bolalarni xursand qiladi, ularning nutqini faollashtiradi, eshitish, berilgan savollarga javob qaytarish qobiliyatini rivojlantiradi.
Badiiy asarlar, ertaklar, she’rlarni sahnalashtirish — bu pedagog o’qib bergan asarlarni qayta hikoya qilib berishning turli xil usullaridir. Ertaklar, she’rlarni sahnalashtirish uchun tarkibida dialogik nutq, bo’lgan asarlardan foydalanish lozim. Ularni qayta hikoya qilib berish ruscha so’zlashish nutqini, shu jumladan, rus tilida murojaat qilish, savol berish, sanash ohangini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradi; bolalar nutqi his- hayajon jihatdan yanada boyiydi, u personajlar tushib qolgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ba’zan quvnoq, ba’zan ma’yus, ba’zan esa iltimos ohangida jaranglaydi.
Bolalar bog’chalarida bolalarga ruscha so’zlashish nutqini o’rgatishda sahnalashtirishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

  • murakkab bo’lmagan syujetlarni (she’rlarni) sahnalashtirish va namoyish etish;

  • o’yin sahnalashtirish;

  • teatrlashtirilgan tomoshalar (kirish);

  • qo’g’irchoq teatri.

She’rlarning sahna ko’rinishlarini ta’limning dastlabki bosqichida, ya’ni bolalarda rus tilidagi so’zlar zahirasi hali unchalik katta bo’lmagan paytda qo’llash lozim.
Sahna ko’rinishlarini amalga oshirish metodikasi quyidagicha: namoyish boshlangunga qadar tarbiyachi unda qatnashadigan shaxslarni bolalarga tanishtirib chiqadi, narsalar nomlarini mustahkamlaydi. Tarbiyachi o’yinchoqlarni ko’rsatadi, agar o’yinchoqlar yangi bo’lsa bolalardan ular qanday nomlanishini so’raydi (ya’ni, bolalar ularning nomlari bilan hali tanish emas); tarbiyachi o’yinchoq, nomini aytadi va bolalardan uning nomini bir necha marta takrorlashni so’raydi. Bolalarni tomoshaning asosiy qahramonlari bilan tanishtirib bo’lgach, tarbiyachi o’yinchoqlarni stolga terib chiqadi va tomoshani boshlaydi. Bunda bolalar nafaqat tomoshabin, balki ishtirokchi ham bo’lishlari lozim.
Масалан, "Мишка" шеърининг саҳналаштирилиши.
Жиҳозлар: момиқ айиқча ўйинчоғи, унга иштонча, стулча, сувли тогора, сочиқ, тароқ, бант.
Саҳна кўриниши тавсифи. Тарбиячи болалардан бу нарсаларни, яъни: момиқ айиқча, иштончалар, стулча, сувли тоғора, сочиқ, тароқ, бантларни кўришни ва уларнинг момларини айтишни сўрайди. Болаларга нотаниш бўлган сўзларни она тилида тушунтириб беради ва уларнинг рус тилидаги номларини айтади.
Тарбиячи айиқчани эшикдан олиб киради ва дейди: "К мам медведь пришел из леса". Айиқчани стулга ўтиргизади. "И на стульчик быстро влез он".
Тарбиячи: Болалар:
"Куда влез мишка?" "На стульчик".
Тарбиячи айиқчани турли томонларга: гоҳ ўнг томонга, гоҳ чап томонга буради.
"Ну-ка, мишка, оглянись. Ребятишкам поклонись". Тарбиячи айикчанинг номидан болалар билан саломлашади.
Здравствуйте, дети! Здравствуй, мишка!
Тарбиячи айиққа иштончасини кийдиради ва дейди:
"Надевай-ка, мишка, новые штанишки".
Тарбиячи: Болалар:
"Что надел мишка?" "Штанишки"
"Какие штанишки?" "Новые штанишки".
Тарбиячи столга сувли тоғорани қўяди ва айиқчани у
гомон судрайди. Айикча боришни истамай, оёғини тираб туриб
олади.
"Какой ты грязный, мишка!" Давай-ка мыться! Ты воды не бойся! Чисто, чисто мойся!
Тарбиячи айикча оёкларини ювгандек бўлади, уни сочиқ билан артади: "Полотенцом вытри лапы".
Айиқчага тароқ беради: "Вот расческа причешись". Айикча ҳар томонга қарайди. Тарбиячи айикча билан барча харакатларни бажаради.
Причесался? Покажись!
Теперь все порядке — делай зарядку:
Лапы вверх, лапы вниз.
А теперь, ребята, руки вверх.
Руки вниз.
Мишка, сядь!
И, дети сядьте!
Мишка, встань!
И, дети, встаньте!

Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish