MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti
“Defektologiya (logopediya) kasbiy qayta tayyorlov kursi” tinglovchisi
Xoliqova Samiyaning “Maxsus pedagogika surdo pedagogikaning maqsad vazifalari, metodologik asoslari” mavzusidagi mustaqil ishi
Reja:
Maxsus pedagogika haqida tushuncha.
Surdo pedagogikaning maqsad vazifalari.
Surdo pedagogikaning metodologik asoslari.
Maxsus pedagogika - jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish haqidagi fan. Maxsus pedagogika jismoniy yoki ru-hiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning oʻziga xos oʻquvtaʼlim faoliyatlarini hisobga olgan holda ped.ning umumiy tamoyillari asosida rivojlanadi. Maxsus pedagogikaning bosh vazi-fasi jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlimtarbiyasini tashkil etishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratish hamda shunga mos defektolog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Maxsus pedagogika, shuningdek, bolalarni psixikpedagogik va klinik jihatdan oʻrganish, nuqson sabablarini aniqlash, pedagogik tasniflash va turlarga ajratish, maxsus taʼlim va tarbiya muassasalari sharoitida bolalarga individual muomala qilish, nuqsonli bolalarni jismoniy mehnatga tayyorlash kabi masalalarni ishlab chiqishdan iborat. Maxsus pedagogika qanday nuqsondagi bolalarni oʻrganishiga qarab surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika, logopediya kabi sohalarga boʻlinadi. Bularning har biri umumiy ped. tarmogʻini va barchasi birgalikda defektologiyani tashkil etadi. Oʻzbekistonda Maxsus pedagogika boʻyicha muay-yan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ped. institutlarining defektologiya fakultetlari uchun Q.Q.Mamedov, M. I. Soatov va P. M. Poʻlatovalar tomonidan "Oligofrenopedagogika asoslari", L. R. Moʻminova va M. Y. Ayupovalarning "Logopediya" qoʻllanmalari yaratildi. Bulardan tashqari, S. A. Aytmetova, M. Y. Ayupova, D. A. Gordiyenko, Q. Q. Mamedov, L. R. Moʻminova, P. M. Poʻlatova, V. S. Rahmonova, M. I. Soatov, R. Shomahmudova va boshqalarlarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning nuqsonlarini aniqlash, toʻgʻrilash va bartaraf etishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan qoʻllanma, dastur, maʼruza matnlari, uslubiy tavsiya va maqolalari eʼlon qilingan.
Surdopedagogika (lot. surdus kar va pedagogika) — defektologiya tarmogʻi; kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus oʻqitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi. S. ga kar yoki zaif eshituvchi bolalarni oʻqitish nazariyasi tarixi, kar va zaif eshituvchi bolalarning psixologik rivojlanish, oʻquv fanlarini oʻqitish, talaffuzni oʻrgatish va "lab bilan oʻqish", mehnatga oʻrgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari kiradi. S. kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganib, maxsus oʻquvtarbiya jarayoni tuzilishining asoslarini, maxsus oʻquvtarbiya muassasalarini tashkil etish tartibkridalarini ishlab chiqadi. Fan asoslarini oʻrganish bilan zaif eshituvchi bolalarda ogʻzaki nutq shakllanib boradi. Zaif eshituvchilarga ogʻzaki nutqni oʻrgatish uchun soʻzlar talaffuz qilinganda nutq organlarining harakati koʻrsatiladi. Shu harakatlarga qarab zaif eshituvchilar tovush va soʻzlarni ajratib olishga, yaʼni "labga qarab oʻqishga" oʻrganadi. Nutq harakatlarini takrorlashga oʻrgangan zaif eshituvchilar gapirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, karlar maxsus oʻquv alifbosi — daktilologiyasan foydalanib gapirishlari ham mumkin. Maxsus taʼlim sharoitida oʻquvchilarda i. ch. faoliyatining malaka va koʻnikmalari gʻosil qilinadi va normal hayotga tayyorlanadi. S. otolaringologiya, akustika, logopediya, umumiy ped., tilshunoslik, psixologiya, fiziologiya bilan uzviy bogʻliq. S. boʻyicha i.t.lar Oʻzbekistonda Toshkent ped. universitetining defektologiya ftida olib boriladi.
Surdopedagogika (lotincha «surdus» - so‘zidan olingan bo‘lib «karlik» degan ma’noni bildiradi) defektologiyaning bir tarmog‘i bo‘lib, eshitishida nuqsoni bo‘Igan shaxslar ta’lim-tarbiyasi masalalari hamda muammolari bilan shug‘ullanuvchi fandir. Surdopeda- gogikaning asosiy vazifalari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni pedagogik jihatdan har tomonlama o‘rganish, maxsus maktabda til o‘qitishni takomillashtirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzini shakllantirish ishlarini yuqori pog‘onaga ko‘tarish; eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganish va uni takomillashtirish, eshitish idrokining rivojlanish tizimi samaradorligini oshirish, o‘z bitiruvchilarining ma’lum bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilishlariga erishish; o'qitishning texnik vositalarini takomillashtirish; bog‘cha va maktab ta’limining uzluksizligini ta’minlash; respublika bo‘yicha tibbiyot hamda xalq ta’limi tarmoqlari ishlarini muvofiqlashtirish, erta tashxis muammolarini o‘rganishdan iboratdir. Eshitishida nuqsoni bo‘!gan bolalaming ta’lim-tarbiyasi Yevropadagi qator mamlakatlarda olib borilgan. Kar bolalarni yakka o‘qitishda o‘sha vaqtning buyuk olimi Djerolamo Kardano (1501-1576) «karlik va soqovlikka» fiziologik tushuncha berdi. U tomonidan birinchi bo‘lib, karlar bilan ishlash metodi ishlab chiqildi. XV-XVIII asrlarda karlarni yakka o‘qitishda 2 xi! oqimi tashkil qilindi.l-oqimga mansub X.P.Bonet (Ispaniya), D.Boiver, D.Vallis (Angliya) va h.k. nutqning har xil turlari: so‘zli, yozma, daktil, imo-ishora nutqlaridan foydalanish g‘oyasini ilgari suradi. 2-oqimga mansub F.M.Van Gelmont, I.K. Amman
(Gollandiya), F.L.Terkiy (Italiya), V.Kerger, G.Rafelg (Germaniya)lar o‘qitish va muloqotda faqat so‘zli nutqdan foydalanish tavsiya etadi.
XVIII asrning 2-yarmida Fransiya, Germaniya, Angliya, Avstriyada karlar uchun maxsus o‘qishlar ochildi. Shari Mishel Epe (1712-1789) Parijda karlar uchun institut ochdi. Shu bilan bir qatorda, u «mimik metod» yaratuvchisi hamdir. 1778-yil Germaniyada ham karlar uchun institut ochildi, u yerda «sof og‘zaki metod»dan foydalanildi. Uning asoschisi Samuil Geynike (1727-1790) bo‘lib, bu tizim XIX asrning oxiriga kelib, G‘arbiy Yevropaning hamma shaharlariga tarqaldi. AQSHda birinchi karlar uchun maktab 1817-yili tashkil qilindi.
Rossiyada ham karlar haqida ma’lumotlar mavjud. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Rossiyada maxsus o‘qishlar Peterburgda, so‘ng Varshava, Riga va boshqa shaharlarda ochildi. XX asrning boshlariga kelib, eshitishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitishning yangi tizimi ishlab chiqildi. Unda rus surdopedagoglaridan V.I.Fleri (1800-1856), G.A.Gilkova (1778-1858), A.F.Ostrogradskiy (1853-1907), I.A.Vasilyev (1867-1941), N.M.Logovskiy (1863-1933), F.A.Rau (1868-1957)lar faoliyat ko‘rsatishdi. Ulaming asosiy e’tibori eshitishida nuqsoni bor bolalarga kasbiy darajada ta’lim-tarbiya berishdir. Surdopedagogika umumiy pedagogikaning tamoyillari, metodlari, ta’lim berish va tarbiyalash vositalaridan keng foydalanadi. Bu metodlardan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning tarbiyasi, o‘qishi va rivojlanishida qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda kar va zaif eshituvchilarning ta’limda to‘g‘ri talaffuz qilish, o‘qitishning yanada rivojlanishida surdo texnikaviy asboblardan keng koMamli foydala- nishni talab qilyapti. Shundan dalolat beradiki, surdopedagogika surdotexnika fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Surdopedagogikaning metodlari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish, ularni o‘qitish jarayonini nisbatan yuqori pog‘onaga ko‘tarish, shuningdek, ushbu toifa shaxslaming kelgusi hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga xizmat qiladi. Buning uchun qator metod va yo‘llardan foydalaniladi.
Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish. Surdopedagogikaning muam- molaridan biri maxsus zamonaviy adabiyotlar darslik, metodik to‘plamlar; ilmiy jurnallardagi maqolalar; ilmiy adabiyotlar pedago- gika, psixologiya, surdopsixologiya va defektologiyaning boshqa tarmoqlari; maxsus adabiyot defektologiya lug‘ati, pedagogika ensiklopediyasi; mashhur surdopedagoglar faoliyati; surdopedagogik muassasalarning ishlari ma’ruzalar, hisobotlami o‘rganish va rivojlantirishdir. Surdopedagoglaming adabiyotlar bilan ishlashi eshitishida nuqsoni boTgan bolalami o‘qitish, tarbiyalash, rivojlanish davrlarini o‘rganishga imkon yaratadi.
Pedagogik nazorat. Pedagogik nazoratni tashkil qilish muayyan maqsad asosida amalga oshiriladi. Jumladan, pedagogik jarayonlarning vazifasi, ish rejasi, nazorat jarayoni aniq va to‘liq qamrab olinadi. Kuzatish maqsadi tajriba to‘plash va ilmiy-pedagogik tahlildir. Kuzatuvchi darsda o‘quvchilaming darsdagi mavzuni qay darajada qabul qilishini, darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini kuzatib tahlil qilib boradi. Kuzatishda o‘quv tarbiyaviy ishlarning natijasi aniqlanadi. Bu natija salbiy yoki ijobiy boMishi murnkin. Kuzatuv jarayonida zamonaviy texnik vositalardan toydalanish yaxshi natijalar beradi.
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish o'zaro bir-biri bilan bogMiq boTgan tamoyil, metod. rnetodikalar, pedagogik ta’sir, biiim, qobiliyat, o‘quvchilar rivojianishidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Ko pgina kuzatuvchi surdopedagoglar ilg‘or o‘qituvchi va iarbiyachilar tajribasidan foydalanadilar. Tajribali kuzatuvchilar ilg‘or o‘qit:uvchilar ish tajribasidan foydalanadi, yosh va boshqa
o'qituvchilar ishi bilan taqqoslavdi. llg‘or pedagoglaming tajribasini o'rganish uzoq muddatga rejalashtirilgan, aniq ishlab chiqilgan reja bo'yieha amalga oshiriladi. Pedagogik tajriba o‘quv yoki tarbiyaviy jarayondagi ilmiy masaladir. Kuzatuvchi pedagogik jarayonni biror nmqsadga yo'nallirilgan holda tuzadi yoki o‘zgartiradi. Tajriba olib borishda kim bilimni, uning olib borilishini, tajriba natijasi va javoblami bilishi kerak. Shu tajribadan olingan javoblarni tahlil qilishda matematik metodlardan foydalaniladi va bu pedagogik jaravonga aniqlik kiritiladi.
So‘rovnoma. Bolalami o4rganishida keng qo‘llaniladigan metodlardan biri so‘rovnomadir. So‘rovnoma yozma (testlar) yoki intervyu (so‘zli) tarzida bo'lishi murnkin. Bu metod o‘qituvchi yoki ota-onalar tomonidan oTganilayotgan obyektning yoki shaxsning qiziqishlari hamda qarashlarini o'rganishda qoMlaniladi.
Suhbat. Suhbat metodi kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalari, surdopedagoglardan ma’lumotlar olishda qoMlaniladi. Bunda pedagog kuzatilayotgan shaxsga oldindan aniq maqsadga yo‘naltirilgan savollar tuzgan bo‘lishi lozim.
Bolalar ishini o‘rganish. Bolalar ishini o‘rganish metodi bolalaming bilimlari va qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi. Bunda har xil rasmlar, har xil qog‘ozlar, plastilinlardan foydalaniladi. Ularning ishi tahlil qilinganda, uning bajarish tezligi, ishni tuzatishi emas, balki bosqichma-bosqich bajarilishi, xatolari va h.k. hisobga olinadi. Ularning bilimlarini aniqlashda o‘qituvchi yoki kuzatuvchi insho, bayon kabi yozma ishlar, o‘tkazishi mumkin.
Maktab hujjatlarini o‘rganish. Pedagogik hujjatlami o‘rganish (dars konspekti, darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv- tarbiyaviy reja, bayonnoma, pedagoglar yig‘ilishining hisoboti, o‘qituvchilarning metodik yig‘ilishlari) o‘quv-tarbiyaviy jarayoni, maktabdagi pedagoglaming erishgan yutuqlami, tajribalarini o‘rganish mumkin. 0‘quvchilaming shaxsiy hujjatlarini o‘rganish, har bir o‘quvchi ruhiyatini, qobiliyatini aniqlashda yordam beradi.
1.2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tasnifi
Karlik eshitishning turg‘un yo‘qolishi bo‘lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hatto quloqqa yaqin bo‘lgan masofadagi nutqni ravshan idrok etishning imkoniyati boimaydi. Total (toTiq) karlik, xuddi total ko‘zi ojizlik uchramagani kabi, juda kam uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha karlikda baland nutqiy bo‘lmagan tovushlami, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bo‘lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometrik tekshiruv eshitishning 80 db. (detsibel - tovushni idrok etishni oTchashda qoTlanuvchi o‘lchov birligi) dan yuqori darajada yo‘qolganini ko‘rsatadi.
Zaif eshituvchilik eshitishning turg‘un pasayishi bo‘lib, unda ushbu eshitish qoldig‘i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati boTadi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db.dan kam bo‘lmagan pasayishini ko‘rsatadi.
Eshitish muammolari holatidagi nutqning rivojlanish darajasi quyidagi to‘rt omilga tobedir:
1) eshitishning darajasi;
2) eshitish muammosining sodir boTish vaqti;
3) bolaning individual xususiyatlari;
4) eshitish muammosi sodir bo‘Igandan so‘ng bola uchun yaratilgan pedagogik sharoit.
Shundan kelib chiqqan holda har ikki guruhdagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar, o‘z navbatida, yana ikkitadan guruhga bo‘linadi:
Karlar:
1) tug‘ma yoki ilk yosh davrida eshitish qobiliyati yo‘qolgan va nutqni egallay olmagan kar bolalar;
2) eshitish qobiliyati kech yo‘qolib, nutqi saqlanib qolgan kar bolalar.
Zaif eshituvchilar:
1) nutqida qisman chetga chiqishi (nutqining grammatik tizimida me’yordan chetga chiqishlar: qo‘shimchalami noto‘g‘ri qo‘llash yoki tushirib qoldirish, ba’zan talaffuz muammolari) bo‘lgan zaif eshituvchi bolalar;
2) chuqur nutqiy muammolarga ega bo‘lgan (lug‘at zaxirasi o‘ta chegaralangan, nutqi qisqa, noto‘liq so‘zlardan, grammatik tizimi so‘z-gapdan, bo‘g‘in-so‘zlar qatoridan iborat) zaif eshituvchi bolalar.Tadqiqotlarning natijasi shuni ko‘rsatdi-ki, kar va zaif eshituvchi bola bir-biridan keskin farq qiladi. Zaif eshituvchi boladagi insori uchun o‘ta zarur bo‘lgan analizator - eshitish faoliyatining to‘liq ernas, qisman buzilishi nutqning birmuncha shakllanishiga imkon beradi. Lekin bunday yo‘l bilan nutqni egallashning o‘ta chegaralanishi bola tomonidan tushuncha va tasavvurlar (nutqning keyingi idroki va tushunilishi)da o‘zgachaiikni yuzaga keltiradi. Zaif eshituvchi bolaning nutqi rivojlanmasdangina qolmay, balki buzilgandir ham. Masalan, lug‘at zaxirasining kamligi bilan bir qatorda so‘zlarning boshqa ma’noda qoMlanishi, grammatik tizimning rivoj'ana olmasligi bilan bir qatorda, ular rna’nolarining noto‘g‘ri tushunilishi kuzatiladi. Bulaming barchasi bilish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatad:i: taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi psixik jarayonlar zaif eshituvchilarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni eshitish darajasiga ko‘ra guruhlarga tasniflash va mazkur tasnif asosida maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish ijobiy samara beradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni differensial tashkil etish uchun har xil tamoyilli tasniflash mavjud. Maxsus maktab o‘quvchi!arini o‘rganish, shuni ko‘rsatdiki, bu maktablarda o‘qitish ishlari asosan birlamchi nuqsonni hisobga olgan holdagina olib borilar ekan.Birinchi tasniflash XVI asrga to‘g‘ri keladi. Italiya olimi D.Kardano karlikning vujudga kelish vaqti va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslanib, 3 guruhga karlarni ajratgan: Tug‘ma karlar. Erta kar boMganlar (nutqi rivojlangunga qadar); Kech kar bo‘lganlar (nutqi saqlanib qolganlar).
XVIII asr Fransuz pedagogi R.A.Sikar eshitish nuqsoni har xil bo‘lgan bolalami guruhlarga bo‘lishni va ularni bo‘lak holda o‘qitishni taklif qilgan. XIX asming birinchi yarmida Rus surdopedagogi V.I.Fleri kar va zaif eshituvchi o‘quvchilami, kech kar bo‘lib qolganlarni va zaif eshituvchilarni bo‘lak holda o‘qitish kerakligini taklif qilgan. Parijdagi kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar instituti vrachi J.Itar besh guruh karlarni ularning tovushlar va nutqlar eshitishiga qarab ajratgan: yuqori nutq va tovushlami qulog‘ining yaqinida eshituvchilar; unli va undoshlarni ajratuvchilar; ayrim unli va undoshlami ajratuvchilar; nutqlami eshitmaydigan, lekin baland tovushlarni eshituvchilar; umuman eshitishida nuqsoni boMganlar. Biroq kar bolalarning tabaqalashtirishni, faqat turli darajadagi eshitish qobiliyatini yo‘qotganlami o‘qitish bilan ijobiy natijalar bermadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |