Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа tа’lim metоdikаsi kаfedrаsi



Download 118,48 Kb.
bet13/16
Sana29.06.2022
Hajmi118,48 Kb.
#717880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Relaksasiya vaqtini aniqlash: Multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirish jarayonida relaksasiya (bola kompyuterda ishlagandan keyingi barcha
toliqishlarni, jumladan ko’z toliqishini bartaraf etish) vaqtini aniqlash va unga
rioya qilish asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Relaksasiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga qarash
davomiyligiga bog’liqdir.
Relaksasiya vaqti:
1) monitor ekraniga uzlukli (diskret ravishda vaqti-vaqti bilan) qaraganda
2) 15 daqiqa davomida uzluksiz qaraganda farqlanadi.
Mashg’ulot o’tkazishda bevosita dialog metodidan foydalanish birinchi holga
to’g’ri keladi, ya’ni bu metodda bola monitor ekraniga uzlukli qaraydi.
15 daqiqali uzlukli holatdagi relaksasiya vaqti surov orqali quyidagicha
aniqdandi:
1. Bevosita dialog asosida o’tkazilgan mashg’ulotda 15 daqiqa uzlukli
monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqrok ("Sichqoncha" va
klaviatura kabellarining uzunligi masofasida) joylashgan holda bolalarning 95
foizi 15-20 daqiqadan so’ng toliqishlari yo’qolganini bildirdilar.
Mashg’ulot turlari bo’yicha relaksasiya vaqtining davomiyligi
Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida bevosita dialog metodidan
foydalanilganda mashg’ulotlar orasidagi relaksasiya bosqichini 15-20 daqiqa qilib
olindi.
Bolalar kompyuterda 15 daqiqa davomida uzluksiz mustaqil ishlagan holda 6
soatdan sung toliqishlari yo’qolganini bildirdilar. Shuning uchun, bu holda
relaksasiya vaqti kamida 5-6 soat bo’lishi kerak (1 jadval).
Shunday qilib, relaksasiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga
qarash davomiyligiga bog’likdir.
Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim- tarbiya berish
metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish
kerak:
1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib
borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo’lib qoladi.



Mashg’ulot
turi

Boskichlari
(dakika)

Relaksasiya
vakti

Umumiy
davomiyligi

Metodlari

1
.

Yangi bilim
beruvchi

1-6.15 dakika
2-6. 15 dakika

15-20 dakika

30 dakika

Bevosita
dialog

2
.

Ekologik ta’lim

1-6. 15 dakika
2-6. 15 dakika

15-20 dakika

30 dakika

Bevosita
dialog

3
.

Mustakil ish

1-6.15dakika

5-6 soat

-

Bilvosita
dialog

4
.

Kompyuterli
uyin

1-6. 15 dakika

5-6 soat

-

Bilvosita
dialog

5

Test utkazish

1-6.15dakika

5-6 soat

-

Bilvosita
dialog

2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni


tahdil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia
texnologiyasiga aylanadi.
Shuning uchun, MTMlar sharoitida kompyuterlardan ta’lim-tarbiya
jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi dialog texnologik xaritaga
kiritilgan reja asosida olib boriladi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo’lsa, mashg’ulot frontal
ravishda, bitta bo’lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o’tkaziladi.
Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan
savolga to’g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so’raladi. Agar MTMlarda
proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo’lsa, tarbiyachi mashg’ulotni
"kompyuter-elektron doska" usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTMda
bitta kompyuter bo’lgan hol) kompyuter xotirasidagi o’rganiladigan material
elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhining barcha bolalari bilan muloqotda
bo’ladi. Mashg’ulot davomida o’rganiladigan materialning har bir bo’lakchasini
tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining o’zi xulosalab boradi.
Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi
nazorati asosida tarbiyalanuvchilarning o’zlari mustaqil bajaradilar va o’zlarining
kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg’ulot o’tkazishda analogiya
metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi
qurilmasini o’rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin.
Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexanik yozuv mashinasi bilan
taqqoslanadi.
Sonlarning katta-kichikligi o’rganilayotganda 1000 so’mlik pulning miqdori
kattami yoki 500 so’mlik pulning miqdori kattami deb so’ralsa, 6-7 yoshli bolalar
ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar.
Buyumlarning uzunlik-o’lchovini o’rganishda "Ukangning bo’yi balandmi
yoki sening bo’ying balandmi?", - deb savol qo’yilsa, tarbiyalanuvchilarga
tushunchaning mohiyati tezda ayon bo’ladi. Yoki "Bir qavatli o’y balandmi, ikki
qavatli o’y balandmi?", - deb savol qo’yish mumkin.
Multimedia texnologiyasidan foydalanilgan mashg’ulot (kompyuterli
ta’lim)da slayd, taqdimot va boiqa ko’rgazmali vositalar tayyorlash va misollar
tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uyruzg’or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan
foydalanish kerak.
Masalan, 10 soni ichida ayirish amalini bajarishda tarbiyachi
tarbiyalanuvchidan "Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga
berding. O’zingda nechta konfet koldi?",- deyilsa, kundalik turmushida uchrab
turadigan masala bo’lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan
keyin monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta "buyum"dan 3 tasi ayirilsa, nechta
"buyum" qolishini aytib beradi.
Mashg’ulotning texnologik xaritasi. MTMlarning maktabga tayyorlov
guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars shaklda o’tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki
bu mavzu materiali bo’yicha o’ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib
olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, mag’sadi va vazifalari, mashg’ulot
mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar,
kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan
barchasini to’g’ri bajarsa, u holda unga "a’lo" bahoni ifodalaydigan 3 ball
qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda
"yaxshi" bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta
topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga "qoniqarli" bahoni
ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni to’g’ri bajara
olmasa, u holda hyech qanday ball qo’yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi
tarbiyalanuvchi bilan qo’shimcha shug’ullanib, uning bilim darajasini aniqlash
uchun qayta testga qo’yishi kerak.

2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter
savodxonligini shakllantirish metodikasi


Shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi
hisoblanadi. Undan, MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydala- nishda
qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik
xarakterga ega bo’lib, ular animasiya bilan berilgan bo’ladi.
Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar
statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish
mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi
(statik vosita). Mutimedia vositasida ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor)
ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi (dinamik vosita).
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va
ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’limtarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun
tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida
qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia
vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan taiqari, har bir MTM
tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli multimedia
vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin.
DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha
afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar
bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur
bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar,
grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik
vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.
MTMlarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga
bo’lish mumkin:
1. Monitor ekranidan to’g’ridan-to’g’ri bilim berishga mo’ljallangan
vositalar (elektron ko’llanma, mashg’ulotlar ishlanmasi, kompyuterli "ekskursiya
", kompyuterli ta’lim o’yinlari va h.k.).
2. Ko’rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun
mo’ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va h.k.).
MTM bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali,
harakatlanuvchi, rangli, multifikasiyali va jozibali bo’lishi shart.
So’nggi yillarda ta’lim muassasalarida keng foydalanish uchun
Respublikamizda multimedia ta’lim vositalarini ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan.
Jumladan, shunday ta’lim manbalari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Multimedia
umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi"da tayyorlanmoqda. Ikkinchi
manba, Internet ashyolari hisoblanadi. Internet veb-sahifalariga turli sohdlar
bo’yicha, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ko’plab
multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia
vositasini topib, ulardan MTMlarining ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanish
maqsadga muvofikdir.
Yuqorida aytilganlarga qaramay, Respublika MTMlarida foydalanishga
mo’ljallangan tayyor multimedia vositalari yetarli emas. Shuning uchun, har bir
MTMda tarbiyachining o’zi multimedia vositalarini tayyorlashi va ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanishi maqsadga muvofiq. Quyida MTMlarida multimedia
vositalarining ba’zi turlarini tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
imkoniyatlari ustida to’xtalamiz.
Odatda multimedia vositalarini ikki: dasturli va rolli usullarda tayyorlash
mumkin.
1. Dasturli usul. Dasturli vositalar tayyorlashda Powyer Point, Macromedia
Flash kabi dasturlardan foydalaniladi.
Mashg’ulot ishlanmasini tayyorlash. Mashg’ulot ishlanmasi deganda monitor
ekraniga chiqarib, tarbiyalanuvchilarga o’rgatishga mo’ljallangan mashg’ulot
materiali va mazmuni tushuniladi. Quyida ekologik ta’lim- tarbiyaga oid "Toza
havo - dardga davo" mavzusi bo’yicha mashg’ulot ishlanmasini tayyorlashni
ko’rib chiqamiz.
Avval mashg’ulot mavzusi anig’lanadi, so’ngra ishlanmani tayyorlash uchun
quyidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug’i sepish, ekish,
sug’orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona o’tlardan tozalash, parvarish qilish,
gullarni o’sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.
Ishlanma tayyorlash algoritmi:
1. Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (to’planadi).
2. Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl sifatida saqlanadi va
kompyuter xotirasiga kiritiladi.
3. Powyer Point dasturidan foydalanib, animasiya effektlari yordamida
multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi.
4. Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar
mazmuniga qarab mos holda ovoz beradi hamda taqdimot materiallarini sharhlab
boradi (1-ilova).
Slayd tayyorlash. Slayd tayyorlash uchun Powyer Point dasturidan
foydalanish mumkin. Microsoft Powyer Point universal, imkoniyatlari keng
bo’lgan ko’rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Powyer Point dasturi
yordamida matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya samaralari, ovoz, videorolik
va boshqalardan tashkil topgan slaydlar va taqdimotlar yaratiladi, ya’ni
multimediali ta’lim vositasi tayyorlanadi.
Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish, shuningdek, ba’zi
joylarda malumotlar bazasi sifatida hamqo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu
dasturdan multimedia vositalarini boiqarish va ularni qo’llab namoyish etuvchi
qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.
Slayd - ma’lum bir ulchamga ega bo’lgan muloqot varakdari hisoblanadi.
Unda biron maqsad uchun yaratilayotgan va namoyish etishga mo’ljallangan
materiallarning elementlari joylashadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor
ko’rgazma yoki mashg’ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada
namoyish qilish mumkin.
Slayd tayyorlash uchun birinchi navbatda Powyer Point dasturini ishga
tushirish kerak. Buning uchun, Windows ish stolidagi quyidagi buyruqdarni
bajarish kerak: "PUSK - Programmы - Microsoft Powyer Point". Bu buyruqlar
"Sichkoncha"ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.

Download 118,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish