16.3. Pedagogik kengash o’tkazish metodikasi.
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni
qiziqtiruvchi mavzu tanlanishi, mavzuning dolzarbligi, muammoli xarakterga ega
bo’lishi lozim. Shundagina pedagogik kengashda yaxshi ish muhiti hukm suradi,
masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi. Pedagogik kengash tarkibiga
mudira uslubchi tarbiyachi va pedagoglar, psixolog, vrach, xamshira, kasaba
uyushmasi raisi kiradi. Shuningdek jamoa tashkilotlarining vakillari, maktab
o’qituvchilari, ota-onalarni taklif etish mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha
ta`lim muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengash
tomonidan tasdiqlangan reja bo’yicha ishlaydi. Pedagogik kengash ishining
muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasiga qo’yiladigan masalaning
muhimligi savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi. Pedagogik
kengashga tayyorlanish shakllari xilma - xil bo’lishi mumkin. Masalan,
tarbiyachilarning biriga o’z ish tajribasidan ―Hulq-atvor madaniyati‖ xaqida
axborot berish, boshqasiga shu masala bo’yicha ―Psixologiya-pedagogika‖
fanining so’ngi yutuqlari haqida axborot tayyorlash topshirilsa, qolgan boshqa
tarbiyachilarga tajriba almashinayotgan guruxda bo’lish topshiriladi. Uslubchi
mazkur mavzuning chuqurligini mohiyatini ochib berishga yordam beradi. (bu
159
masalalar barcha tarbiyachilarga pedagogik kengash boshlanishidan ancha oldin
ma`lum bo’lishi kerak). Savollar ro’o’yxatini tayyorlaydi. Nazariya, metodikaning
eng qiyin masalalarini tarbiyachi navatorga topshiradi yoki o’yin tayyorlashni o’z
zimmasiga oladi. Pedagogika universiteti ―Maktabgacha ta`lim‖ kafedrasining
professor - o’qituvchilarini, metodistlarini, instruktorlarini ma`ruza bilan chikish
uchun taklif qilish kerak.
Ma`ruzada chuqur mazmun, aniq-mantiqiy bayon, masalaning nazariy
asoslanishi, g’oyalarning ijodiy tushuntirilishi, asosan dalilllar bo’lishi shart.
Ma`ruza uchun ajratilgan vaqt 20-30 daqiqadan oshmasligi kerak, aks xolda
masalani muxokama qilish va karorlar qabul qilishga vaqt qolmaydi.
Pedagogik kengashning yig’ilishi, agarda u faol, ijodiy o’tkazilsa, tarbiya
ishining g’oyaviy-siyosiy va kasb-xunar darajalarini oshirishga yordam beradi,
pedagogik tafakkurni, metodik ishga qiziqishni rivojlantiradi. O’quv yili davomida
deyarli xar bir tarbiyachi ma`ruzaga va qo’shimcha ma`ruzadagi rolida chiqish
imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari, tarbiyachilar pedagogik kengashga
qo’yilgan masalalarni muxokama qilishda doimo faol qatnashishlari kerak.
Pedagogik kengash yig’inlarida vaqti-vaqtida tarbiyachilarning «Uchinchi ming
yillikning bolasi» Dasturi talablarini bajarilishi bo’yicha ishlar xaqida xisobotlarini
tinglash maqsadga muvofiqdir. O’z faoliyatlarini taxlil qilar ekanlar, tarbiyachilar
fakat yutuqlargagina emas, balki xatolarini xam qayd qiladilar, o’z axborotlarini
belgilangan maksadlariga erishishlarida yordam bergan muvaffaqiyatni metod va
usullardan namunalar keltirib yoritadilar, xar bir bolaga xarakteristika-tavsiyanoma
beradilar, ularga pedagogik ta`sir etishning samarali yo’llarini ko’rsatadilar.
Xamkasblarining ishlarini muxokama qilishda ishtirok etayotgan barcha
tarbiyachilar ishtirok etadilar. Pedagogik kengash yig’ilishi yakunida maktabgacha
ta`lim muassasasining mudira yoki katta tarbiyachisi ishni mufassal va chuqur
taxlil qiladi. Tarbiyachilarning bunday saboqlari ularning guruxlaridagi ta`lim -
tarbiyaviy ishlar sifati uchun ma`suliyatni oshiradi. Ma`lumki, bolalar muassasi
jamoasida tayyorgarlik, tajriba darajasi xar xil bo’lgan xodimlar ishlaydi. Ularning
xar birining imkoniyat va qobiliyati xar xil, bilimlarining darajasi va o’z oldilariga
qo’ygan vazifalarini tushunishlari turlicha, shuning uchun navbatdagi pedagogik
kengash ishini tayyorlashda katta tarbiyachi yordamga muhtoj bo’lganlarga
ko’proq yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi, o’z ishining moxir ustasi tajribalarni
umumlashtirish yuzasidan so’zga chiqishga qiynalsa, bunday tarbiyachiga o’z
axborotlarining rejasini tuzishga yordam berish kerak. Mana shu (ma`ruza) reja
asosida u ma`ruza uchun qoralama qo’lyozma tayyorlaydi, unga qiziqarli
misollarni tanlashda, kerakli xulosalar chiqarishda, o’rganishni va xal qilishni talab
qiladigan savollarni ajratib ko’rsatishda yordam berish kerak. Tajribali
pedagoglarga faqat ayrim maslaxatlar va tavsiyalar beriladi.
Malaka oshirish kurslaridan qaytib kelgan yoki pedagogika Oliy ukuv
yurtlarida o’qiydigan tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagilarga ta`lim va
tarbiya berishning dolzarb ilmiy-nazariy muammolari xamda ilg’or ish tajribaning
metodik tomonlari xaqida ma`ruzalar bilan chiqishlari majburiy qoidaga aylanishi
lozim. Bir yoki bir necha yosh guruxlardagi ta`lim - tarbiya ishlarining xolati taxlil
qilinayotgan va bolalarning bilim, ko’nikma, malakalarining darajasi dastur
160
talablariga ko’ra baxolanadigan pedagogik kengashlar barcha tarbiyachilarda katta
qiziqish uyg’otadi. Masalan: bolalarning mashg’ulot va kundalik xayotdagi
tafakkur faolligi xamda mustaqilligining rivojlanish darajasini baxolash yoki
bolalarini syujetli-rolli o’yinlarining xolatini va tarbiyachining ularga raxbarlik
qilish metodlarini baxolash. Bunday masalalarni muxokama qilar ekan, pedagoglar
e`tiborini bolalarning mustaqil tafakkurini faollashtirishning eng qimmatli
usullariga, bolalar o’yinlariga raxbarlik usullariga, mavjud kamchiliklar bularni
bartaraf qilish yo’llariga qaratadi. Faol muxokama natijapsida jamoa nuqsonlarni
bartaraf qilishga doir xarakatlarining aniq dasturini, bolalarning bilish faoliyatlarini
rivojlantirishga raxbarlik, ularda tafakkur mustaqilligi va moyilligini tarbiyalashga
doir tavsiyalarni ishlab chikadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlariga
raxbarlikning eng samarali usullarini tavsiya etadi.
Pedagogik kengashlarda tarbiyachilarni guruxlarga o’zaro kirishlarining
natijalari muxokama qilinadi, bu jarayonda pedagoglar ishlaridagi kamchilik,
muvaffakiyatsizlik va xatolarning amaliy tanqidini to’g’ri qabul qilishni
o’rganadilar. Bo’lajak kengashdan 2-3 xafta oldin e`lon osilib, unda sana,oy, kun
tartibi, ma`ruzadagi va qo’shimcha ma`ruzachilarning ism-familiyalari, adabiyotlar
ro’yxati, ba`zan muxokama qilinadigan mavzuga oid savollar ko’rsatiladi.
Pedagogik
kengashlardagi
ma`ruzalar,
qo’shimcha
ma`ruzalar,
tarbiyachilarning axborotlari, xisobotlarining mavzularini taqsimlash o’quv
yilining boshlanishidan oldin o’tkaziladi va rejalashtiriladi. Bu tarbiyachilarga
kerakli adabiyotlarni oldindan tanlash va o’rganish, olingan bilimlarini o’z shaxsiy
tajribasida sinab ko’rish xamda narsani o’ylab chiqish, matnini yozish imkonini
beradi. Pedagogik kengash ishining unumligi ko’p jixatdan raxbarlarning
yig’ilishni olib bora bilishlariga bog’liq bo’ladi. Mudira yoki katta tarbiyachining
qisqa kirish nutqi jamoa diqqatini muxokama qilayotgan muammoning
muximligiga, dolzarbligiga jalb qiladi. Yig’ilish vaqtida xodisaning moxiyatini
chuqurrok tushunish, sabablarini bilish uchun tarbiyachilarning fikrlarini yo’llab
borish lozim. Yakun chiqarar ekan, muxokama qilinayotgan masalaning eng
muxim tomonlarini-xolatlariga qisqa to’xtalishi, ma`ruzachilar va so’zga
chiqqanlarning foydali takliflariga baxo berish zarur.
Pedagogik kengash muxokamasiga ko’pi bilan 2-3 masala qo’yiladi.
Pedagogik kengash karorining loyixasini ma`ruzachi oldindan tayyorlaydi.
Pedagogik
kengash
qatnashchilari
o’z
qo’shimchalarini,
aniqliklarini,
o’zgartirishlarini kiritadilar. Pedagogik kengash qarorida tekshirilishi mumkin
bo’lgan aniq muddat va ishlar bo’lishi kerak. Ijro uchun mas`ullar tayinlanadi.
Pedagogik kengashning qarori bog’cha jamoasining barcha a`zolari uchun
majburiydir. Pedagogik kengashning qarori kengash raisi va kotibi tomonidan
imzolanadi va bolalar muassasasining ish xujjati sifatida saqlanadi. Xar bir
pedagogik kengash oldingi kengash qarorlarining ijrosini tekshirish masalasi
bo’lishi kerak, chunki masalalarni muxokama qilishni istalgan shaklining yakuniy
bosqichi aynan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tekshirish xisoblanadi.
Xayotga tadbiq qilinmagan eng yaxshi qarorlar jamoa ish obro’siga putur
etkazadi, ma`suliyatsizlik, rasmiyatchilikni keltirib chiqaradi. Pedagogik kengash
muxokama qilingan xar bir masala bo’yicha ko’pchilik ovoz bilan qaror qabul
161
qiladi. Bunda kengash yig’ilishi a`zolarinish kamida 3/2 qismi qatnashishi kerak.
Ovozlar teng bo’lgan xollarda kengash raisi-bolalar muassasasi mudirining ovozi
xal qiluvchi ovoz xisoblanadi. Qarorlar tadbirlarini o’tkazish muddatilari va
ularning bajarilishi uchun mas`ullar ko’rsatilgan aniq xarakter kasb etishi kerak.
Pedagogik kengashlar qarorlarining ijrosi xaqidagi axborotni odatda, maktabgacha
ta`lim muassasa mudiri yoki katta tarbiyachi beradi. Tarbiyachilarga xam bunday
axborotni joriy etish kerak. Birinchi navbatda bo’lar ma`suliyatli va vijdonan
ishlaydigan xodimlar bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik kengash ishini KVN usulida
o’tkazish maksadga muvofikdir. Bu usuldan keng foydalaniladi:
1) Tabriklash: Tarbiyachi shaxsi va faoliyati bizning shiorimiz.
2) Kapitanlar tanlovi: «O’z guruxingiz bolalarini yaxshi bilasizmi?» Xar bir
bolaning xulqi, qiliqlari, xarakteri.
3) Mutaxassislik tanlovi:
a) «Moxir qo’llar» tez, sifatli, chiroyli milliy o’yinchoqlar va atributlar tayyorlash.
b) siz bolalar adabiyoti va musiqasini bilasizmi? (shularni atroflicha va nomini
eslash);
v) bolalar bilan ishlashda badiiy asarlarni qo’llash, she`r, tez aytish, maqollarni
yoddan aytish. Qaysi jarayonlarda qo’llay olishni izoxlash?
g) sizning bilimdonligingiz bolalar tomonidan beriladigan turli savollarga javob
berishda as qotadimi?
d) bolalar bilan ishlash va muloqotga kirishish ko’nikmalari. Fiz. daqiqalarni,
qoidali -xarakatli o’yinlarni bolalar ishlarini taxlil kilish.
3. «Tarbiyachi xamma narsani bilishi va qila olishi kerak»-tanlovi:
a) Siz dam olishni bilasizmi? Dam olish kunini o’tkazish stsenariysini, tematik
bayramlar, ko’ngil ochishlarni tuza olish;
b) xar bir tarbiyachi - bu artist-xayvonlar ovoziga taqlid qilish, tez aytish,
qo’shiqlar kuylash, raqsga tushish, birorta narsani o’xshatish va hakozo.
v) «Beka» tanlovi. Bunda tugma qadash,tikish yoki birorta ovqat, salat tayyorlash.
Metodik ishlarning keng tarqalgan usullaridan biri-pedagogik jarayonlarni jamoa
bo’lib ko’rish. Bu usulni kamchilik tomoni shuki, tarbiyachilar kuzatuvchi bo’lib
qolaveradilar.
Buning
uchun
tarbiyachilar
tomonidan
o’tkazilayotgan
mashg’ulotlarning ishlanmasini tuzish va shu orqali taxlil kilinsa, mashg’ulot
o’tkazgan tarbiyachilar faollashadilar, o’z ustida ko’proq ishlashga majbur
bo’ladilar. Bu usul orqali yangi yo’nalishlar, metod-usul, bolalar bilan ishlashning
yangi uslublari namoyon bo’ladi. Taxlil kilishda esa-jamoa pedagoglari faol
ishtirok etishlarini ta`minlaydi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan pedagogik jamoa bilan olib boriladigan ish
shakl-usullari metodik ishlarning asosiy mag’zini tashkil etadi. U pedagoglarning
ish staji, pedagog xodimlarning tayyorgarlik darajasini takomillashtirishga yordam
beruvchi bir vosita xisoblanadi. Pedagog xodimlarning imkoniyatlari va talablarini
quyidagi diagnostika jadvali orqali aniqlash mumkin:
1. Qaysi ilg’or ish tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va amaliyotga qo’llash
mumkin?
2. Asosiy ish yo’nalishlari:
162
a) ta`lim - tarbiyaviy ish jarayonida xar qanday to’siqlarni enga olish;
b) an`anaviy va yangi yo’nalish, javobgarlikni o’z bo’yniga olish, tavakkal ish
yuritish elementlarining soni;
v) yangi g’oyalarni o’zlashtirish qobiliyati, uni boshqarishga nisbatan yangicha
yo’nalish;
g) umumiy va pedagogik madaniyatni egallash;
d) yangi ish ob`ektini, ko’rinishlarini, pedagogik jarayonlarga bilim, ko’nikma,
malakalarini olib kirish, ishlab muxokama qila olish.
3. Maktabgacha ta`lim muassasasidagi jamoaga qaysi muammo, ish metodlari
bo’yicha yordam ko’rsatish kerak? Aloxida olingan tarbiyachilar uchun xam.
Asosiy ish yo’nalishlari:
a) Tajribali va javobgarlikni xis qiladigan tarbiyachilarga ishonch
bildirish;
b) ilk ish boshlayotgan tarbiyachilarga amaliy ish shakllarini ochiq ko’rsatib
berish;
v) ustoz-shogird yo’nalishi;
g) aloxida olingan tarbiyachilarning ishlarini nazorat kilish. Muassasadagi
guruxlarni metodik jixatdan to’g’ri jizoxlanishi katta axamiyatga ega. Guruxlardagi
burchaklarni metodik jixatdan to’g’ri jixozlash, metodik materiallarni,
o’yinchoqlarni to’g’ri joylashtirish, maydonchalarni qanday bezashni mudira va
uslubchi tomonidan tushuntirilib boriladi. Pedagogik jarayonni kerakli materiallar
bilan jixozlash, ta`minlash, bu qo’llanma va ko’rgazma qurollarni tarbiyachilar
tomonidan tayyorlab boriladi. Gurux va maydonchalarni bezashda estetik did va
katta maxorat talab qilinadi.
Pedagog xodimlarning badiiy didi, madaniyat darajasi, pedagogik
tayyorgarlik darajasi xuddi kuzgudek aks etadi. Maktabgacha ta`lim
muassasalarining binolarini to’g’ri bezatilishi bolalarning badiiy didlarini
tarbiyalashga, ularda madaniy-gigienik malakalarini shakllantirishga yordam
beradi. Yaxshi kayfiyat, quvnoqlik xissini uyg’otadi, barcha kun tartibi
jarayonlarini muvaffaqiyatli o’tkazishga yordam beradi.
Bezashning muxim printsipi-bu bolalar yosh xususiyatlarini xisobga
olishdir. «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi asosida gurux xonalarini
metodik jixatdan to’g’ri jixozlash, kerakli qo’llanmalar bilan boyitish, zal, kiyinish
xonalarini metodik talablari darajasida bezatilishi, mashg’ulotga kerakli bo’lgan
atributlar, mashg’ulotlar ishlanmalarini ishlab chiqish maktabgacha ta`lim
muassasa oldida turgan muxim vazifalardan biridir.
Maktabgacha ta`lim muassasalarning guruxlarida ota-onalar majlisi bo’lib
o’tadi. Shuning uchun, biz tarbiyachilarga metodik tavsiya sifatida «Ota-onalar
majlisi» o’yinini tanladik.
Mavzu: «Biz va bizning bolalarimiz».
Maqsad: Bolalar bilan muloqot malakalarini shakllantirish, mustaxkamlash, bir-biri
bilan o’zaro munosabat, umumiy til topisha olish kabi xususiyatlarni tarbiyalash,
kelishmovchilik jarayonida ogoxlantirish qo’shimchalarini tarbiyalash.
Rollar: tarbiyachi, mudira, ota-onalar, buvi, katta ona, ota-onalar qo’mitasi
a`zolari, pedagoglar.
163
Referent: ish kuzatib boruvchi va baxolovchilar. Bular bir necha bo’lishlari
mumkin. Referent o’yinni kuzatib boradi va tegishli kuzatish xaritasiga qayd
qiladi.
1. Tarbiyachining ota-onalar bilan suxbati, suxbat jarayonini taxlil kilish:
a) bir nechta tarbiyachilar savolning nazariy va amaliy jixatlarini egallagani;
b) ota-onalar majlisi mavzusidagi suxbat qay darajadaligi;
v) suxbat mavzusi guruxlardagi bolalarning xolati bilan bog’liqligi;
g) suxbatda ota-onalarning qiziqishlarini xisobga olish, ularning bu mavzu
bo’yicha bilim saviyalari darajalari;
d) tarbiyachi tomonidan o’rganilayotgan muammoga qiziqish xislarini xosil qilish,
savollar bera olish, so’zga chiqish, tarbiyachining mantiqiy, birin-ketin, asta-
sekinlikda, asosli ravishda o’z fikri nuktai-nazarida bayon etish;
j) qo’shilmagan tarbiyachilarga nisbatan tarbiyachi tez, to’g’ri kirishib keta
oladimi?
Referentning kuzatish xaritasi.
- ularni bartaraf etish choralarini, usullarini ishlab chiqish, izlash;
- pedagogika va psixologiya fanining yutuqlarini bolalar ta`lim - tarbiyasiga olib
kirish;
- «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturi asosida bolalarni maktab
ta`limiga tayyorlash masalalari;
- tarbiyachilarning pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini
rivojlantirish;
- ilg’or ish tajribalarini joriy etish;
- bola tarbiyasiga oid eng dolzarb dolzarb muammolarni xal etish;
- muassasa ish amaliyotiga maktabgacha soxa bo’yicha qabul qilinayotgan
yangiliklarni joriy etish kabi masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash-O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi, Xalq Ta`limi
Davlat qo’mitasining maktabgacha ta`lim bo’yicha buyruq, instruktsiya, Nizom,
Kontseptsiya, «Ta`lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi
va boshqa xujjat, me`yor-me`yoriy xujjatlarni:
- maktabgacha ta`lim muassasaning yillik ish rejasini, bolalar sog’lig’ini
mustaxkamlash tadbirlarini, xar bir yosh gurux bo’yicha «Uchinchi ming yillikning
bolasi» dasturining sifatli bajarilish jarayonini, ish jarayoniga-amaliyotga joriy
qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or ish tajribalarini, maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta`lim va tarbiya berishning muxim masalalarini, tarbiyachilarning
nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta`lim
muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |