Maktabgacha ta`lim


  Turli yosh guruxlarda bolalar o’yinlariga raxbarlik qilishni tahlil



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

13.2.  Turli yosh guruxlarda bolalar o’yinlariga raxbarlik qilishni tahlil 
qilish. 
 
O’yin  faoliyatini  kuzatish  va  tahlil  qilish  juda  murakkab  ish.  Bu  o’yinning 
maktabgacha  yoshdagi  bola  shaxsini  rivojlantirishdagi  alohida  ahamiyati,  bolalar 
muassasasida  olib  boriladigan  ta`lim  -  tarbiya  jarayonida  olib  boriladigan  o’rni, 
o’yin  turlarining  xilma  -  xilligi  va  ularni  rivojlantirish  xususiyatldari  bilan 
bog’liqligi tufaylidir. 
Bu  xususiyatlarni  yaxshi  bilish  o’yin  faoliyatini  chuqur  tahlil  qilishni  va 
uslubchi  tomonidan  tarbiyachilarga  o’z  vaqtida  yordam  ko’rsatishni    ta`minlaydi. 
Bolalarning o’yinlari xilma - xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo’lgan butun 
bolalik  davrida  mazmuni,  uyushtirilishi,  o’yinda  bolaning  faolligini  namoyon 
qilish  xarakteriga  ko’ra,  ularning  bolalarga  ko’rsatadigan  ta`siri  va  nihoyat  kelib 
chiqishiga ko’ra katta o’zgarishlarni boshidan kechiradi. 
Uslubchi  ishni  o’yin  turlarini  tanlashga  qaratadi.  Mashg’ulotdagi  didiktik 
o’yinlar  syujetli-rolli,  qoidali,  harakatli,  musiqaviy  didaktik  o’yinlari,  stol  ustida 
o’ynaydigan  o’yinlar,  tinch  o’yinlar  va  ijodiy  o’yinlar  tarbiyachi  tomonidan 
rejalashtirishning  maqfsadliligiga,  ularga  rahbarlik  darajasini  nazorat  qilib  borib, 
tajriba  asosida  tarbiyachiga  metodik-amaliy  maslahatlar  berdi.  Turli  yosh 
guruhlardagi o’yin tizimini ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖  dastur asosida ishlab 
chiqadi va o’yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi. 
1.  O’yin  faoliyatining  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  uchun  sharoitlarning 
ta`minlanganligi  (o’yin  uchun  berilgan  vaqtning  etarliligi,  o’yin  faoliyatini 
kengaytirish  uchun  joyning,  zarur  o’yinchoq  va  qo’llanmalarning  mavjudligi  va 


 
137 
xonada ularni to’g’ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi 
kayfiyatlari); 
2.  O’yin  faoliyatiga  rahbarlik  metodikasi-bolalarning  emotsional  ijobiy  
holatlarini  qo’llab-quvvtlash  va  yaxshilashga  yo’llangan  metod  va  usullar,  
o’ynovchilarning  faolligini  ta`minlash,  faoliyatning  bir  turidan  ikkinchisiga  o’z 
vaqtida  o’tish,  bunga  qanday  metod  va  usullar  bilan  erishiladi?    O’yin  faoliyatini 
uzaytirish  va  murakkablashtirish,  bolaning  ilk  yoshida  o’yindan  uning  nutqini 
tushunishni  rivojlantirish  va  faolligini  tarkib  toptirish  maqsadlarida  foydalanish, 
ijobiy o’zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash. 
3.  Uslubchi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi. 
1.  O’yinni faoliyat tarzida rivojlantirish; 
2.  O’yindan bolalarga ta`lim - tarbiya berishda foydalanish. 
Guruhda to’laqonli o’yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:  
a) tarbiyachining o’yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi; 
b) o’yin muhitini yaratish; 
v)  kundalik  hayotda  o’yin  uchun  vaqtning  etarliligiga  alohida  e`tibor  berib 
bordi. 
Tajriba  shuni  ko’rsatdiki,  bolalarningt  o’yin  jarayonidagi  hatti-  harakatlari, 
ularning  katta  yoshlilarga  taqlid  qilish  istagidan  dalolat  beradi.  Bolaning  o’yini 
odamlarning  hatti-harakatlari,  hulq-atvori,  o’zaro  munosabatlarini  o’yin  roli 
vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo’ldi.  
 
Nazorat savollari: 
 
1.  Qanday o’yin turlarini bilasiz? 
2.  Milliy xarakatli o’yinlardan misollar keltiring. 
3.  O’yinlarning bola shaxsini rivojlanishiga ta`sirini tushuntirib bering. 
4.  Musiqali – didaktik o’yinlardan misollar keltiring.  
 
Adabiyotlar: 
 
1.  O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.  
2.  R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.  
3.  Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va 
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.  
4.  A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
5.  Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
6.  Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
7.  Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
8.  ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 


 
138 
XIV BOB. Mehnat tarbiyasiga raxbarlik. (amaliy)  
 
Reja: 
 
1.  Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari jadvalini 
tuzish. (Dastur asosida) 
2.  Mehnat turlari jadvalini tuzish (maishiy – xo’jalik, tabiatdagi, qo’l mehnati)  
 
Mustaqil ish: Mehnat turlariga oid o’yin namunasini tuzing. 
 
Mavzuning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi 
to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash. O’quvchilarni dastur bilan ishlashga 
o’rgatish. 
 
Mavzuning vazifalari:  
1.  Dasturda belgilab berilgan mehnat turlarini turkumlash. 
2.  Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama tarbiyalashda mehnatning 
axamiyati to’g’risida ilmiy bilimlarini kengaytirish. 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish