Maktabgacha ta`lim


Qoidali-harakatli  o’yinlar



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

Qoidali-harakatli  o’yinlar  asosini  bolaning  jismoniy  rivojlanishiga 
qaratilgan  harakatlar  tizimi  egallaydi.  Bunda  asosan  yurish,  yugurish,  sakrash, 
chirmashib  chiqish,  uloqtirish,  emaklash  kabi  harakatlar  o’yin  mazmunini 
belgilaydi.  Qoidali-harakatli  o’yinlar  kelib  chiqishiga  ko’ra:  a)  xalq  milliy 
o’yinlari; b) mualliflik o’yin turlariga bo’linadi. 
Har ikkala o’yin turida ham asosiy  mezon o’yin qoidasi bo’lib hisoblanadi. 
Harakatli o’yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik, 
qo’rqmaslik,  mardlik  kabi  olijanob  fazilatlarni  tarbiyalab  boradi.  Ko’pchilik 
harakatli  o’yinlar  jamoa  bo’lib  o’ynashga  mos,  bu  jamoada  uyushgan  holatda 
harakat  qilish  qobiliyatini  shakllantiradi.  Qoidali  harakatli  o’yinlami  o’tkazishda 
bolalarga  rolni  to’g’ri  taqsimlash  o’yin  jarayonini  kuzatib  borish,  unga  rahbarlik 
qilish,  o’z  vaqtida  yaxshi  harakatlarni  rag’batlantirish  o’yin  nufuzini  oshiradi. 
O’yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his-tuyg’ular yuzaga keladi. 
Kichik  yoshdagi  bolalar  uchun  o’yin  syujeti  ochiq  xarakterga  ega  bo’ladi. 
Masalan,  «To’pni  quvla!»,  «To’pni  ushlab  ol!».  Katta  yoshdagi  bolalar  uchun 
o’yin maqsadi, qoidasi va o’yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli 
o’yinlar  avval  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotida  o’rganiladi.  So’ngra  boshqa 
jarayonlarda  takroran  o’ynatilishi  lozim.  «Uchinchi  ming  yillikning  bolasi» 
dasturiga  turli  yosh  guruhlari  bo’yicha  o’tkaziladigan  harakatli  milliy  o’yinlar 
turkumlari kiritilgan. 
O’zbek xalqining ermak va ovutmachoq o’yinlari bilan, asosan, bolaning ilk 
yosh  davridan  boshlab  shug’ullanib  boriladi.  Bu  o’yinlar  asosan  kattalarning 
bevosita  rahbarligida  harakat  va  so’zlarning  uyg’unlashuvi  bilan  o’ynatiladi. 
Masalan, 
«Barmoqlar», 
«Sichqon-sichqon» 
o’yinlari 
orqali 
bolalarda 
xushchaqchaqlik  kayfiyatlari  hosil  qilinib  tasavvurlari  o’sib  boradi.  Xalqimizda 
«Bolaning  ilonni  changallaydigan  davri»  degan  ibora  bor.  Bu  hikmat  bola  xali 
qo’rqish  hissini  bilmaydigan  davrida,  ya`ni  yaxshi-yomonni  ajrata  olmaydigan 
vaqtida qo’llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon» o’yini qo’l keladi. 
Ilk 
yoshdagi 
bolalar 
dastro’moldan 
yasalgan 
«sichqon»ning 
harakatlanishidan 
qattiq 
zavqlanib, 
qiyqirib 
yayraydilar. 
«Sichqon»ni 
harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu 
ovutmachoq  go’dakka  sichqon  shakli  va  uning  juda  yugurdakligi  to’g’risida 
tasavvur  hosil  qilishga  ko’maklashadi.  Ermak  o’yinlardan  «Oymoma»,  «Boqqa 
kirsam  maylimi»,  «Alla»,  «Aji-aji»,  «Boylandi»,  «Chapakka-xo-chapakka»  orqali 
bolalarni  muloqotga  o’rgatib  boriladi.  Bu  jarayonda  bolalarning  eshitish,  ko’rish, 
sezish,  his  qila  olish  kabi  sensor  qobiliyatlari  faollashadi.  Bolalarning  nutq 
faolligini  o’stirish  maqsadida  aytishma  o’yinlaridan  keng  foydalaniladi.  Bunday 
o’yinlarga  «Boylandi»,  «Xolam  keldi»,  «Mundi-mundi»,  «Bulbulim-bulbulim», 
«Ko’z  boylog’ich»,  «Oq  sholi,  ko’k  sholi»,  «Ada  hormang»lar  kiradi.  Yana, 
xalqimizda  azal-azaldan  o’ynab  kelinadigan  so’z  o’yinlaridan  «Yarashtirgich»lar 


 
136 
hali-hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo’llaniladi. 
Bu o’yinlar bolalar tilidan ana shundayjaranglaydi: 
Karimga  berdim  toychoq,  U  olavermadi  har  choq.  Toychog’imni  kim  olsa, 
Men u bilan chin o’rtoq. 
YAlinchoq - yalinmachoq. Pista po’choq. 
Qilichmi, to’qmoq, qirq yilgacha o’rtoq, To’qmoq to’qson yilgacha o’rtoq. 
Bolalarning  matematik  tasavvurlarini  o’stirishga  yordam  beradigan  o’yin 
turiga  «Sanamalar»  kiradi.  Bu  o’yin  jarayonida  bolalar  she`riy  satrlar  orqali  son-
sanoqdan  topishmoq  tarzida  foydalanib  qatnashadilar.  Bunda  bolalarning 
tasavvurlari, fikrlash doiralari kengayib, she`riy ohangda to’g’ri javob qaytarishga 
o’rgatilib boriladi. Asosan bu o’yinlar quyidagicha jaranglaydi: 
Dadam-u oyim, Bor ikkita singlim. Bahodir, Dildor. Bog’chaga ketar, Sanab ko’r 
chaqqon, Bizlar nechta jon. 
O’zbek  xalqi  nihoyatda  so’zga  chechan,  topqir  bo’lib,  o’zining  alyor-u 
qo’shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo’lgan 
«Qiqillamalar»ni  misol  sifatida  keltirish  mumkin.  Bu  so’z  o’yinlarida  sodir 
bo’layotgan voqea-hodisalar, kechinmalar she`riy ohangda ijro etiladi. Masalan: 
Shov-shov etadi ariq, Karim ekadi tariq. Yoki: 
Echki keladi ma`rab, O’z egasiga qarab. 
Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  o’yinlami  ertalab  va  kechki  soatlarda  o’ynash 
mumkin. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish