230
pedagogika asoslariga asoslanib ularini (qayta ishlaydi) ishlab chiqadi.
Pedagogik kabinet ishining mazmuni va
asosiy shakllari
2. Metodika kabineti o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko’ra:
Qorakalpog’iston, viloyat, o’lka, shahar, tuman maktabgacha ta`lim
metodika kabineti ish faoliyatiga yo’llanma berib turadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari ta`lim - tarbiyaviy ishlar ahvolini va
bajarilishini o’rganadi.
«Bolajon» dasturi - ta`lim - tarbiyaning sifatini oshirish maqsadida tadbirlarga
yo’llanmalar beradi.
Maktabgacha muassasa xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Respublika o’quv metodika Markazida ma`ruzalar o’qishga, seminar -
mashg’ulotlar ishini olib borishda belgilangan xujjatlar asosida olib borish
huquqiga egadirlar.
3. Respublika maktabgacha ta`lim metod kabinet ishida yangiliklarni targ’ibot
qilish bo’limi uslubiy Kengashdir. Kengash tarkibiga metodistlar, o’qituvchilar
malakasini oshirish instituti rahbari va xodimlari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa
rahbarlari, oliy va o’rta o’quv yurtlarining etakchi professor-o’qituvchiari kiradilar.
Uslubiy Kengashda - kabinetning rejasi va bajarilgan ishlar yakuni ko’riladi
va bir qancha tashkiliy ishlar rejalashtiriladi, bunda pedagogik jarayonni
takomillashtirish va maktabgacha ta`lim metod kabinetlar amaliy ishida ijodiy-
ilg’or pedagogik tajribalarni to’plash, maktabgacha ta`lim bo’yicha uslubiy
qo’llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash masalalari hal qilinadi.
4. Respublika metod kabinetida xodimlarning qulay ishlashlari uchun sharoit
yaratiladi, (seminarlap ma`ruzalar, maslahatlar, ko’rgazmalar tashkil etiladi).
5. Respublika metod kabinetida ilmiy pedagogik va metodik adabiyotlar
uchun kutubxona tashkil qilinadi.
Pedagogik kabinet xodimlari va rahbarlar
6. Respublika metod kabinetiga malaka oshirish markazi direktori rahbarlik
qiladi, oliy pedagogik bilimga va ilg’or tashkil-metodik ishlarni tashkil etish
xususiyatiga ega bo’lgan shaxsdir, Direktor - kabinetning metodik, moliyaviy-
xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi va kadrlar tanlash va ularni ishlarini tashkil
qilish va joylashtirish ishlari, mehnat qonunlariga asoslanib xodimlari vazifalarini
tushuntiradi, belgilangan qoidaga asoslanib ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi.
7. Metodik ishlarni malakali metodistlar olib boradilar, ularni O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan direktor tavsiyasi bilan, oliy
pedagogik ma`lumotga ega bo’lib, kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega
bo’lgan xodimlardan belgilanadi.
8. Respublika metod kabinetining shtatlarini O’zbekiston Respublikasi Xalq
ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. Respublika metod kabineti davlat byudjeti mablag’lari hisobiga faoliyat
ko’rsatadi, o’zining bankda mablag’i bo’ladi va O’zbekiston Respublikasi Xalq
ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan harajatlar tizimiga muvofiq mablag’
ajratadi,
10. Metodika kabineti O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi oldida
o’z ishlaridan hisobot berib turadi.
231
11. Pecpublika metod kabineti o’zining gerbli muhriga ega bo’lib, to’liq
yuridik huquqga ega.
12. Respublika metod kabineti belgilangan shaklga asoslangan holda ish
yuritish tartibida olib boriladi.
Metodika kabinetining asosiy vazifalari tuman, shahar metodika ishlarini
o’qituvchilar, tarbiyachilar va xalq ta`limi boshqa xodimlarining ixtisosini oshirish,
eng yaxshi pedagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish na yoyishdir.
Metodika kabinet o’qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan kelishib
olingan va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan
reja asosida ishlaydi.
O’zbekistonda 1934 yilda Toshkent shahrida birinchi maktabgacha ta`lim
metod kabineti tashkil ztildi.
Direktor qilib ilg’or pedagog Mo’rtazina Marg’uba Safievna tayinlandi.
1940 yilga borib bunday kabinetlar soni 23taga etadi. Maktabgacha ta`limga
doir ishlarni o’rganish, tizimlilikka amal qilish, ilg’or ish tajribalarini
umumlashtirish ishlari olib borildi, keng ko’lamda pedagog xodimlarni tayyorlash
ishlari tashkil etiladi.
Tuman (shahar) metodik kabineti ishini rejalashtirish
Metodik kabinet 5 yilga mo’jallangan istiqbol rejasini tuzadi. Unda:
davlatimizning qaror va topshiriqlari, Xalq ta`limi Vazirligi va ittifoqdosh
respublikalarning, shuningdek, xalq ta`limi bo’limlari tomonidan maktabgacha
ta`limga oid qarorlari nazarda to’tiladi.
Yillik rejada metodik kabineti har o’quv yiliga mos faoliyati aks etadi.
Kvartal-oylik rejalarida - yillik rejadan vazifalar vaqt bo’yicha taqsimlanadi.
Yillik reja - tumandagi metodik ishlarni bir tekis, mazmunli tashkil etilishini
ta`minlash kerak. Bunda ko’p e`tiborni o’quv, ta`lim - tarbiyaviy ishlarni
o’rganish, maktabgacha ta`lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish va
nazariy asoslab borish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o’quv faoliyati, mehnat,
estetik, musiqa tarbiyasi bo’yicha yordam, maktabgacha ta`lim muassasalarida
kasallikni oldini olish va kamaytirishni, yasli guruhlarda, aralash guruhlarda, kam
komplektni muassasalar ishini metodik jihatdan to’g’ri tashkil etish vazifalarni
bajaradi.
Rejada alohida o’rinli maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshiruv egallaydi.
Tekshiruv shaklini tanlash, tekshiruv maqsadi va mazmuniga bog’liqdir. Bu
maktabgacha ta`lim muassasalari ishi bilan tanishishga yordam beradi.
Rejada maktabgacha ta`lim muassalari soni va nomerlari ko’rsatiladi. Hamma
muassalar nazorat qilinishi kerak.
Metodika kabinetining vazifasi shu bilan yakunlanadiki, bu nazariy
asoslangan holda yordam berish. Metod kabinetda pedagogik tajribalarni
ommalashtirishdan ilgari uni har tomonlama
tahlil qilib chiqi, tanlab olish kerak.
Qimmatli tajriba faqatgina yakkama-yakka holda emas, balki jamoa asosda
yaratilishi mumkin.