203
maktabga tayyorliklarining yuqori darajasini ta`minlash bo’lib, bu keyinchalik
maktabda muvafaqqiyatli o’qishga olib keldi.
Maktabgacha ta`lim muassasa va maktab hamkorligining mazmuni hamda
shakllari mana shu vazifalardan kelib chiqib aniqlanadi. Maktabgacha ta`lim
muassasa va maktab bolalari bilan aloqalarda o’zaro bog’langan uchta jihat:
axborot – oqartuv, metodik va amaliy jihatlar farqlanadi.
Bu o’qituvchi va tarbiyachilarga bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy
masalalarini chuqurroq farqlashlariga, bolani aqliy va ijtimoiy rivojlanishining
psixologik tabiatini maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini
tushunishda birlikka erishishlariga yordam beradi. Bu maqsadda maktabgacha
ta`lim muassasa va maktab o’rtasidagi aloqalarning quyidagi aniq shakllari:
o’qituvchi va tarbiyachilarning izchillik va bolalarni maktabga tayyorgarliklari
muammolariga oid xamkolikdagi pedagoglar kengashida qatnashishlari, dasturlarni
―to’qnashtirish‖ ni muhokamasiga doir seminar – praktikumlarda qatnashish,
shuningdek tarbiyachi va o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan bolalarning yosh
hususiyatlari maktabgacha ta`lim muassasasidan maktabga o’tishlarining
psixologik qiyinchiliklari, bolalarni maktab sharoitlariga muvafaqqiyatliroq
moslashuvlariga yordam beruvchi omillar va shu kabilardagi ma`ruzalarni o’zaro
almashishlari qaror toptiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi va matab aloqasining metodik jihati katta
hamda tayyorlov guruxlari va maktabning 1 – sinfida ta`lim – tarbiyaviy ishni
amalga oshirish metod va shakllari bilan tanishish, bollar bilan matematika, ona
tili, jismoniy tarbiya, mehnat va axloqiy tarbiyaga doir ishlash metod va
shakllarida izchillikni qaror toptirishni nazarda tutadi. Bu jihat aloqaning
maktabgacha ta`lim muassasa va maktablar pedagoglarining dars hamda
mashg’ulotlarga o’zaro kiri, so’ngra uni birgalikda
muhokama qilishlari, ochiq dars
va mashqlar ko’rivuni uyushtirish, ayrim metodikalarga doir seminar –
praktikumlarda qatnashish, ilg’or tajriba almashishga oid birgalikdagi pedagoglar
kengshlarini o’tkazish, tarbiyachilarning maktabdagi yoki o’qituvchilarning
maktabgacha ta`lim muassasasidagi bolalarni maktabga tayyorlash yoki
maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini 1 – sinfda o’qitishning holati
muammolariga bag’ishlangan o’zlarini qiziqtirgan seminar – praktikumlarda
ishtirok etishlari kabi shakllari orqali amalga oshiriladi. Bu uchrashuvlarning
asosiy mazmuni ko’ndalang qo’yilgan masalalarni har tomonlama tahlil qilish,
ularni hal etishdagi nuqsonlarni aniqlash, maktabgacha ta`lim muassasa va
maktabdagi ta`lim – tarbiyaviy ishni yanada takomillashtirishning aniq
tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: