Maktabgacha ta`lim



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

Mavzuiy ko’rgazmalar 
Mavzuiy  ko’rgazmalar  yakqol  targ’ibotning  alohida  shakli  va  qimmatli 
vositasi hisoblanadi. 
Bu  shakl  aniq  va  yaqqolligi  bilan  yaxshidir.  Ko’rgazma  har  bir  mavzuiy 
bolalar  tarbiyasining  muhim  masalalaridan  biriga  bag’ishlanadi.  Ular  turli  xil 
sarlavhalar  ostida  tashkil  etilishi  mumkin  masalan,  «Bolalar  -  bizning 
kelajagimiz»,  «Birgalikda  tarbiyalaymiz»,  «Ota-onalar  -  bolalarga»  kabilarni 
tavsiya etish mumkin. 
Istagan mavzuiy ko’rgazmaning maqsadi - ota-onalar uchun beriladigan so’zli 
axborotni  rasmlar,  fotosuratlar  bilan,  tarbiyaning  u  yoki  bu  masalalari  bo’yicha 
pedagog  yoki  psixologlarning  fikrlari  bilan  to’ldirish  mumkin.  Masalan,  «Oilada 
bolalarning  mehnat  tarbiyasi»,  «Bolalar  kitobining  oiladagi  hayoti»,  «Tabiat  va 
bolalar», milliy urf-odatlarimiz kabi va hakozo mavzularda tashkil etiladi. 
Ko’rgazmalarning  mavzusi  turli-tuman  bo’lishi  mumkin.  U  kalendardagi 
bayram  kunlari,  jamoat  hayotidagi  voqealar,  yil  fasllari,  Navro’z,  Ro’za  hayiti, 
respublikamizning  mustaqillik  kuni  kabi  bolalarni  maktabgacha  ta`lim 
muassasasida  va  oilada  tarbiyalashning  muhim  vositalari  bilan  aniqlanishi 
mumkin. 
Ba`zida  ko’rgazmalarning  mavzunini  oilavny  tarbiyadagi  kamchiliklar  bilan 
belgilash mumkin. Masalan, tarbiyachi oilani borib ko’rib, ko’pchilik bolalarning 
uyida o’yinchoqlari juda ko’pligini, ko’pchiligi buzilganini va birortasi ham bolaga 
foyda bermasligini ko’radi. Bu erda «O’yin - bolalar tarbiyasidagi vositadir» degan 
mavzuda ko’rgazma tashkil etish o’rinlidir. 
Qo’pincha  ko’rgazma  mavzusi  maktabgacha  tarbiya    muassasasining  yillik 
rejasi  bilan  belgilanadi.  Masalan,  maktabgacha  ta`lim  muassasasisining  asosiy 
vazifalaridan  bir)  jismoniy  tarbiya  mavzusini  tanlab  olinsa,  u  holda  «Uydagi  kun 
tartibi», «Quyosh, havo va suv bizning eng yaxshi do’stlarimiz», «Yakshanba kuni 
otam kun bo’yi bizlar, bilan» va hokazo mavzulardagi ko’rgazmalarnn tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir. 
Mavzuiy  ko’rgazmalarni  ota-onalar  majlisini  o’tkazish  kunlariga  mo’ljallab, 
unga  hamma  ota-onalarning  diqqatini  jalb  qilish  va  olingan  bilimlarik  ma`lum 
darajada mustahkamlash imkoni bo’lganda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Ko’rgazmalar  ota-onalarni  maktabgacha  ta`lim  muassasasisining  tarbiyaviy 
ishini tanishtirish maqsadida tashkil etilishi mumkin. Bu holda ko’rgazma ularning 
maktabgacha ta`lim muassasida   ko’rganlarini   tushunishga   yordam   beradi. 
Ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasisining oila bilan birgalikda ishlashi 
bo’yicha  bir  qator  aniq  maslahatlar  olishlari  mumkin.  Agar  keltirilgan  material 
asosida  ota-onalar  bilan  bundan  keyin  ish  davom  ettirilsa,  tashkil  etilgan 
ko’rgazmaning foydasi juda katta bo’ladi: suhbatlar o’tkazish, bolalarni tarbiyalash 
bo’yicha kitoblar tavsiya qilish, kinofilmlar yoki diapozitivlar ko’rsatish. 
Bularning  hammasi  ota-onalarni  maslahatlar  ustida  o’ylab  ko’rishga,  o’z 
tajribasini tahlil qilishga, bolalar tarbiyasidagi xatolarni topishga majbur qiladi. 
Ko’rgazmalar  turli  xil  bezalishi  mumkin.  Bu  butun  material  joylashtirilgan 
stend bo’lishi mumkin. Shirmalardagi bezaklar ham o’zini oqlaydi. Shirmaga ota-
onalarga mo’ljallangan qisqa maslahatlarnn va aniq masalalar bo’yicha tavsiyalarni 


 
201 
joylashtirish  mumkin:  o’z-o’ziga  xizmat  ko’rsatish  ko’nikmalarini,  bolalar 
o’yinlarini,  mehnatini,  yilning  turli  fasllarida  bolalarni  tabnat  bilan  tanishtirish 
bo’yicha  mashg’ulotlarini  boshqarish  usullari  va  yo’llarini  shakllantirish  uchun 
zarur  sharoitlarning  tavsifi  va  hokazo.  Shirma  uchun  materila  hajmi  uncha  katta 
bo’lmasligi, matn, suratlar, fotosuratlar bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak. Shirmani 
bolalarning  echinish  -  kiyinish  xonasidagi  shkafchalari  ustiga  yoki  ota-onalar 
burchagidagi  stolga  qo’yish  mumkin.  Bunday  usul  ko’chirib  yurish  va  saqlash 
uchun ixcham, qulay bo’lib,   istagan xonada foydalanilishi  mumkin va ko’p joyni 
egallamaydi. 
Ko’rgazmalar va ota-onalarga maslahatlar umumiy bo’lishi  ham mumkin. 
Guruhlarda biror yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha ko’rgazmalar tashkil 
etish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  ota-onalarga  maslahatlarni  bolalarning  yoshini  va 
shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olib  tavsiya  qilishga  imokoniyat  beradi,  har  bir 
yoshdagi  bolalar  uchun  o’yin  va  o’yinchoq  turlari,  mazmuni  haqida  ota-onaga 
maslahat beradi. 
Ko’rgazmalarni tashkil etish uchun turdi xil materialdan foydalanish: bolalar 
hayotidan  fotosurat,  jurnallardan  olingan  rasmlar,  plakatlar,  bolalarning  ishlari, 
o’yinchoqlari,  kitoblar  va hokazo. 
Mavzuiy  ko’rgazmalar  ota-onalarni  o’z  bolalarlning  xulqi  va  o’sishiga 
ko’proq  qiziqishlariga  da`vat  qiladi,  ota-onalar,  tarbiyachi  bilan  doimiy  aloqa 
o’rnatishlari zarurligini tushuna boshlashadi. 
Ko’rgazmalarni  bezashga  ko’pchilik  aholini,  fabrika,  zavod,  klublar,  uy 
boshqarmalarini jalb etish zarur. 
Mavzuiy  ko’rgazmaga  materiallar  badiiy,  pedagogik,  uslubiy  manbalar 
asosida  tayyorlanadi.  Ulardan  asosiy  qisqacha  nazariy  qoidalar  tanlab  olinadi. 
Ishonchli  misollarni  tarbiyachining  o’zi  tanlab  oladi.  Shu  material  asosida  ota-
onalarga  bolalarni  tarbiyalash  bo’yicha  aniq  ta`sirchan  maslahatlarni  berish 
nazarda tutiladi. Matnning materiali qisqa, ammo mazmundor bo’lishi  kerak. 
Ish  tajribasining  ko’rsatishicha,  tarbiyalashga  oid  katta  stendlarni  ota-onalar 
har doim ham istak bilan o’qishmaydi. 
Ko’rgazmalarni  tayyorlashga  ota-onalarning  o’zlarini  jalb  qilish  mumkin: 
ularga ma`lum mavzuga oid adabiyotni tanlash, gazeta va jurnallardan maqolalarni
rasmlarni  tailab  qirqib  olnsh,  yasama  o’yinchoqlarning  andozasini  tayyorlash  va 
hakozolarni topshirish mumkin. 
Materialning  rang-barangligi,  badiiyligi  ota-onalarda  ko’rgazmaga  qiziqish 
uyg’otadn va materialii yanada chuqurroq o’rganib chiqishga yordam  beradi.  

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish