Maktabgacha ta`lim


  Tarbiyachining oilani borib ko’rishi



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

1.  Tarbiyachining oilani borib ko’rishi. 
 
1.  U.Otavalieva ―Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi‖ Toshkent 
―O’qituvchi‖ 1994 y. (34-35 betlar) 


 
191 
Bola  yashab  to’rgan  oilani,  o’rganish,  ota-onalar  bilan  yaqin  aloqa  o’rnatish 
va  ularga  yordam,  maslahatlar  berishning  samarali  yo’llaridan  biridir.  Tarbiyachi 
oilaga  tekshiruvchi  sifatida  emas,  balki  maslahatchi,  do’st  va  bola  tarbiyasiga 
yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. 
Tarbiyachining  oilaga  borishidan  asosiy  maqsadi  bola  tarbiyalanayotgan 
sharoitni ko’rish va zarur bo’lsa, ota-onalarga yordam ko’rsatishdir. Shuning uchun 
tarbiyachi ota-onalarga aytadigan takliflarini sinchiklab o’ylab ko’rishi kerak. 
Bolalarni uylariga borib ko’rish ishi ma`lum maqsad  asosida tashkil etilganda  
oilaviy  tarbiya  bilantanishish,  bolaning  oiladagi  xulqining  o’ziga  xos 
xususiyatlarinigina aniqlashdan iborat bo’libgina qolmasdan, balki ota-onalar bilan 
yakkama-yakka va jamoa tarzida tashkil etiladigan ishlarning mazmunini, ularning 
turli shakllarini belgilab olishga ham imkoniyat tug’diradi. 
Tarbiyachi bolaning oilasida ko’rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda, ularni 
tahlil  qiladi,  ota-onalar  majlislarida  oilaviy  tarbiyadagi  ijobiy  va  salbiy  tomonlar 
haqida gapiradi. Ularga o’zining qimmatli maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi 
ijobiy  ishlarni  ota-onalar  uchun  tashkil  etilgan,  stendlarda  aks  ettirish  ham 
mumkin. 
Oilani  borib  ko’rish  va  ota-onalar  bilan  suhbatlashish  katta  pedagogik  odob 
bilan o’tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini 
ochib  berilsa,  ota-onalarning  tarbiyachiga  bo’lgan  hurmati  va  ishonchi  ortadi. 
Ba`zan ota-onalarga ularning bola tarbiyasidagi kamchiliklarini ko’rsatishga to’g’ri 
keladi.  Masalan,  bolaga  oilada  o’rgatilmagani  uchun  u  hamma  narsani  yoyib, 
to’zg’itib tashlaydi va o’zi yig’ishtirmasdan unga to’liq xizmat qilishni talab qiladi. 
Tarbiyachi  bolaning  uyida  biror  mehnat  topshirig’i  bo’lishini,  xo’jalik 
ishlarida  kattalarga  yordamlashishini.  mustaqillikka  o’rgatilishini  tavsiya  etishi 
kerak. Ba`zi  ota-onalar  bola  baribir  ishni yaxshi bajarmaydi  yoki  u  hali  kichkina, 
oldinda  maktabga  borganda  tashvishi ko’p  deb  bunga ko’nishmaydi. Bunday  ota-
onalar  bilan  yakka  holda,  alohida  ishlarni  chidam  bilan  olib  borish  maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Eng avvalo ularga bolalar tarbiyasi haqidagi kitobchalarni tavsiya 
qilish, ko’chma  papka  materiallari bilan  tanishish,  guruxda bolaning  navbatchilik 
qilishini  ko’rishga,  qanday  mehnat  topshiriqlarini  bajarishi,  mashq  qilishlari, 
o’yinlarini ko’rishga taklif etish kerak. 
Ayrim  vaqtda  bunday  hodisani  ham  kuzatish  mumkin:  oilada  bolaga  ko’p 
e`tibor  beriladi  va  g’amxo’rlik  qilinadi,  oilada  tartib  to’g’ri  o’rnatilgan,  bolaning 
ovqatlanishi  yaxshi, bolaga  hech  qanday  topshiriq  berilmagan.  Bola  o’z  joyini  va 
o’yinchoqlarini o’zi yig’ishtirmaydi, uning bu ishini ota-onasi yoki oilaning katta 
a`zolari  bajaradilar.  Tarbiyachi  bu  holda  ota-onalar  uyida  bolaga  alohida  joy, 
burchak  ajratishlari  kerakligini  maslahat  beradi,  bu  tadbir  oilada  bola  hayotining 
to’g’ri  tashkil  etilishiga  imkon  beradn.  O’z  burchagida  bola  yashaydi,  o’ynaydi, 
rasmlar chizadi, o’yinchoqlar yasaydi va hokazo. 
Oilani birinchi bor borib ko’rish, ayniqsa mas`uliyatlidir. Maktabgacha ta`lim 
muassasasi  bilan  oila  orasidagi  tarbiya  bir-birini  tushunish,  ishonch  va  ijobiy 
aloqani  o’rnatilishida  bu  ishning  qanday  o’tishiga  bog’liqdir.  Oilaga  tashrif 
buyurishdan  avval  uning  a`zolari, ota-onalarning  kasblarini,  ularning  ish  joylarini 
va  hokazolarni  ifodalovchi  ma`lumotlarni  o’zlari  aniqlashlari  zarur.  Agar 


 
192 
tarbiyachi  oilaii  borib  ko’rishdan  avval  o’zi  uchun  bolaning  rivojlanish  va 
tarbiyalanganlik  darajasi  xarakteristikasini  tuzib  olsa,  oilani  borib  ko’rish  yanada 
samarali bo’ladi. Bu holda, ota-onalar bilan aniqlash va muhokama  qilishni talab 
qiluvchi  jihatlarini  ajratib  olish  kerak.  Birinchi  bor  borib  ko’rish  tarbiyachiga 
oilaning  hayot  tarzi  haqida,  oilaviy  «vaziyat»,  bolaning  oiladagi  tarbiyasi  haqida 
umumiy  tasavvur  berishi  kerak.  Keyingi  tashriflar  tarbiyachiga  bola  tarbiyasining 
aniq  masalalarini  mufassal  fahmlab  olishga  imkon  beradi.  Oilani  takror  borib 
ko’rishda  tarbiyachi  uning  maslahat  va  takliflari  bajarilgan  yoki  bajarilmagani 
bilan qiziqadi. 
Tarbiyachi  do’stlik  vaziyatida  o’tayotgan  suhbat  davomida  shaxsiy 
kuzatishlar,  ota-onalarga,  oilaning  boshqa  a`zolariga  va  bolaga  berilgan  savollar 
orqali  bolani,  uning  oilasini  yana  ham  yaxshiroq  bilib  olishga  imkon  beruvchi 
o’ziga  zarur  ma`lumotlarni  oladi.  Bularning  hammasi  bola  tarbiyasiga  ancha 
samarali  ta`sir  ko’rsatadi.  Bunday  tashriflarning  natijasi  tarbiyachiga  bola  bilan 
yakkama-yakka ish olib borish rejasini tuzishga imkon beradi. 
Oilalarni  borib  ko’rib,  ularda  bola  hayoti  bilan  tanishishda  tarbiyachilar 
ma`lum qoidalarga rioya qilsalar foydadan xoli bo’lmaydi. 
Tashrif buyurish haqida ota-onalarni oldindan ogohlantirish kerak, bunda o’zi 
uchun  va  oila  uchun  qulay  kun  tanlanadi;  aytilgan  kunda  kelysh,  oila  a`zolarini 
kutishga  majbur  qilmaslik  va  oila  rejalarini  buzmaslik  zarur;  suhbat  vaqtida  hech 
qanday  yozuv  olib  bormaslik  keraq  ota-onalar  bilan  keskin,  nasihatgo’ylik 
ohangida gapirishmaslik zarur, faqat maslahat, tilak, taklif kiritish mumkin; oilani 
borib  ko’rishda  olnngan  taassurotlarni  kalendar  rejaning  «Tarbiyaviy  ishlarni 
hisobga olish» ustuniga yozib qo’yish lozim. 
Tarbiyachi biror  bolaning oilasiga  borib  tanishgani haqida guruhdagi hamma 
bolalarga  gapirib  berishi  (bordi-yu  tarbiyachining  rejasi  shunday  bo’lsa),  bunday 
hikoyalarga, masalan, «Qiziqarli hikoyalar» deb nom berishi ham mumkin. Bolalar 
bunday  hikoyalarni  tinglashni  va  uning  «qahramonlarini»  bilib  olishni  yaxshi 
ko’rishadi.  Bu  hikoyalar  bolalarga  yaxshi  narsani  aniqlashga  va  o’z 
tengdoshlarining  kamchiligiga  tanqidiy  qarash  va  o’z-o’ziga  tanbeh  berish 
imkoniyatini yaratadi. 
Oiladagi suhbatlarning mazmuni bolalarning yoshiga bog’liq. Bolalarning ota-
onalari  bilan  suhbatlashganda  mustaqillikni,  gigienik  ko’nikmalarni  tarbiyalash, 
nutqni  o’stirish  va  hokazolar  haqida  gap  boradi;  maktabgacha  katta  tarbiya 
yoshidagi  bolalarning  ota-onalari  bilan  o’yinni,  mehnatni  boshqarish,  kitoblardan 
foydalanish, ma`naviy-iroda sifatlarini shakllantirish haqida suhbat o’tkaziladi. 
Oilani  borib  ko’rishning  maqsadi  va  mazmuni  tarbiyachining  rejasida, 
hisobida  va  maxsus  kundaligida  aks  ettirilishi  kerak.  Oilani  yiliga  kamida  ikki 
marta  borib  ko’rish  tavsiya  etiladi.  Oilaga  tashrif  buyurishlar,  anketa 
ma`lumotlarini  tahlil  qilish,  ijobiy  tajribaning  umumiy  manzarasini  va  oilaviy 
tarbiyadagi  o’ziga  xos  qiyinchiliklarni  ochib  beradi.  Bu  esa  mudiraga  va 
tarbiyachiga  turli  yoshdagi  guruh  ota-onalarining  pedagogik  madaniyatini 
oshirishga, tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishini ma`lum tizimda 
yo’naltirishga yordam beradi. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish