18.4. Ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish.
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish
turlaridan foydalaniladi
Frontal tekshirishi - bu maktabgacha ta`lim muassasasi ishini hayotiy har
tomonlama, atroflicha tekshirish shaklsidir. Ya`ni, muassasaning kadrlar sostavi,
maktabgacha ta`lim dastursi talablarini bajarilishi, mudira va uslubchining ta`lim -
tarbiyavny va metodik, moliyaviy-xo’jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi,
ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari, meditsina xizmati,
maktab bilan aloqa, ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va
ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta`lim muassasalari, ularning
kuchli yoki kuchsizligidan qat`i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga
ahamiyatni ko’proq jalb qilishi lozimdir.
Frontal tekshirish 4 yilda bir marta xalq talimi bo’limlari (viloyat XTB,
shahar, tuman XTB) tomonidan o’tkaziladi.
Frontal tekshirish o’tkazishda avval to’la-to’kis tuzilgan, tasdiqlangan
tekshirish reja, unda nazarotdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish
metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati
ko’rsatiladi.
So’ngra nazoratchi yana bir bor maktabgacha ta`lim bo’yicha chiqarilgan
qaror, ko’rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi
sonlarini ko’zdan kechirib, maktabgacha ta`lim dastursi talablarini yaxshilab uqib
184
oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada xalq
xo’jaligi rejasi, bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi tahlil
qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka
oshirish ishlarini qarab, o’rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish
materiallari yaxshi o’rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha qabul
qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi nimalarga ko’proq
axamiyat berish kerakligini belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, partiya organlari
bilan, korxona va tashkilotlarga qarashli bo’lgan maktabgacha ta`lim muassasalar
bilan aloqa o’rnatiladi.
Nazorat qilishni albatta mudiraning ishtirok bilan o’tkazish kerak,
tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta`lim muassasalarda esa shu korxonaning
vakili qatnashadi.
Frontal tekshirish olib borishning asosiy yo’llari. Frontal tekshirish nazoratchi
va brigada a`zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish
maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi. So’ngra mudira muassasa
haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga
taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, maktabgacha ta`lim muassasasining
texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik
va xizmat ko’rsatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta`lim - tarbiyaviy ishlariga baho
berib, xodimlarning g’oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va
ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar
o’sishdan ko’rilayotgan tadbir-choralar xususida, tuman xalq ta`limi bo’limi va
boshqa tashkilotlardan iltimoslar so’raydi.
Bu suhbat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi tekshirish ishiga
dastlabki ta`sirot beradi. So’ngra nazoratchi turli bo’limlar bo’yicha tekshirishi,
o’rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
I. Maktabgacha ta`lim muassasadagi ta`lim - tarbiyaviy ishlarining ahvoli va
«Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim - tarbiya dastursi» talablarining
bajarilishi, bolalarning ko’nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati,
tarbiyachining ishlash metodlari»;
II. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash
malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar, metod kabinet
faoliyati;
III. Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo’jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo’jalik
rejalarning bajarilishi, yo’llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning
maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnashi) ishlashning bajaralishi;
IV. Bolalarga meditsina tomonidap xizmat ko’rsatish sifati. Bolalar
ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
V. Ota-onalarning pedagogik, ta`lim - tarbiya ishlari;
VI.
Mudiraning maktabgacha ta`lim mussasiga rahbarligi, rahbarlik
uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta`lim - tarbiyaviy ishlarga, dastur
talablarining bajarilishiga, ularning nazoratligi tekshirish;
185
VII. Muassasininng moddiy-texnika bazasining axvoli, xo’jalik faoliyati,
harajatlarni to’g’ri sarflash ishlari;
VIII. Ta`lim - tarbiyaviy ish rejalarning sifatliligi. Rejalarning bajarilishi,
pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yig’ilishlarini, xalq
ta`limi bo’limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilishi
o’sishdan nazoratni tashkil etishi;
IX. Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo’lga qo’yilishi, hujjatlar,
ularning to’g’ri jihozlashishi va saqlanishi;
X. Nazoratchining tekshirish bo’yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy
pedagogik kengashni o’tkazilishi;
Frontal nazorat qilishning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga
bog’liqdir.
Nazoratchi pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o’tkazib, tekshirilgan
masalalar, maktabgacha ta`lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash
uchun taklif va muloxazalar beriladi.
Nazoratlash natijasini akt bilan izohlanadi va ma`lumotnoma tuzilib, unda aniq
takliflar, mulohazalar, ko’rsatiladi. Akt 3 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar xalq
ta`limi bo’limiga, biri maktabgacha ta`lim muassasasiga beriladi, biri talabalarning
ish hujjatlari hisoblanadi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta`lim - tarbiya ishning bir
qismi bo’linishi nazorat qilish shaklsidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa»,
«O’yin» xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Tekshirish yo’llari
va savollari quyilagicha (mehnat tarbiyasi bo’yicha):
1. Guruh rejalarini uzoq muddatini hamrot olgan holda tekshirish (kvartal,
yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;
2. Mashg’ulotlarni kuzatish va tahlil qilishi; bolalar mehnatning eng muhim
tomonlarini ko’ra olish;
3. Kundalik hayotdagi mehnat billi ta`minlash va tahlil qilish;
4. Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
5. Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
6. Bolalar o’yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish;
7. Bolalar bilan individual suhbatlashish;
8. Bolalar ishlarini tahlili, tahlili;
9. Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko’rish;
10. Guruhdagi o’quv materiallari, tekshirishi.
Nazoratchi guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib, unda ko’zda tutilgan tarbiya
maqsadlarini amalga oshirish yo’llarini qidiradi, osondan murakablikka, oylik,
perspektiv ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi
bo’lim rejadan tushurib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarini qidirib
topishi kerak.
Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo’llari, haftalik
rejadagi
mashg’ulotlarning
turlari,
ishi,
talab
darajasida
ekanligi,
186
mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg’ulot turlarining oddiydan
murakkablashib borishini ko’rish mumkin.
Aniqlangan kamchiliklar o’z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu
kamchilik xatolar keyngi oylarda takrorlanmasin.
Mehnat bo’limini tekshirishda ko’rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mehnat
jarayonini kuzatishda bir qator mashg’ulotlarni kuzatish. Masalan: ekskursiya
sifatida, kuzatishda, suratlarni ko’rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg’ularini uyg’ota
olishga, bolalarni asosiy narsani ko’ra olishga, kuzata olishga, tanish bo’lgan voqea
va xodisalarni solishtira olish malakalarini o’stirish, ko’rganlariga yakun yasay
olish, fikrlash qobilatlarini o’stirishni tarbiyalash.
Uslubchi quyidagi nazorat turlaridan foydalanadi:
1) birlamchi;
2) ikkilamchi;
3) katta tekshiruv;
4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud.
Kuzatish jadvali quyidagicha:
1. Kuzatilgan jarayon.
2. Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
3. Ish mazmuni.
4. Tayorgarlik.
5. Bolalarning bilim, ko’nikma va malakasi.
6. Tarbiyachining bilim, ko’nikma va malakasi.
7. Qo’llanilayotgan usul va usublar.
8. Yutug’i.
9. Kamchiligi.
10. Taklif va mulohazalar.
Nazorat savollari:
1. Ilg’or ish tajriba deganda qanday jarayon tushuniladi?
2. Guruxlarda ilg’or pedagogik va ta`lim – tarbiyaviy jarayonlarni aniqlashda
uslubchining kasbiy pedagogik mahoratini qanday izohlash mumkin?
Misollar keltiring.
3. Uslubchi tomonidan qanday nazorat turlari olib boriladi va bo’lar qaysilar?
4. MTM da ilg’or ish tajribalarni umumlashtirishdagi uslubchining roli va
vazifalari.
Testlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |