18.2. Uslubchi tomonidan nazorat qilishning ahamiyati
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, xalq ta`limi bo’limlari tomonidan
rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi.
177
Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, xukumat, ko’rsatma, yo’l-yo’riqlarini,
«Xalq ta`limi to’g’risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, xalq ta`limi yoki
tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta`lim ahvolini tekshirish, shuningdek,
maktabgacha ta`lim bilan bog’liq bo’lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni
tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta`lim to’g’risidagi Nizom», «Maktabgacha
ta`lim kontseptsiyasi», «Maktabgacha ta`lim dasturi», «Uchinchi ming yillikning
bolasi» davlat dasturlarini bajarilishi ustidan nazoratdir.
Bu - har bir maktabgacha ta`lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo’qotish
choralarini ko’ruvchi, pedagogik ta`lim-tarbiya, pedagogik ish sifatini o’stirishda
aniq amaliy yordam ko’rsatuvchi tekshirish formasidir.
Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O’zbekiston
Respublikasining Konstituttsiyasi, «Maktabgacha ta`lim Kontseptsiya»sida
ko’rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g’oyalar egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat xokimiyatining tizimi - Xokimiyatning
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi printsiplariga asoslanadi.
Davlat o’z faoliyatini iison va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoy adolat va
qonuniylik printsiplari asosida amalga oshira borib, xalq ta`limi bo’limlarida
nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. «Davlat
jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi»
deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42 moddasida.
Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha
joriy konunlar va me`yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga
muvofiq bo’lishi talab etiladi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek:
«Qasrda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo’ladi». Xalq ta`limi
bo’limlarida - nazorat - amalga oshiradi.
Nazoratchi - bu ma`lum sohaga tegishli qonun-qoidalarning to’g’ri
bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs.
Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon – uning ishini tashkil qila bilish
kobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq
farovonligi yo’lida g’amho’rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak quyuvchi
rahbar, deya olsin».
Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o’ylangan tizimini ishlab chiqish,
o’tmishni ma`suliyat bilan tahlil etish - kelajak yo’lini talab borishini, o’tkir
muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro’yi-rost ochib tashlash kerakligi
uqtiriladi.
«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz
lozim».
«Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon
va insof, so’z va ish birligi insonparvarlik
_
biz qurayotgan jamiyatimizning tamal
toshlaridan biridir» - deb uqtiradi davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz
I.A.Karimov «O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yo’nalishlari» asarida
(1992 yil).
Bu vazifalarni to’g’ri, o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalq ta`limi
bo’limlari tomonidan maktabgacha ta`lim muassasalarini nazorat qilishning
ahamiyati beqiyosdir.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |