Psixologik xizmat xodimlarining ma’suliyati.
Mazkur xizmat xodimi quyidagilar oldida ma’suldirlar:
1.Xalq ta’limi tizimida faoliyat ko`rsatadigan psixolog quyilgan tashxisning to`g`riligiga, qo`llanilgan tashxis va korreksion metodlarning omilkorligiga, tavsiyalarning ilmiy jihatidan asoslanganligiga javobgardirlar.
2.Psixolog tadqikqot va kuzatish ishlarining qaydnomasi, xizmat xujjatlarining saqlanishiga javobgar shaxs xisoblanib, ularning muayyan qoidaga binoan ma’lum tartibda rasmiylashtirishi va asrashi shart.
Amaliyotchi psixologning faoliyatidagi vazifalar quyidagilarni o`z ichiga oladi.
1.Psixolog o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi xukumatining xalq ta’limi sohasi bo`yicha qabul qilingan normativ va instruktiv xujjatlarga amal qilgan xolda amalga oshirishi shart.
2.Oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini bitirganligini yoki amaliyotchi psixologlar tayyorlovchi qisqa muddatli(qo`shimcha mutaxassislik beruvchi) maxsus kurslarni bitirib, psixolog mutaxassisligini olganligini tasdikqlovchi maxsus xujjatga ega bo`lishi shart.
3.Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiyani, amaliy psixologiyani chuqur bilishi shart. Tashxis, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlarning xozirgi zamon ilmiy asoslangan usullari bilan qurollanishi, xalq ta’limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kerak.
4.Muammolarni muokama qilishda va ular yuzasidan qaror chiqarishda kasbiy vakolat chegarasidan aslo chiqmasligi kerak.
5.SHu sohaning mas’ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan qoidalariga rioya qilgan xolda ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.
6.Barcha psixologik masalalarni xal qilishda bola manfaatidan ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.
7.Olingan ma’lumotlar sinaluvchining shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni ko`rshab turgan muhit a’zolari taxlikaga tushmasliklari uchun tashxis va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlashi kerak.
8.Ma’muriyat, pedagog, ota-onalar bilan uzviy aloqada faoliyat ko`rsatadi.
9.Maktabgacha ta’lim muassasasida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pedagogik kengash, ma’muriyatga ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir.
10. Ma’muriyatga, pedagogik kengashga tarbiyalanuvchilarga individual yondoshishni ta’minlovchi imkoniyat, ularni xal qilishning psixologik shartlari, ta’lim- tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olishning omillari, yullari yuzasidan zarur yordam ko`rsatadi.
11. Tarbiyalanuvchilarning yakkaxol muammolarini xal qilishda yordam beradi.
12. Ota-onalargai tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslaxatlar beradi, muayan xolatlarni birgalikda xal qiladi, amaliy tavsiyalar beradi.
13. Ota- onalarga farzandlarining tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshka masalalarda murojaat qilish lozim ekanligini yuksak pedagogik odob bilan tushuntiradi, berilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontiradi.
14. Barcha qoidalarga va tasdiqlangan xujjatlarga rioya qilgan xolda o`tkaziladigan barcha ishlarni qayd qiladi va belgilaydi.
15.O`z faoliyatining natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot beradi, qabul qilingan xisobot shakllariga xech ogishmasdan rioya qiladi.
16. Maktabgacha ta’lim muassasalarida maxsus tarblanuvchilarga javob beradigan, jixozlangan psixologik kabinet bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
17. Amaliy psixologlar seminarlarda, anjumanlarda faol ishtirok etadi,
18 .O`zbekiston Respublikasi mafkurasi, Konstitutsiyasiga, etnopsixologik axloq qoidalariga zid bo`lgan tekshirishlar o`tkazmaydi.
19. Bolalarni tashxis komissiyasida ishtirok etadi.
20. Ijtimoiy psixologik xolatlarni o`rganishda maxalliy xokimiyatga yordam berish va ommaviy barqarorlashtirishda oldingi safda bo`ladi.
PSIXOLOG KABINETI JIHOZLANISHI
1. Stol - stullar.
2. Xujjatlar shkafchasi
3. Magnetofon
4. DVD pleyr
5. Katta oyna
6. Televizor
7. Akvarium
8. Tinchlantiruvchi rasm
9. Milliy burchak
10. Tashxis va korreksiya qo`llanmasi va ko`rgazmali qurollar
11. Divan, kreslo
12. Xujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |