Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbari 03-01dan 03-03gacha
03-03 Xodimlar bilan yo’riqnoma o’tkazish kitobi 03-02 Xodimlarning ish vaqti hisobini yuritish tabeli 03-01 Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali)
03-01.Rahbarning shaxsiy ish jurnaliga quyidagi bo‘limlar kiritiladi:
03-01.Rahbarning shaxsiy ish jurnaliga quyidagi bo‘limlar kiritiladi:
1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining oylik ish rejasi 2 Ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish qaydlari
Oylik ish reja - rahbarning bir oyga mo‘ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish asosida, har bir bo‘limga oy davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar olinib, ularning bajarilish vaqti haftadagi sanalar asosida belgilanadi.Oylik ish reja 5 ta bo’limdan iborat:

Kadrlar bilan ishlash Tashkiliy-pedagogik ishlar Ota-onalar va kuzatuv kengashi bilan ishlash Maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar bilan hamk Ma’muriy-xo‘jalik ishlari
Ushbu bo’limda tashkilotda bolalarning kun davomidagi barcha faoliyat turlari (ertalabki qabul, ertalabki soat, markazlardagi ta’limiy va mustaqil jarayonlar, sayrlar, ovqatlantirish, uyqu va kunning ikkinchi yarmida tshkil etiladigan faoliyatlar)ni kuzatish taxlil olib boriladi. Bunda kuzatuv oldindan belgilangan aniq maqsad asosida olib boriladi hamda raxbar tomonidan beriladigan xulosa va tavsiyalar tarbiyachiga tanishtirilib, tarbiyachining tanishganligi haqidagi imzosi bilan yakunlanadi.

Ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish
03-02 Xodimlarning ish vaqti hisobini yuritish tabeli
MTT xodimlarining ish vaqti hisobini yuritish tabeli tashkilot rahbari tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo‘yicha yoki tuzilmaviy bo‘linmalar bo‘lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo‘yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To‘ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqini hisoblash uchun markazlashgan buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu ish vaqtini hisobga olish elektron tarzda amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
03-03 Xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish kitobi. Xodimlar bilan joriy yo‘riqnomalar - to‘rt yo‘nalishda o‘tkaziladi.
03-03 Xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish kitobi. Xodimlar bilan joriy yo‘riqnomalar - to‘rt yo‘nalishda o‘tkaziladi.
1. Maktabgacha ta’lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bilan tanishtirish yo‘riqnomasi. Mazkur yo‘riqnoma bir yilda bir marotaba o‘quv yili boshida (avgust-sentyabr oyida) umumiy ishlab chiqarish majlisida o‘tkaziladi. 1
2. Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomasi yilda bir marotaba o‘quv yili boshida kasaba uyushmasi bilan birgalikda o‘tkaziladi. 2
Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma o‘quv yilida uch oyda bir marotaba sentyabr, dekabr, mart oylarida tanishtiriladi. Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida har oyda – iyun, iyul, avgust oylarining birinchi sanalarida har bir xodimga tanishtirib boriladi. 3
Yong‘in havfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma yilda bir marotaba kalendar yil boshi (yanvar oyi) da o‘tkaziladi. Ushbu yo‘riqnoma maktabgacha ta’lim tashkilotining yong‘in xavfsizligi uchun javobgar mas’ul shaxs bo‘lgan (shu haqda MTT rahbarining buyrug‘i chiqariladi) xo‘jalik ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari ishtirokida o‘tkaziladi.
4