Tadqiqot ishining asosiy metodlari: Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy urf-odatlar va qadriyatlardan foydalanish masalalari o‘rganilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, taqqoslash, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil va tarixiy materiallarni ilmiy jihatdan o‘rganish, suhbat, test va boshqa metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot ishining metodologik asoslari: Pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlarining asosiy prinsiplari, shaxsga taalluqli yondashuvlar, konsepsiyalar, pedagog olimlar va sharq mutafakkirlarining barkamol insonni tarbiyalashga oid ta’limotlarining mohiyati, Prezident I.A.Karimov asarlari, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa hukumat qonunlarining mohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |