O‘rtayosh
(4-5 yosh)
Past daraja - bola musiqa asarini boshidan oxirigacha diqqat bilan tinglayolmaydi, mazmunini tushunishga harakati yo‘q.
Musiqa asari bolada kerakli emosional javob hissini uyg‘otmaydi. Tinglangan musiqa haqidagi savollarga javob beraolmaydi. Musiqa gaqiziqishi yuzaki va turg‘un emas.
Qo‘shiq, raqs, o‘yin, davra qo‘shiqlari va mashqlarni ijro etish vaqtida mustaqil, ifodali bajarishga intilmaydi.
Kuylash-undosh tovushlarni noto‘g‘ri ifodalaydi; nafasi yuzaki, tovush qaltis, qo‘polligi oqibatida kuy ohangi buziladi.
B.Ch.A, chalish jarayonida diqqati turg‘un emas, tovushlarni aniq chalishga va hamma bilan birgalikda chalishga initilish sust.
O‘rta daraja – Bola musiqani diqqat bilan tinglaydi, biroq undagi obrazning dinamik rivojlanishini asar oxirigacha kuzatishni uddalayolmaydi. Tinglagan asariga nisbatan emosional javob hissi hammavaqt ham asar kayfiyatiga mos bo‘lmasligi mumkin. Hozircha, faqatgina shakli va mazmuniga ko‘ra soda va oddiy musiqa asarlari unda jonli qiziqish uyg‘ota oladi.
Musiqa haqidagi savollarga har doim birdek to‘g‘ri javob berishga qiynaladi, kattalardan yordam kutadi, kerakli atamalarni tanlashda adashadi.
Musiqaviy faoliyati har doim ham tugallangan ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Tasviriy-ifodaviy vositalardan foydalanish va ijodiy faollik ko‘rsatishni bilmaydi. Kuylashda intonasion nolalarni ainq kuylamaydi, nafasini to‘g‘ri taqsimlayolmaydi. Harakatlanishda ba’zi bir noaniqliklarga duch keladi har doim ham ifodali bajarmaydi. Bolalar cholg‘u asboblarida chalish vaqtida murakkab qismlarni ijro etishda noaniqliklarga duch keladi.
Yuqori daraja – Bola musiqa asarini diqqat bilan, undagi kayfiyatlar o‘zgarishi va obrazning dinamik rivojlanishini kuzatgan holda tinglayoladi.
Musiqa asarini tahlil qilish vaqtida kattalarning bergan savollariga o‘zi mustaqil javobberadi; elementar musiqiy atamalardan foydalanadi. Musiqaga to‘g‘ri javob ko‘rsatadi. O‘ylab va asoslab fikr bilidiradi. Tinglanayotgan yoki ijro etilayotgan musiqa asariga nisbatan o‘z munosabatini bildira oladi. Musiqaga nisbatan turg‘un, saralangan asoslangan qiziqishi bor.
Qo‘shiq kuylash, o‘yin, davra qo‘shiqlarini ijro etishda mustaqillik, sifatli faoliyat olib boradi. Harakatlari ritmik va texnik jihatidan aniq va ifodali. B.Ch.A. chalishda birgalikda chalish, to‘g‘ri chalish, ifodali chalishni uddalaydi.
MTMda bolalarga musiqiy ta’lim – tarbiya berish dasturi talablarini o‘zlashtirilishini baholashga oid metodik tavsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |