II. OMTTning HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. OMTT quyidagi xuquqlarga ega:
OMTT xodimlarining huquq va qonuniy manfaatlarini, hamda qadr-qimmatini himoya qilish;
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan « Ilk qadam» Davlat dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq o`z o`quv dasturlarini ishlab chiqish;
tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo`yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o`zaro hamkorlik qilish;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to`lov evaziga maktabgacha ta`limning davlat ta`lim dasturidan tashqari qo`shimcha ta`lim hizmatlari ko`rsatish,dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish bo`yicha innovasion faoliyatda ishtirok etish ;
OMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;
tarbiyalanuvchi kasal bo`lganida yoki tibbiy ko`rikda uning kasalligi aniqlanganida, OMTT tibbiyot hodimi tomonidan kunlik filtirasiyadan o`tkazilganida tarbiyalanuvchini sog`lig`i bo`yicha OMTTda bo`lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha OMTT ga qabul qilishni rad etish;
qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to`lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9- bandida ko`rsatilgan muddat o`tgach ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lanmagan taqdirda, qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to`xtatish va tarbiyalanuvchini OMTTga kelishini cheklash;
qonuniy vakilning tegishli ruhsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shahslarga berib yuborishni rad qilish.
OMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.
4. OMTTning majburiyatlari:
Bolalarni oilaviy maktabgacha ta`lim tashkilotlariga qabul qilish bo`yicha ota-ona (qonuniy vakil) bilan shartnoma asosida tarbiyalanuvchini OMTTga qabul qilish;
Imtiyozli tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim bo’limining yo’llanmasi asosida qabul qilish;
bolaning OMTTda bo‘lishi vaqtida uning sog`lig`i va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi tarbiyalanishi va ta`lim olish bilan bog`liq zarur va xavfsiz sharoitlarini yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg`usini, oilaga, o`z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini ta`minlash, uning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning o`z qobilyatlariga qarab individual yondashishni ta`minlash, bola huquqlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfaatlariga asoslanish ;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo`lish;
OMTT Kuzatuv kengashinig to`liq faoliyat olib borishni taminlash;
o`quv ta`lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog`lig`iga doir xususiyatlarini hisobga olib, maktabgacha ta`limning tegishli sifat, daraja va hajimga muvofiqligini ta`minlash ;
OMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat`iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakillarining huquqi va sha`ni, qadr- qimmatini hurmat qilinishni ta`minlash ;
bolaga ta`lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo`yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;
maktabgacha ta`lim sifati ta`minlashini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko`maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko`rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o`tkazish;
(reja asosida profilaktik emlash,yillik tibbiy ko`rik o`tkazilishini tashkil qilish va boshqalar) ;
belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq havfsiz, sifatli va sog`lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta`minlash;
qonuniy vakildan yoki tegishli ruhsati bo`lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to`laligicha saqlash;
qonuniy vakilga OMTT faoliyatiga doir ma`lumotnomani taqdim qilish (OMTT ustavi, kun tartibi ta`lim- tarbiyada dasturlari va uslublari);
OMTTda o`zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o`z vaqtida habardor qilish.;
OMTTning qonuniy hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo`lishi mumkun;.
OMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yeg`ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta`qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |