III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
5 Qonuniy vakil quyidagi xuquqlarga ega:
tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
OMTTning ustavi bilan tanishish;
OMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlar va h.k.),mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
OMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
OMTT Kuzatuv kengashi a`zolarini saylash va uning a`zosi bo`lib saylanish;
OMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchinini OMTTdan olib ketish;
OMTT direktorini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.
6. Qonuniy vakilning majburiyatlari:
mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
ota-ona to`lovini o`z vaqtida amalga oshirish; hodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan OMTT direktori va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
OMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog`lig`i haqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakili haqidagi ma`lumotnomalarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan OMTT ma’muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma`lumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini OMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini OMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi OMTTga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun OMTT direktoriga ariza taqdim etish;
OMTTning barcha xodimlariga boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini OMTTga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni OMTTga olib kirmaslik;
OMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda OMTT ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, OMTTning guruh tarbiyachisiga bu haqda xabar berish;
bolani OMTTdan olib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
pandemiya davrida bolalarga antiseptik vositalari, qog‘oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil rangdagi sochiqlar olib berish;
ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda OMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.
Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |