2.Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqa mashg’ulotlarning maqsadi va
vazifalari
Mustaqil O`zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash bizga, endi etishib chiqayotgan kadrlar zimmasiga mas’uliyatli va sharafli ishni, ya’ni bola tarbiyasini to`g‘ri yo`lga qo`yish yuklatildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagi, davlatimizni buyukligini tasavvur etganining natijasiga ko`ra “Ta’lim to`g‘risidagi Qonun” va yangicha dunyoqarash talab etilar edi. 1997 yil “Ta’lim to`g‘risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosiy omil bo`lib xizmat qildi.
Ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo`lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o`zgarishlar qilish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq - puxta o`ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar talab etar edi.
Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta’lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi “maktabgacha ta’lim” deb ataldi. Birgina shu yondashuvning o`ziyoq tarbiyaga mehribonlik va adolat bilan qarashni talab etadi. Negaki, bugunki yosh avlod zimmasida XXI asrda kuchga to`lib, sog‘lom, bilimli, aqilli bo`lib jamiyatimizning faol a’zolariga aylantirishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa u siz - u bizga, ya’ni kattalarga ishonadilar. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-qudratni, bilimdonlikni va vatanparvarlik bilan uyg‘unlashtira olsak, bundanda ziyoda qudratni topa olmaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish uchun «Bolajon» tayanch dasturi va o`quv qo`llanma asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko`pgina o`quv va metodik qo`llanmalar mavjud. Bularning asosiy maqsadlari bir yo`lga, ya’ni komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishdir.
«Ilk qadam» Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi maktabgacha ta’lim bilan shug‘ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo`lgan tayanch dastur hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi “Davlat talablari” ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy – huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad
va vazifalari, o‘quv - tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Tayanch dasturining pirovard natijasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarining bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan, aqlan va ma’nan yetuk bolalarni tayyorlashdan iboratdir.
Shunday qilib, uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati, uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o`ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o`qitilish ahamiyati oshib bormokda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o`ylashga o`rgatishdir.
Yurtimiz mustaqilligi bizga jahon mamlakatlari bilan barcha sohalar qatori musiqa ta’lim - tarbiyada ham bevosita xalqaro hamkorlikka yo`l ochdi. Bugungi kunda O`zbekistonda xalq ta’limini har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar - ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy - moddiy sharoitlar yaratildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqa mashg’ulotlarning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.
Hozirda tarbiyachi, musiqa rahbari faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi maktabgacha ta’lim sohasida ham so`nggi yillarda musiqiy pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqa mashg’ulotlarni muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy - tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Dunyoga yangi ko`z bilan qaraydigan, uddabiron, ishning ko`zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz musiqa tarbiyachi-pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Shunday qilib, hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo`yadi:
- bolalarni tabiat go`zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;
- estetik did va hissiyotni shakllantirish;
- hayotda go`zallik tushunchasini to`liqligicha anglashni o`rgatish;
- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
- bolalarda go`zallikni o`z hayotlariga, o`z faoliyatlariga olib kirishni o`rgatish; -musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini xis etish qobiliyati)
-tembr uquvi (musiqiy tovushlarni bir biridan farqlanishi)
-ritm tuyg’usi (musiqaga mos xarakatlar bajarish, qadam tashlash, chapak chalish, musiqani xotirada saqlab xis etish va ifodalash.)
-kichkintoylarni musiqaga bo`lgan qiziqishini oshirish;
-musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional xis-tuyg’ularini xosil qilish yo`li bilan ularning musiqa xaqidagi tasavvurlarini boyitish;
-bolalarni musiqa tinglash, qo`shiq kuylash, musiqa asosida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg’u asboblarida jo`r bo`lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakillantirib borish;
-bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo`shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o`rgatish va odatlantirish;
-musiqiy asarlardan zavq olish, shu asosida musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish;
-musiqiy mashg’ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy o`yin va raqs shaklida ifoda etishga o`rgatish;
-musiqa mashg’ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg’u sozlarimiz jo`rligida milliy- ritmik xarakatlarni bajarishga o`rgatish;
-musiqa mashg’ulotlari mazmunini bog’cha bilan bog’lash, bog’chada o`tkazilgan tadbirlarda o`rganilgan kuy va qo`shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaklar, kontsertlar tashkil etish va hokazo.
Ushbu vazifalarni amalgan oshirish uchun xar bir musiqa tarbiyachisi o`z ustida tinmay ishlashi zarur. Chunki maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta`lim tarbiya jarayoni, o`zaro bog`liq bo`lgan ikki inson, musiqa tarbiyachi va bolani o`rtasida kechayotgan pedagogik faoliyatni o`z ichiga oladi. Buning uchun musiqa tarbiyachi pedagogik mahoratga ega bo`lish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |