«maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy-estetik ta’lim nazariyasi va metodikasii» fani bakalavriat 5111100- musiqa ta`limi yo`nalishi


O`zbek xalq cholg’u asboblarida ijro etish



Download 8,48 Mb.
bet14/68
Sana17.07.2022
Hajmi8,48 Mb.
#818163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
Bog'liq
M.T.M.MUSIQA O`QITISH MЕTОDIKASI мажмуа

6. O`zbek xalq cholg’u asboblarida ijro etish
Zamonaviy musiqiy tarbiya tizimida ayniqsa, bolalar bog‘chasida musiqiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda musiqiy o‘yinchoq va musiqa cholg‘u asbolari o‘ta muhim va nozik hisoblanadi.
Bolalar musiqa cholg‘ularida chalish - bolalarning jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir. Uning mashg‘ulotdagi o‘rni -bolaning musiqiy qobiliyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirish, kichik yoshdagi bog’cha bolalarining badiiy tajribasini boyitish, ijrochilik faoliyatiga qiziqish o‘yg‘otishdir.
Mashg‘ulot sharoitida bolalar cholg‘u asboblarida ijrochilik faoliyatini qo‘llash bir necha o‘quv-pedagogik vazifalarini hal etishga qaratilgan:
1) Bolalarni mashg‘ulot va mashg’ulotdan tashqari hamda bo`sh vaqtlarda ijrochilik faoliyatiga undash;
2) ularda badiiy did va qiziqishlar shakllanishiga yordam berish;
3) jamoaviy ijrochilikka qiziqishlar shakllanishiga yordam berish;
4) cholg‘ular tembrlarini farqlash, ularning jaranglashdagi uyg‘unligini his eta olishlariga erishish;
5) Musiqiy qobiliyatlarning (lad, ritm, shaklni his etish, tembr, melodik, garmonik eshituv, xotira) rivojlanishini faollashtirish;
6) Bolalarda musiqiy ifoda vositalarining ahamiyati haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Bu vazifalarni amalga oshirishda musiqiy-o‘quv repertuari va ish metodlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan musiqiy materialning eng asosiy xususiyati - uning serqirraligidadir, ya’ni bir yoki bir necha asarning o‘zida bir qator tasavvur, malaka, ko‘nikmalar shakllantirilishi imkoniyati borligidadir. Bundan tashqari, musiqiy material (musiqiy asar) bolalar va musiqa rahbarning birgalikdagi ijrosi uchun qulay bo‘lishi va ijodiy harakatlar shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bolalar cholg‘ularida chalish eshituv va ovoz koordinatsiyasi (muvofiqligi) bo`sh bo‘lgan bolalarning musiqiy-ijodiy rivoji uchun ham ayniqsa foydalidir.
Musiqa rahbari musiqa cholg‘ulari yordamida bolalarni musiqaga mos ravishda harakat qilishga o‘rgatadi. Bolalar tanishib bo‘lgan kuylariga mos ohang chalishni ritmga mos usul berishni, yyengil bo‘lgan kuylarni ijro etishni, qo‘shiq kuylash jarayonida jo‘r bo‘lishni o‘rganadi. Bolalar cholg‘ulari sof jaranglashi, toza sozlnishi o‘ziga xos tembriga ega bo‘lishi, ko‘rinishi va og‘irligi jihatdan bolalarga mos bo‘lishi kerak. Ta’mir talab cholg‘ular bolalarga berilmasligi kerak.
Shunday qilib, musiqa bolalarning ichki dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiya masalalari jamoa bo‘lib kuylashda, raqs va o‘yinlarda namoyon bo‘ladi, chunki bolalar bu jarayonlarda jamoa deb his qiladilar.
Kuylash faoliyati birgalikni, birdamlikni talab etadi. Jamoa bo‘lib kuylash jarayonida bola o‘zini yolg‘iz his qilmaydi va asta-sekinlik bilan uning individual rivojiga ham ta’sir qiladi. Musiqa mashg‘uloti bolaning umumiy madaniy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli faoliyatlarni qo‘llash (qo‘shiq kuylash, tinglash, musiqa cholg‘u asboblarida ijro etish, Musiqiy ritmik harakatlar) bolalarda diqqatni jamlash, tez reaksiya va irodasini kuchaytiradi: qo‘shiq kuylash jarayonida birga boshlab birga tugatish; raqs va o‘yin jarayonida musiqani tempini sezish talab etiladi.
Shunday qilib, musiqiy faoliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi.
II. Musiqani idrok etish. Bu bolaning axloqiy va aqliy rivojining uyg‘unligi bilan olib boriladi, ya’ni diqqatini jamlash, musiqaga nisbatan kuzatuvchinlik, uni taqqoslash va farqlay olish talab etiladi. Bola musiqiy asarni tinglagandan so‘ng bola musiqa haqida ilk fikrlarini bildiradi: asarning umumiy harakterini, qo‘shiqdagi badiiy matnini, musiqa ifoda vositalariga e’tiborini qaratadi. Bu e’tiborni shakllantirish uchun albatta musiqa rahbari ko‘magi kerak.
Misol qilib M.Otajonovning bolalar uchun yozilgan «Guldasta» to‘plamidan joy olgan «Musicha» asarini tinglab ko‘rishadi.
Bolaning ilk diqqatini tortgan narsa bu asarning kayfiyati - yyengil o‘yinkarokligidir. Bu asarda musichaning obrazini kompozitor juda yaxshi ochib bergan. Bolalar tinglash jarayonida bu asar o‘yinkarok va shux musicha haqida ekanligini tasavvur qiladilar.
Bolalar bog‘chasida o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida ijodkorlik masalasini o‘rtaga tashlasa, albatta bolalarda aqliy faoliyat bilan ishlashadi, ya’ni biror bir tanish bo‘lgan qo‘shiqqa o‘zlari biror matn qo‘yishlari yoki aynan shu qo‘shiqni improvizatsiya qilishlari. Undan tashqari biror bir badiiy mantga o‘zlari kuy bastalashlari, biror bir kuyga raqs elementlarini o‘ylab ko‘rishlari ko‘zga tashlanadi. Yoki yana bir jihati bolalar bilan ishlash jarayonida ularning aqliy faolligini oshirishda ularning ijodkorligini shakllantirishda bolalar biror kuyga raqs elementlari yoki sahnalashtirishni sevishadi. Bu jarayon bir necha bosqichda amalga oshadi:
1. Bolalar asarni tinglashadi;
2. Uning badiiy tahlil qilishadi;
3. Badiiy obrazni o‘ylab ko‘rishadi:
4. Rollarni taqsimlashadi;
5. Ijro etishadi.
Bu bosqichlarning har birida maktabgacha yoshdagi bolalar oldida yangi-yangi masalalar qo‘yiladi.
III. Musiqa insonning nafaqat kayfiyatiga, estetik rivojiga balki umumiy organizmiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bola musiqa tinglaganda, kuylaganda, raqs davomida butun organizm faoliyat olib boradi (nafas yo‘llari, mushaklar, qon aylanishi, asab tizimi va boshqa a’zolar). Bu masala bo‘yicha ko‘plab fiziolog olimlarimiz ish olib borishgan va o‘z izlanishlarida juda ko‘plab ma’lumotlarni berishadi. Shulardan biri fiziolog olim P.N.Anaxinning ta’kidlashicha: «Kichkina go‘dak bola major va minor ladida yozilgan asarlarni tinglab ko‘rganida shunga mos kayfiyatini ko‘rsatgan ekan». Bu uning ruhiy psixikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shiq kuylashda bolalarda ovoz apparati, tovush paylari va hattoki, talafuzi rivojlanadi. Bola to‘g‘ri o‘tirib kuylaganida tanasi, ko‘krak qafasi va nafas organlari yaxshi ishlaydi va rivojlanadi.
Ritmika bolalarda musiqani his qilish, tananing asosi (asanka), qadamlarning shaxdamligi va yyengil yugurishini rivojlantiradi.
Shunday qilib, bolalarning har tomonlama rivojida musiqaning o‘rni kattadir. Bola musiqani tushunish, uni idrok etish, unga hissiy munosabat bildirish, ijrochilik malakalarini shakllantirishga muntazam olib borilgan musiqa mashg‘ulotlari katta ahamiyat kasb etadi.

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish