Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari ……………………………
5
1.2
Mavzu: Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni …………………..
23
1.3
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash …..
31
1.4
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash……
39
1.5
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo`shiq kuylash……
42
1.6
Seminar mashg’ulot: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari ………………………………
49
1.7
Seminar mashg’ulot: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari.……………………………
51
1.8
Seminar mashg’ulot: Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni.............
52
1.9
Seminar mashg’ulotlar: Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni …..
54
1.10
Seminar mashg’ulotlar: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash ………………………………………………………………
55
1.11
Seminar mashg’ulotlar:Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash ………………………………………………………………
57
1.12
Seminar mashg’ulotlar: Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo`shiq kuylash ……………………………………………………………..
59
1.13
Seminar mashg’ulotlar: Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo`shiq kuylash ……………………………………………………………..
61
2.
Mustakil ta’lim mashg’uloti………………………………………
63
3.
Glossariy…………………………………………………………….
68
Ilovalar
74
4.
Fan dasturi……………………………………………………………
75
5.
Ishchi dasturi………………………………………………………..
89
6.
Tarkatma materiallar………………………………………………..
106
7.
Testlar…………………………………………………………………
114
8.
Baholash mezonlarini qo`lash bo`yicha uslubiy kursatmalar…………
119
9.
O`UM elektron varianti ................................................................
123
O`QUV METODIK MATERIALLAR
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqa mashg’ulotlarning maqsad va vazifalari
Rеja: 1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasi va metodikasi 2.Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqa mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalari 3. Musiqa san’atining ahamiyati 4. Musiqa qobiliyatini rivojlantirishning shart-sharoitlari 5.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining yosh psixologik xususiyatlari Asоsiy tayanch ibоralar va tushunchalar Metodika, xususiy metodika, qobiliyat, musiqa, ajdod, avlod, tarbiya, estetik, san’at, jamiyat, bola, qalb, ma’naviy.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasi va metodikasi
«Metodika» so`zi grekcha so`z bo`lib, «tadqiqot yo`li», «bilish usuli» degan ma’noni anglatadi va ta’lim-tarbiyaning alohida qismlari bo`lib hisoblanadi, ularning yig`indisi musiqa o`quv metodlari deyiladi. U musiqa o`qitishning qonun - qoidalarini ta’riflab beradi, kelajak yosh avlodni tarbiyalashda qo`llanadigan zamonaviy metodlarni belgilaydi. Metodika, maktabgachata’lim - tarbiya jarayonida musiqa tarbiyachining bolalar bilan ishlash usullarining, mazmunini anglatadi.
Maktabgacha bo`lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning eng go`zal va esda qoladigan damlarini o`z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o`rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o`qitiladi. Shuning uchun bu o`quv fanini o`qitish nazariyasi hamda metodikasini o`zlashtirishni hozirgi kunda o`ta ahamiyatli va muhim faoliyatdir.
Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy-estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo`yadi:
- bolalarni tabiat go`zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;
- estetik did va hissiyotni shakllantirish;
- hayotda go`zallik tushunchasini to`liqligicha anglashni o`rgatish;
- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
- bolalarda go`zallikni o`z hayotlariga, o`z faoliyatlariga olib kirishni o`rgatish va hokazo.
Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati, uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rolь o`ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o`qitilish ahamiyati oshib bormokda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o`ylashga o`rgatishdir.
Musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar o`yg‘otishining o`zini bir mujiza deb, atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri - ta’lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go`zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san’atning xalqchilligi to`g‘risidagi ta’limotga suyanib, o`quvchilarning ob’ektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste’dodini o`stiradi hamda ularda yuksak ma’naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish, go`zallikni ko`ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi.
Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, o`quvchilarni go`zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko`ra bilishga o`rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, hatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o`tkazadi.