«maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy-estetik ta’lim nazariyasi va metodikasii» fani bakalavriat 5111100- musiqa ta`limi yo`nalishi



Download 8,48 Mb.
bet13/68
Sana17.07.2022
Hajmi8,48 Mb.
#818163
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
M.T.M.MUSIQA O`QITISH MЕTОDIKASI мажмуа

4.Jamoa bo`lib kuylash - musiqaviy tarbiyaning jamoa faoliyati sifatida musiqa rahbarning bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Xorda kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv xujayralari ham faol ishga tushadi. U qo`shiq kuylash davomida o`quvchilarda ijobiy xis tuyg`ularning faolligini ta’minlaydi hamda o`quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi.
Musiqa rahbari guruh imkoniyatlarini hisobga olgan xolda yil davomida o`rgatish uchun 10 - 12 ta qo`shiq tanlaydi va ularning vokal-ijrochilik darajasi va badiiy mazmuni bog’c ha hayotiga mosligini inobatga olib, ularning ma’lum tartibga soladi.
Bolalarning quyi yillarda olgan vokal - xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to`g`ri va ta’sirli aytilishini taminlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o`quvi yoshiga qarab o`sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diktsiya, soz, ansambl dasturda har qaysi o`quv yili uchun alohida - alohida beriladi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog`lanib boradi.
5. Musiqaga mos ritmik harakatlar bajarish
Bolalarning har tomonlama musiqiy rivojida musiqiy-ritmik harakatlar boshqa faoliyat turlari kabi muhim ahamiyatga ega. Ularda musiqiylik, ijodiylik qobiliyatlari rivojlanadi, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalari shakllandi. Musiqaga mos harakat bajarishning tarbiyaviy ahamiyati - ritm hissi faollashadi, Musiqiy materialning o‘zlashtirishi chuqurlashadi. Harakatlar bajarish musiqiy obraz rivojini kuzatishga yordam beradi.
Musiqani diqqat bilan tinglab o‘z hissiyotlarini harakatlarda ifodalash imkoniyati bolaning o‘z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ta’sir etadi.
Musiqiy-ritmik harakatlar jamoaviy faoliyatlardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim katta, tayyorlov guruh bolalarida yurish, yugurish va sakrashda harakat koordinatsiyalari juda yaxshi. Musiqa sadolari ostida o‘zlari maroq bilan: qarsak chaladilar, oyoqlari bilan tupillatadilar, turli buyumlar bilan, xususan, koptok, tayoqchalar, lentalar, sun’iy gullar, oddiy musiqa asboblari bilan ifodali harakatlar bajaradilar. Musiqa va harakat birligini his qilish ularga xosdir. Bu sifat esa - bolalar musiqiy-ritmik harakat faoliyatida musiqiy ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy hisoblanadi. Musiqiy-ritmik harakatlar ham boshqa faoliyat turlari kabi bolalarda har tomonlama musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi:
- Musiqiy rivojlanadi;
- ijodiy qobiliyatlarni;
- jamoa bo‘lib harakat bajarish malakalari shakllandi.
Musiqa ostida harakatlar bajarish bolalarda ritm hissini faollashtiradi. Bu esa mashg’ulotning musiqiy materialini yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yordam berishi tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Harakatlar yordamida bolalar asarning harakter xususiyatlarini ko‘rsata oladilar.

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish