«maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy-estetik ta’lim nazariyasi va metodikasii» fani bakalavriat 5111100- musiqa ta`limi yo`nalishi


Mavzu: Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni



Download 8,48 Mb.
bet11/68
Sana17.07.2022
Hajmi8,48 Mb.
#818163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
Bog'liq
M.T.M.MUSIQA O`QITISH MЕTОDIKASI мажмуа

Mavzu: Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni


REJA:
1. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli faoliyatlarni qo‘llash
2. Musiqa savodi
3. Musiqa tinglash
4. Jamoa bo`lib kuylash
5. Musiqaga mos ritmik harakatlar bajarish
6. O`zbek xalq cholg’u asboblarida ijro etish


Asоsiy tayanch ibоralar va tushunchalar
Shaxs , insonnig rivojlanishi , qobiliyat, maqsad, musiqa, estetik tarbiya, musiqa estetikasi.
I. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli faoliyatlarni qo‘llash
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi, ertangi kun taraqqiyoti egalari bo‘lmish bolalarni to‘g‘ri va ma’naviy boy, tarbiyali shaxs sifatida tarbiyalashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda barcha sohalar kabi musiqa ham alohida o‘rinni kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida musiqiy tarbiya - bu bir aniq maqsadga yunaltirilgan, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolani estetik, axloqiy, aqliy rivojini amalga oshirish, bolani shaxs sifatida tarbiyalash, uni dunyoqarashini kengaytirish, o‘z iqtidorini namoyon qila olishga, estetik jihatdan musiqani tushunishga, unga ijodkorona yondasha olishga o‘rgatishdir.
Har bir bola musiqaning qaysi yo‘nalishini o‘rganishidan qat’iy nazar uning yosh xususiyatlarini, psixologik rivojini musiqa rahbari nazarda tutishi lozim. Bolaning musiqiy rivoji bu to‘g‘ri va uzluksiz ravishda yo‘lga qo‘yilgan faol musiqiy jarayondir. Bu rivojlanish quyidagicha kyechadi:
Hissiy munosabat. Oddiy musiqiy tasavvurdan murakkab va ko‘ptomonlama rivojlangan musiqiy asarlarni tushuna olish;
Musiqani eshitish qobiliyati - musiqaning tembri, tovush balandligi, musiqa ifoda vositalari.
Ijrochilikning ilk shakllanishi. Bola o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayanib, unga tanish bo‘lgan musiqaga matn yoki raqs elementlarini ijro etish.
Musiqa mashg‘ulotlarning asosiy xususiyati shundaki, musiqa ta’limining besh faoliyati mustaqil jarayon bo`lishi bilan birga, ularni bir-biri bilan uzviy aloqada, o`zaro bog`liq ravishda olib borish kerak. Ushbu jarayonlarni bolalar tomonidan o`zlashtirilishi, ularni ijodiy shaxs bo`lib etishishlariga zamin yaratadi.
Musiqa mashg‘uloti boshqa mashg’ulotlardan o`zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko`proq ijodiy zavq, emotsional tuyg`ular va obrazli kechinmalar uyg`otishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun musiqa mashg’ulotii quyidagi spetsifik xususiyatlari bilan boshqa mashg’ulotardan farq qiladi:
1.U musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal - xor mashg`ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg`u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir.
2.Musiqa boshqa san’at turlaridan o`zining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so`zi bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko`rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko`zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqan.
3.Musiqa aniq vaqt o`lchovi bilan bog`langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda uning yangi - yangi badiiy qirralarini xis etamiz.
4.Musiqa bolalarga aktiv emotsional ta’sir ko`rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg`otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa mashg’ulotidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo`lib chiqadilar. Xullas, musiqa mashg’uloti o`zining aktiv psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa mashg’uloti boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog`liqdir. Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa mashg’ulotini hayot bilan boglashga, mazmunli, qiziqarli qilib mashg’ulotni olib borishga yordam beradi. Musiqa mashg’uloti o`zining aralash mashg’ulot tipi bilan ham, boshqa fanlardan farq qiladi.
Musiqa mashg’ulotining strukturasi 5 faoliyat turidan: musiqa tinglash, musiqa savodi (musiqaga oid ma’lumot), jamoa bo`lib qo`shiq kuylash, musiqaga mos harakatlarni bajarish, bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lishdan iborat:
1. Jamoa bo`lib kuylash
2. Musiqa savodi(musiqaga oid ma’lumot)
3. Musiqa tinglash
4. Musiqaga mos harakatlarni bajarish
5. Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lishdan iborat bo`ladi.

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish