«maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy-estetik ta’lim nazariyasi va metodikasii» fani bakalavriat 5111100- musiqa ta`limi yo`nalishi



Download 8,48 Mb.
bet16/68
Sana17.07.2022
Hajmi8,48 Mb.
#818163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Bog'liq
M.T.M.MUSIQA O`QITISH MЕTОDIKASI мажмуа

Internet saytlari
1. Ijtimoiy axborot ta’lim portali: www.ziyonet.uz.
2. Maktabgacha ta’lim vazirligi: www.mtv.uz.
3. Respublika bolalar kutubxonasi: www.kitob.uz.
4. “Maktabgacha ta’lim” jurnali: www.jlmt.uz.


Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash


REJA:
1. Musiqa idroki (tinglash) - bolalar musiqiy faoliyatining yyetakchi turi
2. Tinglanadigan asar haqida musiqa rahbarining kirish so‘zi
3. Musiqa rahbari yoki magnitofon ijrosida asarni tinglash
4. Tinglangan asarni suhbat-bahs yo‘li bilan musiqiy va badiiy-g‘oyaviy jihatdan
oddiy tahlil qilish
5.Musiqiy asarni bir butunligicha qaytadan tinglash hamda asar haqida bolalarning
umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish


Asоsiy tayanch ibоralar va tushunchalar
Musiqa tinglash, taassurot, xulosa, asarni tinglash

Bolalarning musiqiy bilimlar tizimida musiqa tinglashning ahamiyatini baholash murakkabdir. Musiqa tinglamay madaniyatni o‘rgatish, dunyo musiqa san’ati durdonalari bilan tanishtirish, musiqaning ifoda vositalarini o‘rgatish, yuqori musiqa san’ati asarlariga nisbatan muhabbat o‘yg‘otish mumkin emas. Bu sifatlarni shakllantirishda musiqa tinglash jarayonining juda katta o‘rni bor.


Musiqa tinglash jarayonida, bolalar turli bastakor va kompozitorlar asarlaridan namunalar tinglaydilar. D. Shostakovichning ta’biri bilan aytganda, «Musiqani sevish uchun, avvalam bor uni tinglash kerak...» Vatan, do‘stlik haqidagi, mehnat va boshqa jismoniy hamda aqliy faoliyatlar mavzusidagi asarlarni tinglash, bolalarga ijobiy ta’sir qiladi. Bola tinglangan musiqa yoki san’at asari haqida birorta savol bermasa, unda biror hissiyot vujudga kelmasa, shaxsiy hissiyot va munosabat bilan bog‘lanmagan xabar tarzidagi aloqagina paydo bo‘lsa, demak vazifa bajarilmagan, maqsadga erishilmagan hisoblanadi.
V.I.Petrushin “Musiqiy psixologiya” asarida musiqaning psixologik xususiyatlari haqida to‘xtalar ekan, musiqa idrokiga ham to‘xtalib o‘tadi.
Uning fikricha, tinglovchi biror bir musiqiy asarni tinglaganda, uning muallifi va kuyning nomini avval eshitgan bo‘lsa darhol aniqlay oladi. Har bir musiqiy asar insonning hayoti davomida orttirgan taassurotlari, kechinmalarini o‘yg‘otadi. Lekin tinglovchi musiqiy asarni tinglaganda, o‘zining emas, balki kompozitorning kayfiyati, his-tuyg‘ularini musiqaning ifoda vositalari orqali anglashi kerak. V.Petrushinning fikriga ko‘ra, musiqiy idrokni shakllantirish bu musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirishga bog‘liq ekan. Lekin u yana shuni ta’kidlaydiki, kishining tarbiya ko‘rgan muhiti, bilimi, yoshi ham uni musiqiy idrokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatar ekan. Har bir kishining musiqiy didi uning turar joyi, yashash muhiti va uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq, deb hisoblaydi, V.Petrushin. Olim yana “... Musiqiy idrok tafakkurning boshlang‘ich bosqichi...” - deydi.
Demak, olimning fikrini tahlil qilar ekanmiz, shunday xulosa chiqarishimiz mumkin:
1. Musiqiy idrok eshitish sezgisi bilan bog‘liqdir;
2. Musiqani idrok etganda avval egallangan taassurotlar gavdalanar ekan;
3.Kishilarning musiqiy didi ular yashayotgan ijtimoiy muhit bilan
bevosita bog‘liq ekan;
4. Musiqiy idrok taffakur jarayonining ilk bosqichlaridan biridir.
N.A.Vetlugina o‘zining “Musiqani idrok etish” nazariyasida musiqaning nihoyatda ta’sirchanligi va uni inson ongi orqali idrok etish malakalarini shakllantirishning boshlang‘ich bosqichlari haqida bayon etadi. Avvalam bor, N.Vetlugina bolalarni musiqiy asarlarni idrok etishi muammosi bilan ko‘p shug‘ullangan olimadir. U musiqa tinglashning ahamiyati haqida gapirar ekan, ijro etishdan ko‘ra musiqa tinglash kishilar ruhiyatiga ko‘proq ta’sir qilishiga urg‘u beradi. Shuningdek, N.Vetlugina musiqa tinglash jarayonining ham o‘z metodikasi bo‘lishi haqida gapiradi. Bog’chada bolalarga har xil mazmundagi qo‘shiqlarni tinglatar ekanmiz, tinglash jarayonini tashkil etish va uni samarali usullarini ishlab chiqish joizdir. N.Vetluginaning ta’biriga ko‘ra, musiqa kishiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi: kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga ta’sir qilib, unda har xil hislarni o‘yg‘otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo‘shiqning matni, g‘oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham ta’sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi.
B.V. Asafev (1884-1949) musiqa tinglash yoki musiqani idrok etishni ikki xil ma’noda tushuntirgan:
1. Tinglovchi o‘z ijrosi bilan uyg‘unlashib undan zavqlanib, musiqa tinglash uning kundalik ishiga aylanib qoladi.
2. Tinglovchi o‘zini, butun vujudini musiqa ummoniga g‘arq etib, qalbi bilan uni his etib, haqiqiy musiqa bilimdoni sifatida tinglaydi.
Ko‘rib turganimizdek, B.V.Asafev musiqa tinglovchilarni ham farqlaydi. U musiqani asl bilimdoni boshqacha tinglaydi va shunchaki havaskor boshqacha tinglaydi, deb o‘qtiradi. Tabiiyki, musiqashunos musiqani idrok etar ekan, u musiqa ijodkori, shakli, harakteri, janri haqida bemalol fikr bildira oladi. Biroq, havaskor musiqa tinglaganda, faqatgina musiqaning harakteri, badiiy obrazi haqida qisman tushuncha bera oladi.
Asarni bilishning ikkinchi bosqichida bola asar haqidagi o‘z fikrini aytishi, uning g‘oyaviy-badiiy mazmuniga baho berishi, asarning harakterli xususiyatlarini tahlil qilishi kerak. Bunda tanqidchilik, san’atshunoslik va hokazolardagi muallif va uning asarlari haqida insoniyat to‘plagan bilimlar mujassamlashadi. Musiqa tinglash, yakkanavoz va jo‘rovozlikni ajrata bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish, o‘zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash kabi musiqiy-nazariy bilimlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bilimlarni o‘zlashtirish bolalarning musiqiy-estetik saviyasini oshiradi.
Bolalarning musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, uning tilini tushunish, har bir bolaning o‘z sevimli musiqiy asarlar doyrasini paydo qilish, ularda musiqiy asarlarning mualliflariga nisbatan minnatdorlik hissini o‘yg‘otish, milliy va mumtoz musiqaga nisbatan qiziqish o‘yg‘otish muhim vazifalardandir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda bolalarning yoshlariga mos bo‘lgan, o‘z tuzilishi, mazmuni jihatdan go‘zal, yuksak g‘oyalarni, o‘tmish va kelajakni aks ettiruvchi musiqa yangrashi kerak. Bolalar oilada, radio, televidenie orqali, shuningdek, teatr, konsert va boshqa jamoatchilik joylarida musiqa bilan doimo oshno bo‘ladilar, ya’ni bolalarning hafta davomida tinglaydigan musiqa qo‘lami haftadagi bir soatlik mashg‘ulotdan bir necha bor ko‘pdir. Ammo ular tinglaydigan musiqa asarlarining hammasi ham bolalar yoshiga mos emasligi va ular musiqani badiiy-g‘oyaviy jihatdan hamma vaqt ham maqsadga muvofiq idrok eta olmasligini hisobga olishimiz lozim. Shuning uchun ham musiqa mashg‘ulotlaridagi musiqa tinglash jarayonlari bolalarning hayotiy musiqiy faoliyatida boshqaruvchi va pedagogik maqsadga muvofiq yo‘naltiruvchi, badiiy-axloqiy tarbiya beruvchi vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, mashg‘ulotlar jarayonidagi har bir faoliyat hoh u qo‘shiq kuylash bo‘lsin, hoh musiqa savodi, hoh musiqa tinglash, bularning barchasi barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Musiqa mlaashg’ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda musiqa ta’limining ko‘pgina faoliyatilari qamrab olinadi. Bu faoliyat turlari ichida xor bo‘lib kuylash va musiqiy asar tinglash jarayonida bolalarning musiqiy didini shakllantirish yetakchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, mashg‘ulotning tarkibiy qismlari - qo‘shiq kuylash, musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish, musiqa ostida ritmik harakatlar qilish jarayonlarida ham bolalarning musiqiy didlari shakllantirib boriladi. Bolalarda musiqaga havas o‘yg‘otish uchun ularning eshitayotgan musiqa asarlarini sevish katta ahamiyatga egadir. Bu xislat faqat yuksak badiiy-estetik saviyadagi asar vositasida amalga oshiriladi.
Inson yaxshi qo‘shiqni mahoratli ijrochidan tinglaganda unda musiqiy asarga nisbatan taassurotlar, fikr-mulohazalar o‘ygonadi. Tinglovchilarning qo‘shiqni qanday idrok etishlari, undan qanchalik ta’sirlanishlari, musiqiy asarning tinglovchilar hissiyotiga va ongiga ta’siri musiqaning qanday yangrashi, sozanda yoki xonandaning asarni qay darajada ijro etishiga bog‘liqdir. Lekin buning o‘zi musiqa tinglash uchun etarli emas. Tinglovchilar musiqa ijodkorlari va mualliflari haqida, tinglanyotgan asarning yaratilgan davri, shakli, turi, o‘lchovi, ritmi va boshqalar haqida tushunchaga ega bo‘lsa, musiqiy asarni tinglashda asarning mazmun-mohiyatini to‘la-tukis tushunadi, shuningdek, asar unga ijobiy ta’sir qiladi, ichki hissiyot va kechinmalarni hosil qiladi.
Bolalarni milliy musiqamizni tinglashga tayyorlash uchun hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida qanday ishlar olib borilayapdi? Yuqorida aytilgan musiqa tinglash uchun kerak bo‘ladigan shartlarni bajarish musiqa rahbari oldiga katta vazifalarni qo‘yadi. Musiqa rahbari musiqiy asarni eshittirishdan oldin, bolalar bilan shu mavzuda qisqacha suhbat o‘tkazadi va suhbatda asarning mazmuni va harakteri, asar mualliflari haqida bolalarga so‘zlab beradi.
E.Gorskayaning fikriga ko‘ra, musiqa tinglashdan avval o‘tkazilgan suhbat bolalarni psixik jihatdan asarni idrok etishga tayyorlaydi. Asarning janri, yaratilish tarixi, ijodkorlari, asardagi g‘oya haqida o‘tkazilgan suhbat bolalarni shu asarni tinglashga zamin yaratadi. Kuyni tinglash jarayonida uni yaratilgan davr haqida, kompozitorning hayot va ijodi haqida, qo‘shiq yoki kuy bilan bog‘liq tarixiy voqealar haqida o‘tkazilgan suhbat musiqani idrok etishda o‘ta muhim jarayon hisoblanadi.
E.Gorskaya shu fikrlarni bayon etar ekan, bir qator har xil mavzudagi qo‘shiq va kuylarni keltiradi. Shuningdek, u har bir kuy va qo‘shiqni ijro etishdan - tinglashga berishdan avval beriladigan kirish suhbatlaridan namunalar keltiradi. Bolalarga har bir musiqiy asar zamirida ma’lum voqelik, his-tuyg‘u va fikrlar yotishi haqida ularning hayotiy tajribalariga tayangan holda tushuncha berib borish lozim.
Musiqiy tarbiyani amalga oshirishda bolalarni nafaqat musiqiy asarni ijro etishga, balki musiqani emotsional va ruhan idrok etishni o‘rgatish kerak. Asosan, bolalar musiqani qo‘shiq kuylash jarayonida eshitadilar. Qoidaga ko‘ra, musiqa rahbari qo‘shiq o‘rtgatishdan avval, bolalarga uni o‘zi ijro etib beradi. Bolalarning musiqani eshitish va idrok etishlari uchun bu juda kamlik qiladi. Buning uchun avvalo musiqa rahbari bolalarni o‘zlari kuylaydigan qo‘shiqlaridan murakkabrok kuy va qo‘shiqlarni tinglashga o‘rgatishi kerak. Shuning uchun ham musiqa rahbarining o‘zi yuqori darajada musiqani ijro eta olishi va qo‘shiq kuylay olishi talab etiladi. Afsuski, hozirgi paytda hamma musiqa rahbarlari ham bunday imkoniyatga ega emaslar.
Lekin metodik jihatdan mahoratli musiqa rahbari turli texnik vositalar, audio tasmalar, musiqiy markazlar va kompyuterlardan foydalangan holda bolalarni yuqori emotsional holatda musiqa eshitishlarini tashkil eta oladi, ya’ni zamonaviy musiqa rahbari barcha imkoniyatlardan foydalangan holda bolalarning musiqani asl mohiyatini tushunishlari, uni ma’nosini anglashlari uchun mavjud bo‘lgan texnik va ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalana olishi lozim. Lekin shuni inobatga olish kerakki, magnitofon yordamida eshitilgan asarga nisbatan musiqa rahbarining o‘zi ijro etgan musiqiy asar bolalarda ko‘proq taassurot qoldirar ekan. Agar musiqa rahbari musiqiy asarni avval o‘zi ijro etib, so‘ngra magnitofonda qo‘yib bersa natija yuqori darajada bo‘ladi, albatta.
Katta guruhlarda musiqa tinglash bo‘yicha qo‘yiladigan asosiy vazifalar ikkita asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1. Har xil mazmundagi va har xil mualliflar asarlari bilan tanishish, musiqiy zaxira to‘plash.
Musiqiy termin va tushunchalarni o‘zlashtirish, asosiy musiqaning ifodalovchi vositalari haqida, musiqiy asar elementlari haqida boshlang‘ich tushunchalarni egallash. Maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg’ulotlarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishda mashg‘ulotlarda tinglanadigan asar musiqiy tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmun jihatidan chorak mavzusidan kelib chiqishi lozim. Musiqa tinglash jarayonini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. Tinglanadigan asar haqida musiqa rahbarining kirish so‘zi (bunda, musiqa rahbari bolalarga musiqiy asar mualliflari haqida, asarning yaratilish tarixi haqida so‘zlab beradi).
2. Musiqa rahbari yoki magnitofon ijrosida asarni tinglash.
3. Tinglangan asarni suhbat-bahs yo‘li bilan musiqiy va badiiy-g‘oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish.
4. Musiqiy asarni bir butunligicha qaytadan tinglash hamda asar haqida bolalarning umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish.
Yuqorida keltirilgan bosqichlarga amal qilgan holda, mavzu jihatidan bolalar hayotiga oid bo‘lgan, turli harakterdagi musiqa asarlarini tinglab va bu asarlarni yaratgan kompozitorlarning hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lsalar - ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘lamiz. Shu tariqa bolalar mashg‘ulotlarning musiqa tinglash qismida quyidagi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar:
- musiqiy asarni diqqat bilan jimlikni saqlagan holda tinglash.
- musiqiy asarni tinglaganda asar mazmuni va harakterini anglash;
-musiqaning ifoda vositalari, janrlar (qo‘shiq, raqs, marsh), tembrlar haqida oddiy tushunchaga ega bo‘lish;
- erkaklar, ayollar, bolalar va aralash xor ovozlari, yakkanavozlarni eshita olish hamda bir-biridan farqlay olish;
- milliy cholg‘u cholg‘ularini, orkestr turlarini, musiqa janrlarini bir-biridan farqlash va hokazo.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘zi tinglagan asarlari haqidagi taassurotlarini rasm chizish orqali aks etishlari yaxshi natijalar beradi. Musiqa rahbari bolalarning tasviriy faoliyati natijalariga asoslanib ularning fikrlashi, idrok etishi, tafakkuri, ongi qay darajada shakllanganligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Musiqa tinglashning yana bir muhim shartlaridan biri, musiqiy asarni tinglash jarayonida guruhda tinchlik bo‘lmog‘i lozim. Musiqani diqqat bilan, jimlik sharoitida tinglashga o‘rganish yoshlikdan boshlanadi va bola ulg‘aygandan so‘ng yuksak madaniyatli shaxs bo‘lib etishadi.
Har qanday sohada ko‘nikma va malakalarni oshirish uchun takrorlash o‘ta muhim shart hisoblanadi. Musiqa tinglashda ham eshitilgan musiqiy asarni qayta-qayta tinglab turish, ushbu asarni yaxshirok tushunish va o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Eng asosiy talablardan biri shundaki, bola tinglangan asar haqida o‘z taassurotlarini aytib bera olishi kerak. Har bir bolaning o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishi eshitilgan asar haqidagi taassurotlar qo‘lamini kengaytiradi. Masalan, musiqa tinglashda - «Bu qo‘shiqni bilasizmi? Birinchi marta qaerda eshitgansiz? Qo‘shiq sizga yoqdimi? Qo‘shiqning ma’nosini tushuntirib bera olasizmi?» - kabi savollar orqali bolalarni yanada diqqat bilan tinglashga, ularni o‘zlari e’tibor bermagan ayrim jihatlarni idrok etish va anglashga, mustaqil fikr yuritishga odatlantirib boradi.
Musiqa mashg‘ulotlarlarida musiqa tinglashni ahamiyatini baholash murakkabdir. Bolalarga musiqa tinglash madaniyatini o‘rgatish, ularni dunyo musiqa san’ati durdonalari bilan tanishtirish, musiqaning o‘ta boy ifoda vositalarini o‘rgatish, yuqori badiiy saviyadagi musiqa san’ati asarlariga nisbatan muhabbat o‘yg‘otishda musiqa tinglash jarayonining o‘rni juda katta.
Musiqiy ta’lim tizimida, xususan, musiqa tinglash ta’lim mazmunining asosini tashkil qiladi. Bolalar asar tinglash jarayonida yakkanavoz va jo‘rnavozlikni ajrata bilishlari, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilishlari, sozlar va cholg‘ular tembrini ajrata olishlari, o‘zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglay olishni o‘rganishlari zarur.
Musiqa tinglash mashg‘ulotlarda barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshadi. Demak, musiqa tinglash orqali bolalarda musiqani, uning obrazlari vositasida hayotni, borlikni estetik idrok etish, anglash va bilish qobiliyati rivojlanib boradi. Yuqorida sanab o‘tilgan shartlar bajarilsa, bolalarni musiqiy asarlarni badiiy-g‘oyaviy jihatdan mantiqan to‘g‘ri idrok etishga, musiqiy did va tafakkurlarini rivojlantirishga, musiqiy asarni qadrlashga, uni to‘g‘ri baholashga qulay sharoit yaratiladi.

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish