Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети


III. MEHNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI



Download 476 Kb.
bet7/46
Sana28.06.2022
Hajmi476 Kb.
#713147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
5-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

III. MEHNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI


22. Xodim va Ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar (shu jumaladan tarmoq kelishuvi va mazkur Shartnoma) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bunda mehnat shartnomasi taraflarining birontasi boshqa tarafning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
23. Ish beruvchi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, unga o‘zgartirishlar kiritishda qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi”da muqarra ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
24. Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Mutaxassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar to‘la-to‘kis ish bilan ta’minlanadilar.
25. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish faqatgina Kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan rozligini olib amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
26. Mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning ushbu masaladagi yozma taqdimnomasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 19 martdagi 2-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmasi organlarida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqish tartibi” asosida ko‘rib chiqiladi.
27. Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.
28. Ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini 53 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.
29. Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.
30. Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Muassasada mavjud bo‘lsa, Ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak. Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati xodim va Ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnatga haq to‘lash bajarilayotgan ishga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Quyidagilar xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin:
- betob oila a’zosini parvarishlash zaruriyati;
- ishning ta’lim bilan qo‘shib olib borilishi;
- oilasidagi moliyaviy qiyinchiliklar;
- oilasida nogironligi bor shaxslarni parvarishlash zaruriyati;
- avvalgi ish joyida xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillar vujudga kelishi;
32. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish holati yuzaga kelishi munosabati bilan Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
33. Ishlab chiqarish, tashkiliy-texnik tusdagi yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra xodimning aybisiz ishning vaqtincha to‘xtatilishi bekor turib qolish deb hisoblanadi.
34. Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb quyidagi holatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:
-asosiy xodimning ishda vaqtinchalik hozir bo‘lmagan davrida (o‘quv sessiyasiga, mehnat ta’tiliga va haq to‘lanmaydigan ta’tilga ketishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi sababli va h.k.);
-tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelganda.
35. Vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishlar muddati ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqargan omillarni bartaraf etish vaqti yoki bekor turib qolinishining butun davri bilan belgilanadi. Barcha hollarni jamlab hisoblaganda Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmasligi lozim.
36. Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi.
37. Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
38. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish