Tuman bo’linmasi kengashi raisi:_____________U.Mustayev
I. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o‘rinlarda «Shartnoma») Qarshi tumandagi 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda “Muassasa”)da ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o‘rtasida 2020-2022 yillarga tuzilgan Bosh Kelishuv, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvi va boshqa huquqiy va meyoriy hujjatlarga asoslanib ish beruvchi va xodimlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish masalalaridagi hamkorligi to‘g‘risida tuzilgan.
Mazkur Shartnomaning taraflari deb quyidagilar hisoblanadi:
- ish beruvchi – Raxmonova Sivara Raxmatullayevna Qarshi tumandagi 5-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori timsolida
- xodimlar – Burxonova Gulchexra Jumanazarovna Qarshi tumandagi 5-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi timsolida.
3. Shartnoma 2022 yil 12 martdan kuchga kiradi va 2025 yil 12 martgacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha, to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.
4. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va muassasaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga hamda o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.
5. Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
-xodimning oila a’zolariga;
-yoshga doir pensiyaga ketishi munosabati bilan mehnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaxslarga;
-kasaba uyushma qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga;
-mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar yetkazilishi oqibatida jabrlangan sobiq xodimlarga;
-mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan xodim karamog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga;
-fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
-kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi budjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida).
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2020 yil 28 martda 3228-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 25 martdagi 9-2020/B-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtida xodimlar ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar asosida masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazilishi mumkin.
7. Bunday hollarda:
-masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Bunday xodimga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi;
-xodim moslashuvchan ish grafigiga o‘tkazilganda uning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib qolinadi. Moslashuvchan ish grafigiga o‘tkazilgan xodimga mehnat haqi ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda to‘lanadi;
-uyda ishlashga o‘tkazilgan xodimning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |