Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

Ishning maqsadi. Mashg‘ulot va musobaqada qo‘llaniladigan jihozlarni sport natijalarining haqqoniy 
bo‘lishidagi o‘rnini aniqlash va tahlil qilish. 
Tadqiqot vazifalari. 1. Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish va o‘rganish. 
2. ―IMAS‖ sport tizimi haqida tushuncha berish. 3. Mashg‘ulot va musobaqada qo‘llaniladigan jihozlarni sport 
natijalarining haqqoniy bo‘lishidagi o‘rnini tajribada aniqlash va tahlil qilish. 
Tadqiqot ob‘yekti. Eshkak eshish sport musobaqalarida zamonaviy start tizimi va  natijalarini qayd etish. 
Tadqiqot predmeti – bu zamonaviy jihozlarning musobaqa sharoitida natijalarni xaqqoniy bo‘lishidagi 
o‘rnini ochib berish xisoblanadi. 
Ilmiy yangiligi. Tadqiqot materiallari mashg‘ulot va musobaqada qo‘laniladigan zamonaviy jihozlarning sport 
natijalarining haqoniy bo‘lishidagi o‘rnini o‘rganib chiqishga va uni yanada takomillashuviga imkon beradi. 
Amaliy ahamiyati. Zamoniy jihozlarning sport natijalarini haqoniy bo‘lishdagi o‘rni mavzusi bo‘yicha 
to‘plangan materiallar, nazariy bilimlar va tahlillar eshkak eshishning mashg‘ulot jarayonlarida, musobaqa faoliyatida 
keng qo‘llanilishi uchun tavsiya etiladi.
Tadqiqot uslublari.  1.Ilmiy uslubiy adabiyotlarni taxlil qilish va o‘rganib chiqish.2. Pedagogik kuzatuv.3. 
So‘rovnoma.4. Pedagogik tajriba. 5. Analiz va sintez 
Tadqiqot natijalari va muxokamasi 
Xalqaro eshkak eshish va kanoe fideratsiyalari musobaqa taqvimiga kiritilgan barcha musobaqalar, ya‘ni 
jahon chempionatlari, jahon kubogi baxslati, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlariva olimpiada o‘yinlaridagi eshkak 
eshish musobaqalari FISA va ICF musobaqa qoidalari talablariga javob beruvchi eshkak eshish kanallarida o‘tkaziladi. 
Bunday eshish kanallari avtomatik boshqaruvga ega start tizimi, masofa bo‘laklarini nazorat qiluvchi video moslamalar 
va natijalarni yuqori aniqlikda qayd qiluvchi finish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Eshish kanallarini 
jihozlash bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini ―IMAS‖ egallab kelmoqda. ―IMAS‖ haqida tushuncha beradigan 
bo‘lsak, bu eshkak eshish kanalining barcha bo‘laklarini avtomatik jihozlash bo‘limidir.
Barchaga ma‘lumki musobaqada ko‘rsatilgan natijalar sportchilarning qay darajada mashg‘ulotlar olib 
borganliklariga, shu bilan birga mashg‘ulot jarayonini tashkil etish masalalariga bog‘liq. Trenirovka mashg‘ulotlari olib 
borilayotgan sharoit musobaqa sharoitiga maksimal yaqinlashtirilishi lozim. Bu o‘rinda mashg‘ulotlar jarayonida 
innavasion texnalogiyalardan foydalanish, eshish kanallarini avtomatik start tizimlari bilan jihozlash muhim ahamiyat 
kasb etiladi. Hozirgi kunda sportdagi natijalar shunchalik yuqori bo‘lib ketganki, g‘olib qozonishda har qanday 
soniyalar qadrlidir. Sportchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish jarayonida shu narsa ma‘lum bo‘ldiki, yakuniy 
natijaning ijobiy bo‘lishida sportchining startdan chiqishi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ideal startni amalga 
oshirishda eshish kanali yuqorida aytib o‘tilgan zamonaviy start tizimi (IMAS) bilan jihozlangan b‘lishi lozim. 
Shundagina startdagi barcha sportchilar bir hil sharoitda baxs yuritadilar. Afsuski bizning sharoitda terma jamoamiz 
trenirovka mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘quv yeg‘in bazalari avtomatik start tizimlari bilan jihozlanmagan.
Respublika bo‘yicha faqatgina Samarqanddagi eshkak eshish kanali ―IMAS‖ start tizimi bilan jihozlangan. 
Bunday holat albatta murabbiylarning sportchilarni tayyorlash jarayoniga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Muhim 
musobaqalarga uy sharoitida tayyorgarlik ko‘rishda sportchilar nazorat musobaqalarini o‘tkazadilar. Olingan natijalarga 
ko‘ra murabbiy u yoki bu sportchini musobaqaga tanlab oladi. Biroq murabbiy natijalarni qayd etishda o‘zi anglaganva 
anglamagan holda bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun eni 100 metr bo‘lgan va start yo‘lakchalari bir 
biridan ajratilmagan eshish kanalida 9-10ta qayiqni bir chiziqqa to‘g‘ri saflash oson ish emas. Sportchi finish chizig‘ini 
bosib o‘tayotganda murabbiydan 90 metr narida kelayotga qayiq vaqtini aniq qayd qilish bir qancha murakkab. Mana 
shu xatoliklar tufayli natijalardagi qimmatli bir necha soniyalar nazardan chetda qoladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek 
ana shu bir necha soniyalar musobaqa sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Musobaqada qo‘llaniladigan zamonaviy jihozlarning sport natijalarining xaqqoniy bo‘lishidagi o‘rnini 
tajribada isbotlab berish maqsadida sport ustasi darajasiga ega 9 nafar sportchini ikki xil sharoitda testdan o‘tkazdik. 
200m va 1000m lik masofalarda sportchilar zamonaviy start tizimi IMAS bilan jihozlangan Samarqand eshkak eshish 
kanalida va start tizimi bilan jihozlanmagan ―Toshkent dengizi‖ dagi eshish kanalida musobaqa ko‘rinishida baxs olib 
bordilar. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirib o‘tilgan. Ikki xil sharoitda olingan natijalarni o‘zaro taqqoslash natijasida 
ular orasidagi farqlar aniqlandi. 200m masofada o‘rtacha farq 0.01,56s, 1000m masofada o‘rtacha farq 0.03,13s tashkil 


211 
etdiIMAS tizimi bilan jihozlangan eshish kanalida ko‘rsatilgan natijalarni xaqqoniy deb aytsak, olingan farqlar startda, 
masofa davomida va finishda qo‘yilgan mayda xatoliklar evaziga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Inson nazari bilan
ilg‘ay olish murakkab bo‘lgan vaziyatlarda qo‘yilgan bu xatolar ohir oqibatda musobaqa sharoitida salbiy natijalarga 
olib kelishi mumkin.
Yuqorida keltirib o‘tilgan faktlar va tahlillar bizlarga zamonaviy jihozlarning sport natijalarini xaqqoniy 
bo‘lishidagi o‘rnini aniq ochib beradi. 
1-jadval 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish