196
kasallarni boqishga ketgan harajat butun gripp kasalligiga qarshi kurashga sarf qilingan mablag‘larga teng. Sog‘lom
aqliy va jismoniy jihatidan baquvvat har tomonlama kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish doim hukimatimiz diqqat
markazida bo‘lgan. Daun sindromi (tug‘ma telbalik)- og‘ir ruhiy va endokrin somatik o‘zgarishlar bilan kechuvchi
xromosoma kasalligidir. Bu kasallikni angliyalik vrach L. Daun tomonidan 1866-yilda aniqlagan va shu vrach nomi
bilan yuritiladi. Daun sindromi odatda 21-juft autosom xromosomaning sonining ortishi natijasida kelib chiqadi. Meyoz
natijasida gametalarda 23 ta xromosoma (21 ta autosoma + 1ta geterosoma) ya‘ni gaploid to‘plam taqsimlanadi. Ammo
miyoz jarayonda (1-yoki 2-miyotik bo‘linish) buzilsa gomologik xromosomalar xar gal gametalarga ajralmay
qoladi.Natijada xromosomalar soni kam yoki ortiq bo‘lgan gametalar xosil buladi.Gametalardan bittasida 24
xromosoma, ikkinchisida esa 23 ta xromosoma aniqlanadi.Otalanish vaqtida buday gametalar xromosomalar sonining
anomaliyasi bo‘lgan zigotalarni xosil qiladi.
Ko‘pgina trisomiyali zigotalar rivojlanadi, monosomiyali zigotalar esa yashashga layoqatsiz bo‘lib rivojlana
olmaydi.
Bu kasallik autosomalar sonining o‘zgarishi bilan yuzaga chiqqanligi uchun erkakalarda ham, ayollarda ham
kuzatiladi. Qizlarda oylik sikllarning bo‘lishi kam kuzatiladi. Odatda, Daun kasalligiga duchor bo‘lganlarda farzand
bo‘lmaydi. Ammo farzandli bo‘lganlari ham ma‘lum, lekin bolalarning yarmi Daun kasalligi bilan tug‘iladi. Daun
kasalligi bor bolalarda immunitet past bo‘lganligi uchun ular har xil yuqumli kasalliklar va yomon sifatli o‘sma
kasalliklariga ko‘p chalinib, ,bardosh bera olmasdan yoshligidayoq o‘lib ketadilar. Tibbiy yordamning yaxshi yo‘lga
qo‘yilishi ularning yashash muddatini uzaytirganligiga (30-33 yoshgacha) qaramasdan, immunetit sustligi ularning
o‘limining asosiy sababi hisoblanadi.
―Daun sindromi‖ ushbu kasallik tilga olinishi bilanoq insonning ko‗z oldiga har jihatdan ham aqlan, ham jisman
nosog‘lom odam ko‗z oldiga keladi. Ularning kelajagi yo‗q deb qaraladi. Aqliy jihatdan nosog‘lom, jismoniy jihatdan
bir qator kamchiliklarga ega insonlardan nima ham kutsa bo‗ladi?! ―Hamisha kimningdir nazorati ostida turishi kerak
odam, o‗z hayotini boshqarish qobilyatiga ega odamning hayoti qorong‘uliklar ichida kechadida‖ – deya o‗ylanadi.
Ularning kelajaklaridan ko‗p hollarda umidsizlikka tushiladi. Bu kasallikning davosi bo‗lmasa , umid qayerda dersiz?!
Ammo, bu holatda depressiyaga tushish, Daunlar 25 yoshdan uzoq yashamaydi degan taxminlar juda noto‗g‘ri. Chunki,
shunday daun sindromli odamlar bo‗lganki, ular kasb egallay olganlar, ular hayotlarini o‗zlari boshqara olganlar. Ularni
o‗qitish mumkin. Daun sindromli bolalarni o‗qitish mumkin. Ularni qabul qilishi va aqlan rivojlanishini maxsus
metodika orqali rivojlantiriladi, odatda bular yaxshi natijalarga erishiladi. Daun sindromli bolalar mehribon, e‘tiborli,
gapga quloq soluvchan, o‗qitish paytida esa chidamli bo‗lishadi. Aqlan rivojlanish koeffitsienti (10) ba‘zi bolalarda esa
(25 dan 75 gacha) bo‗lish hollari kuzatilgan.
Quyida esa tanib oling: daun sindromi bilan tug‘ilganiga qaramasdan irodasi qo‗la olgan, hayotini izga qo‗ya olgan
insonlardan ayrimlarini keltirib o‗tamiz:
Pablo Pineda Yevropadagi birinchi Daun sindromli o‗qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Oltin Niqob‘ nomli kinotaqdim sohibasi Melinda Grow Daun sindromli aktrisadir. Gollivud Aktyori, daun
sindromli Kris Byork ham bir qancha filmlarda rol o‗ynagan. Ha daun sindromlar ham yulduz bo‗la oladilar. Daun
sindromli kattalar yashash davri hozirga kelib uzaydi- hozirda ular yoshining normal davomiyligi 50 yoshdir. Bu
sindromli ko‗pchilik odamlar turmush quradilar.
21-mart Xalqaro Daun Sindromiga chalinganlar kunidir. Bu sana yilning uchinchi oyi va 21-kuni olinganligiga sabab bu
21-xromasoma trisomiyasi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: