190
shug‗ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va
tarbiyalashga olib keladi. O‗qitish amaliyotida harakat faoliyati ta‘limi, harakatga o‗rgatish, harakat malakasi, harakat
ko‗nikmasi, nazariy bilimni tarbiyalash, rivojlantirish bekatamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd
qilinganidek jismoniy ma‘lumot berishni amalga oshiradi. Harakat faoliyatini o‗qitishda harakat malakasi shakllanadi,
ko‗nikma vujudga keladi, bir vaqtning o‗zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari rivojlanadi. Pedagogik jarayonda
e‘tiborni aniq bir narsaga, ta‘limga va malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi
lozim. Harakat faoliyatini o‗qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari hal qilinmay,
sog‗lomlatirishga oid vazifalar ham hal qilinadi. Harakat faoliyatini o‗qitishda bilim berish vazifalari o‗z
xususiyatlariga ega. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlarini egallanishini to‗g‗ri tashkillagan pedagogik jarayon albatta
jismoniy rivojlanganlik ko‗rsatkichlarining oshishiga olib keladi. Jismoniy mashqlarning samaradorligi asosan gigienik
omillardan to‗g‗ri foydalanish bilan bog‗liq ish rejimiga rioya qilishni tarbiyalash, ovqatlanish, uyqu, tana va badanni
parvarishlash, kiyim bosh va boshqalarga e‘tiborni talab qiladi.
Ta‘limning har bir etapi o‗zining xususiy va ayrim etakchi tushunchalari bilan ta‘riflanadi. Faqat vazifalar
ketma ket bo‗lsagina o‗qituvchi ta‘lim usuliyatini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yishi, shu qatorda ta‘lim prinsiplarini, tayyorlov va
yullanma beruvchi mashqlardan foydalanishi, usullar va usuliyatlarni maqsadga muvofiq qo‗llay olishi mumkin. Ta‘lim
jarayonining tuzilishi xususiy vazifalar, prinsiplar, vositalar va usuliyatlarning o‗qitish etaplaridagi o‗zaro nisbati
to‗rg‗un aloqalari orqali vujudga keladi. Ta‘lim jarayonining barcha elementlari harakat faoliyatini o‗rgatishning
yakuniy vazifasi bilan bog‗liq. Agarda yakuniy vazifa harakat malakasi yoki oliy tartibdagi harakat malakasini
shakllantirish deb qo‗yilsa, unda ta‘limning tuzilishi harakat faoliyatini tanishtirish, uzlashtirish, mustahkamlash degan
shartli ravishdagi uchta etaplarga ajratiladi. Ta‘limning uch etapga ajratilishi pedagoglar amaliyotida ko‗proq qo‗llanib,
harakat faoliyatini nisbatan takomillashgan darajada egallashga imkon yaratadi. Etaplar esa pedagogik jarayonining
shartli belgilari bo‗lib jarayondagi pedagogik va biologik qonuniyatlarini aks ettiradi va unga tayanadi. Ta‘limning har
bir etapining uzunligi, davomiyligi harakat malakasi fazalarini shakllanishidek qator omillarga: shug‗ullanuvchining
jismoniy tayyorgarligi, harakat faoliyatining qiyinligi va boshqalarga bog‗lik. Ta‘lim jarayoni faqat etaplar
elementlarining tipik aloqasi bo‗lib ta‘limning umumiy qonuniyatlarini ifodalaydi va aniq vazifalarga qarab
almashinishi, o‗zgartilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: