ALLERGIYA SABABLARI, OQIBATLARI VA ALLERGIYASIZ HAYOT SARI
BOQIYEVA G.H., O‘zDJTI
Bahorning tashrifi ko‘ngillarni quvontiradi, gullarning ifori, kurtaklarning ochilishi, guldan gulga quvnab
yurgan kapalaklar odamning bahri dilini ochadi. Ammo, shunday go‘zalliklardan bahra olishga ―allergiya‖ nomli
―dushman‖ halaqit beradi. Hozirgi kunda dunyoning 37 foiz aholisi allergiyadan azob chekadi. Bu allergiyaning bir
qancha turlari va kelib chiqish sabablari mavjud bo‘lib, bugun shu haqida batafsil to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Allergiya immun sistemaning pastligi ya‘ni immunodefitsit sababli kelib chiqadi. IMMUNITET bu organizmning har
xil infeksiyalarga qarshilik ko'rsata olish qobiliyatidir. Immunitet immun tizimining turli xil mikroblar bilan to'qnashuvi
natijasida vujudga keladi. Immun tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligi organizmni kuchsizlanishiga va turli
xastaliklarga tez chalinishiga olib keladi.
Allergiya organizmga turli yo‗llar bilan, og‗iz, nafas yo‗llari, teri orqali va nasliy moyillik bilan kirib keladi.
Allergiyaning kelib chiqishiga asosan allergenlar sabab bo‘ladi. Allergenlar allergiya keltirib chiqaruvchi genlar
hisoblanib ular ikki xil bo‘ladi: ekzoallergenlar hamda endoallergenlar.
187
Ekzo allergenlarga turli xil bo‗yoqlar hidi, o‗simliklarning gul changlari, hayvon mo‗ynalari kiradi; Bunda
organizmda tashqi ta‘sirlar tufayli allergic reaksiya kelib chiqadi. Allergik reaksiya bu tashqi yot moddaga
organizmning javob reaksiyasidir.
Endo allergenlarga oziq-ovqat mahsulotlari (qovurilgan go‗sht, tuxum oqsili, baliq, shokolad, sitrus mevalari), dorilar
(antibiotiklar, zardoblar, sulfanilamidlar va b.sh.) kiradi. Endo allergenlar sababli kelib chiqadigan alllergiyada
organism qabul qilgan mahsulotlar sabab bo‘ladi.
Organizmga allergenning ta‘siridan so‘ng klinik belgilarning rivojlanishiga ko‘ra allergik reaksiyalar shartli
ravishda uch turga bo‘linadi:
-
Allergik tezkor reaksiyalar .
-
Allergik kechikkan reaksiyalar.
-
Allergik sekinlashgan reaksiyalar.
Allergik tezkor reaksiyalar tipi – klinik jihatdan organizm allergen bilan kontakt qilgach o‘sha zahotiyoq yoki bir necha
daqiqadan keyin namoyon bo‘ladi. Masalan, gul hidi dimoqqa urilishi bilan aksirish, yoki chang tufayli ko‘zlarni
qizarib yo‘talish kabi asoratlar bilan tezda yuzaga chiquvchi allergic reaksiyalarni ushbu tipga kiritsak bo‘ladi.
Allergik kechikkan reaksiyalar tipi - ―hal etuvchi‖ antigen bilan kontaktdan so‘ng bir necha soatdan keyin aniqlanadi.
Ushbu tipga biz diatezni misol qilishimiz mumkin. Shirinlik iste‘mol qilinganda organizmga daf‘atan tez javob reaksiya
kuzatilmaydi, chunki bu vaqtda allergen antigen bilan aloqa qilayotgan bo‘ladi organizmda. Ma‘lumki bir ikki soatdan
keyin, toshmalar toshib allergiyani nomoyon qiladi.
Allergik sekinlashgan reaksiyalar – sensibillangan organizmga allergenni hal etuvchi ta‘siridan bir necha soatlar yoki
kunlar o‘tgach aniqlanadi. Bu jarayonda allergiya qo‘zga‘tuvchini aniqlash qiyin kechadi. Ko‘p hollarda allergic
sekinlashgan reaksiyalani kelib chiqishiga endoalergenlar sabab bo‘ladi. Shu sabab, allergic kechikkan reaksiyalarni
aniqlash biroz mushkul.
Allergiya yuqumli kasallik degan tushuncha hozir juda ommalashgan. Ammo shuni doim yodda tutish kerakki, allergiya
yuqumli emas. Allergiya asosan hayot davomida orttirib olinadi. Bunda yuqorida ta‘kidlaganimizdek immunitetning
passiv holati sabab bo‘ladi.
Allergiya nasldan naslga beriladigan xastalik hisoblanadi. Ammo, shunday holatlar bo‘ladiki, ona ham ota ham
sog‘lom, allergiya umuman kuzatilmagan. Ajdodlarda ham allergiya bo‘lmagan, lekin bola tug‘ma allergiya bilan
tug‘iladi. Buning sababi, allergiya homilaning prenatal davrida kelib chiqqan hisoblanadi. Buning sababi sifatida
onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi, onada mavjud nafas kasalliklarining farzandda nomoyon bo‘lishi sabab bo‘ladi. Ya‘ni
bu jarayonda endoallergenlar sababli farzand allergiya bilan dunyoga keladi.
Allergiya belgilari turlicha nomoyon bo‘ladi, ayrimlarda tezri qichishi, qizarishi, turli toshmalarning toshishi bilan
nomoyon bo‘ladi, ayrim
kasallarda nafas bo‗g‗ilishi,tomoq qirilishi, burun qichishishi va bitishi, aksirish, yo‗tal,
ayniqsa, nafas olishi va chiqarishi og‗irlashadi, shamollashga o‘xshab ketadi. So‗ngra nafas qisa boshlaydi, ayniqsa
nafas chiqarish qiyinlashadi. Quruq yo‗tal xuruji tutadi yoki u biroz oq ko‗piksimon balg‗amli bo‗lib, o‗pkada
yallig‗lanish belgilari eshitiladi.
Yuqoridagi sababardan ham ko‘rishimiz mumkinki, allergiya to‘laqonli hayot tarziga putur yetkazadi. Hayot
go‘zalliklaridan bahra olishga halal beradi. Bundan tashqari, aytganimizdek nasldan naslga o‘tishi mumkin.
Allergiyadan xalos bo‘lish uchun allergologlar turlicha tavsiyalarni berishadi. Biz sizga hayotda qo‘llanilgan, o‘z
effektiga ega bo‘lgan allergiyadan xalos bo‘lish choralari haqida maslahat beramiz. Buning uchun eng avvalo
immunitetni oshirish talab qilinadi. Ayniqsa bolalarda immunitet yetishmovchiligi nafaqat allergiya balki boshqa
kasalliklarga ham olib keladi. Immunitetni oshirish uchun vitaminga boy mahsulotlar jumladan
Sut, Qatiq, Olma, Sabzi,
Piyoz
va
sarimsoq
piyozi
Sedana yog'i (kuniga 1 choy qoshiq), Limon , Namatak damlamasi, Turshak, olma qoqisi va ularning damlamalarini
istemol qilishni tavsiya qilamiz. Eslatib o‘tamiz ushbu immnitet oshirish usuli faqat allergiya bilan og‘rigan bemorlar
uchun.
Agar
allergiyasiz
umumiy
immunitet
oshirish
istagidagilar
uchun
qo‘shimcha
mahsulotlar(tuxum,lavlagi,baliq,jigar, turli go‘sht mahsulotlari) tavsiya qilinadi.
Allergiyadan xalos bo‘lish uchun immunitetni oshirgandan so‘ng bir muddat parhez qilish talab qilinadi. Ushbu parhez
asosan allergic reaksiyalarni kamaytirish uchun qilinadi. Parhez uchun
sitrus mevalar, yong‗oqlar yeryong‗oq, bodom,
xandon pista, yangi va tuzlangan, ikra, konservalar, parranda go‗shti o‗rdak, tovuq, g‗oz mahsulotlari, shokolad va
uning turlari, qahva va dudlangan mahsulotlar, o‘ksus, qalampir, mayonez, xren, tomat, baqlajon, qo‗ziqorin va tuxum,
qaynatilmagan sut, qulupnay, qovun, shaftoli, malina, tut, zamburg‗ mahsulotlari, dukkakli mahsulotlar, alkogol va
alkogolli, rangli ichimliklar qat‘iyat taqiqlanadi, ot go‗shti va uning mahsulotlari, qizil rangli mahsulotlar, qizil lavlagi,
qizil olcha va hokazolar taomnomadan olib tashlanadi. Ayrim bemorlarda doridan allergiya ham kuzatilib bu holatda
dorilarni shifokor ruxsatisiz qabul qilish taqiqlanadi.
Nafas yo‘llari bilan bog‘liq allergiyalar juda xavfli bo‘lib, allergik xastalik bilan og‗rigan bemor o‗z vaqtida
davolanmasa, bronxial astmaga aylanib ketishi kuzatiladi. Burun bitgach, odam to‗liq nafas ololmaydi, kislorod
yetishmasligi natijasida boshda ham og‗riq boshlanadi.
Agar sizda allergiya yangi boshlangan bo‘lsa, yuqorida taqiqlangan mahsulotlarni ikki oy umuman iste‘mol
qilmaysiz. Ertalab uyg‘ongandan 100 ml suv ichasiz va mumkinb o‘lgan mahsulotlar bilan 15 minutdan keyin nonushta
qilasiz, tushlik ham xuddi shu tarzda olib borilishi kerak. Kechqurun uxlashdan oldin ham suv yoki qatiq ichish tavsiya
qilinadi. Nafas yo‘llari bilan bog‘liq bir qancha mashqlar olib borilishi tavsiya qilinadi. Ertalab yugurish. Yugurganda
hansirab qoladigan darajada emas.
Sport to‗g‗ri ovqatlanish bilan birga olib borilmasa, foydasi sezilmaydi.
Kuniga 4-5
188
marotaba toza suv bilan burunni va tomoq yo‘llarini chayish kerak. Ertalab va kechqurun chuqur nafas olib chiqarish
mashqlarini qilish tavsiya qilinadi.
―
Do'stlaringiz bilan baham: |