Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


BOSHLANG'ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISHNING



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

BOSHLANG'ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISHNING 
AHAMIYATI 
 
MAXAMATKARIMOVA L., SADIKOVA A.V., Nizomiy nomidagi TDPU. 
Mustaqilligimiz barchamizni hur fikrli, dunyoqarashi keng va teran yoshlar bo‗lib kamol topishimiz uchun 
zamin yaratdi. Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar ko‘lami shu qadar kengki, ularning yoshlar kamolotida tutgan o‘rni 
beqiyos. Yurtimizda ‖Ta‘lim to‗g‗risida―gi Qonun va ‖Kadrlar tayyorlash milliy dasturi―ning qabul qilinishi yosh 


26 
avlodga ta‘lim va tarbiya berishning asosiy yo‗nalishlarini belgilab berdi. ‖Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ta‘limni 
tubdan isloh qilishning asosiy yo‗nalishlari ko‗rsatib berildi. Unda ,,Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy 
shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi‖ 
– deb ko‗rsatilgan.Shuningdek,dasturda ―Ta‘lim berishning ilg‗or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‗quv –
uslubiy majmualarni yaratish va o‗quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‘minlash‖umumiy o‗rta ta‘limning asosiy 
vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratilar ekan, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi yosh 
avlodning bugun qanday ta‘lim-tarbiya olishiga bog‗liq. Shu o‘rinda Birinchi prezidentimiz I.A Karimovning fikrlarini 
ta‘kidlab o‘tishimiz lozim: Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamalakatimizning jahonjamiyatidagi obro‘-
e‘tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. 
Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak‖. Buning uchun har qaysi ota-ona , ustoz va murabbiy 
har bir bola timsolida , avvalo, shaxsni ko‗rishi shart. Shuning uchun ham farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‗lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta‘lim-tarbiya sohasining maqsad va 
vazifasi bo‗lishi lozim. Bu esa ta‘lim-tarbiyaning uyg‗un olib borilishini talab etadi.Ta‘limni tarbiyadan,tarbiyani 
ta‘limdan ajratib bo‗lmaydi. Bu sharqona qarash,sharqona hayot falsafasi. 
Bugungi kundа tа‘lim jаrаyonigа yangi ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining kirib kеlishi jаdаllаshmоqdа vа bu tа‘lim 
jаrаyonini yanаdа sifаtli tаshkil etishgа tа‘sir ko‗rsаtаyotgаni ko‗zgа tаshlаnmоqdа.
Bоlаning оngi vа tаfаkkuri endi shаkllаnib kеlаyotgаn bоshlаng‗ich sinflаrdа o‗qituvchining mаhоrаti, uning 
zаmоnаviy tехnоlоgiyalаrni tа‘lim jаrаyonigа mоhirоnа tаdbiq etа оlishi, tа‘limning yangi-yangi yo‗l vа usullаrini 
izlаshi, ilg‗оr pеdаgоgik tаjribаlаrdаn ijоbiy fоydаlаnа оlishi judа muhimdir.
Shuning uchun hаm zаmоnаviy axborot tехnоlоgiyalаrni tа‘lim jаrаyonigа jоriy etish, tа‘lim sаmаrаdоrligini 
оshirish uchun tinimsiz izlаnish bugungi kunning ehtiyojigа аylаndi.
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‗quv 
jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri 
an‘anaviy ta‘limda o‗quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‗rgatilgan bo‗lsa, boshlang‗ich ta‘limda zamonaviy 
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‗zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‗rganib, tahlil qilishlariga,xatto 
xulosalarni 
ham 
o‗zlari 
keltirib 
chiqarishlariga 
o‗rgatadi. 
O‗qituvchi 
bu 
jarayonda 
shaxsning 
rivojlanishi,shakllanishi,bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Barcha umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich ta‘lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy 
pedagogik, inovatsion va axborot texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‗or ish tajribalarini 
ommalashtirishni taqozo etadi.
Ta‘lim jarayoniga hozirda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va shu bilan birgalikda 
o‗qituvchilarning ko‗nikma va malakalarini oshirish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―O‗zbekistonRespublikasining jamoat ta‘lim axborot tarmog‗ini tashkil etish to‗g‗risida‘‘gi 2005-yil 28-sentabrdagi 
PQ-191-sonli Qarori, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‖Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish 
va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‘‘gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, 
‖Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‘‘gi 
2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli Qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi 
sifatida e‘tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. 
Boshlang‘ich sinf matematika fanlarida egallangan bilim, ta‘limning keyingi bosqichlarida Davlat ta‘lim 
standartlari (DTS) talablari bo‗yicha o‗zlashtirishlari ko‗zda tutilgan o‗quv-biluv ko‗nikma-malakalari hamda bilimlarni 
egallashlariga yo‗l ochiladi. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta‘limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik 
usullari mavjud bo‗lib, ular zamonaviy o‗qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. 
Hozirgi vaqtda ta‘lim sferasida quyidagi asosiy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda va 
o‗rganilmoqda: 
-matnli axborot bilan ishlash texnologiyalari (matn muharrirlarida va matn protsessorlarida); grafik axborot 
bilan ishlash texnologiyalari (grafik muharrirlarda); sonli hisoblar texnologiyalari (elektron jadvallarda); ma‘lumotlarni 
saqlash, saralash va izlash texnologiyalari (mashg‗ulotlar bazalarida, axborot tizimlarida); tarmoq axborot 
texnologiyalari; -multimedia texnologiyalari. 
Kompyuterlarning qo‗llanilishidan kutiladigan pedagogik samara hozirgi zamon mikroprotsessorli hisoblash 
texnikasi vositalari beradigan keng imkoniyatlar va ta‘lim jarayonida ulardan foydalanishning psixologik xususiyatlari 
bilan chambarchas bog‗liqdir.
Eng yuqori o‗zlashtirish darajasiga o‗qituvchi so‗zi va ta‘lim jarayonida o‗quvchilarga taqdim etiladigan tasvir 
bevosita qo‗shilganda erishilishi mumkin. Kompyuterning ATni amalga oshirishda asosiy vosita sifatidagi salohiyati 
o‗quvchilarning ko‗rish va eshitish analizatorlaridan to‗laroq foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa eng avvalo, 
bilimlarni o‗zlashtirish jarayonining boshlang‗ich bosqichi – sezish va idroklashga ta‘sir etadi. Sezgi organlari 
tomonidan qabul qilingan signallar ko‗pincha logik ishlovga duchor bo‗ladi va abstrakt tafakkur sferasiga tushadi. 
Natijada sezgi organlari muhokama va xulosa chiqarishga kirishadi. Buning oqibatida bilish jarayonining navbatdagi 
bosqichi –anglashning muvaffaqiyatli kechishiga asos yaratiladi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish