Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


OVQATLANISH OMILLARI YORDAMIDA SPORTCHILARNING ISH QOBILIYATINI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

OVQATLANISH OMILLARI YORDAMIDA SPORTCHILARNING ISH QOBILIYATINI 
OSHIRISH VA TIKLANISH JARAYONLARINI TEZLASHTIRISH 
 
XASANOVA N.R., XASANOVA N.R., O‗zDJTI 
 
Sportchining ovqatlanishi faqat hayot faoliyati uchun normal sharoit yaratibgina qolmasdan, balki sport ish 
qobiliyatini oshirish, tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, katta hajm va yuqori intensivlikdagi jismoniy yuklamalarga 
organizmni moslashtirish kabi o‘ziga xos funksiyalarni bajarishi lozim. 
Agar muskul oqsillarini sintezini tezlashtirish va muskullarning massasini oshirish, shuningdek muskul kuchini 
ko‘paytirish uchun ozuqa mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqsak, u holda muskul oqsillarining 
boisentezi va almashinuvini kuchaytirish uchun aminakislotalar tarkibi bo‘yicha yaxshi balanstirilgan oqsilli ovqat B.A. 
Rogozkin va hammualliflari (1989) taklif qilgan tavsiyani bajarish kerak bo‘ladi: 
- sportchi organizmining energiyaga bo‘lgan ehtiyoji energiya sarfini hisobga olgan holda, oqsil tabiatli 
bo‘lmagan manbalar (uglevodlar, yog‘lar) bilan to‘la qondirilishi kerak;
- ozuqa o‘zining tarkibida oshirilgan miqdordagi (15-30% ga) to‘la qiymatli, tez hazm bo‘ladigan, asosan 
hayvonlarning (go‘sht, baliq, sut, tuxum) va turli manbalarning oqsillarini tutishi kerak; 
- oqsillarga boy ovqatlarni iste‘mol qilish soni kuniga 5 martadan kam bo‘lmasligi kerak; 
- ozuqaning oqsil komponentlarini hazm bo‘lishi uchun optimal sharoit yaratish kerak. Masalan, mashqlanishni 
tugashi bilan go‘shtni sabzavotli garnir bilan, maxsus oqsilli preparatlarni mashqlanishlar oralig‘idagi tanaffuslar 
vaqtida maydalangan holda iste‘mol qilish kerak; 
- oqsillarning biosentezini kuchaytiradigan va muskul massasini oshiradigan vitaminlarni (B
1
, B
2
, B
6
, C, PP) 


410 
iste‘mol qilishni ko‘pay-tirish lozim. 
Oqsillarga boy to‘laqiymatli ozuqalardan tashqari jismoniy ish qobiliyatini oshirish, tiklash jarayonini 
tezlashtirish uchun alohida aminokislotalardan (glyutamin kislotasi, metonin, triptofan va h.k.) foydalanish mumkin. 
Masalan, glyutamin kislotasi bosh miyaning hujayralarida oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, organizmni 
gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, yurakning faolligini yaxshilaydi, katta jismoniy va psixik yuklamalar paytida 
tiklanishni tezlashtiradi. Aminokislota – metionin jigarning funksiyasini regulyatsiya qiladi. Neytral moylarning 
parchalanishini kuchaytiradi. Katta jismoniy yuklamalar vaqtida tiklanish jarayonlarining borishini tezlashtiradi. Ko‘p 
to‘yinmagan mos kislotalari – linol, linolen va araxidon kislotalari neytral yog‘larning parchalanish mahsulotlarini 
oksidlanishini kuchaytirish bilan organizmning aerob ish qobiliyatini oshiradi. 
Sport ish qobiliyatini oshirishga va tiklanish jarayonlarini tezlashishga yordam qiladigan ozuqa omillari o‘rtasida 
vitaminlar alohida o‘rinni egallaydi. Jumladan, pangam kislotasi – vitamin B
15
ishlatilayotgan kislorodning miqdorini 
ko‘paytiradi, organizmni gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, muskullar, jigar va miokardda glikogennining sintezini, 
muskullar va miokardda kreatinfosfatning sintezini ham kuchaytiradi. Vitamin B
15 
katta jisomniy yuklamalar davrida 
miokardni haddan tashqari zo‘riqish bilan ishlagan hollarida, jigarda og‘riq bo‘lganda, o‘rta va baland tog‘ sharoitlarida 
katta yuklamalar davrida tiklanishni tezlashtirish uchun qo‘llaniladi. 
Vitamin E antigipoksik ta‘sirga ega, oksidlanish jarayonlarini boshqaradi, anaerob harakterli ish vaqtida va o‘rta 
balandlik tog‘ sharoitlarida jismoniy ish qobiliyatni oshiradi. U anaerob va tezkorlik- kuchlilikka yo‘naltirilgan katta 
jismoniy yuklamalar vaqtida, o‘rta balandlikdagi tog‘ sharoitida ish vaqtida qo‘llaniladi. 
Vitamin C – askarbin kislotasi oksidlanish jarayonlarning samarali sitmulyatori hisoblanadi, chidamkorlikni 
oshiradi, jismoniy ish qobiliyatni tiklanishini tezlashtiradi. U barcha polivitamin kompleks-larini va mashqlanish va 
musobaqa vaqtida chidamlilik uchun, tog‘ sharoitida tiklanishni tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan ozuqa aralashmalari 
tarkibiga kiradi. 
Komplivit – polivitamin kompleksi o‘zining tarkibida B
1
, B
2
, B
6
, C va PP vitaminlarini etarli darajada ko‘p 
miqdorda tutganligi uchun muskul massasini tez orttirish, ya‘ni muskul kuchini ko‘paytirish uchun qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, shu narsani ta‘kidlab o‘tish kerakki, vitaminlarni haddan tashqari ortiqcha miqdorda iste‘mol 
qilish, birinchi navbatda ―Aeroviy‖, ―Dekameviy‖, ―Komplivit‖, ―Undevid‖ va hokazolarni iste‘mol qilish organizm 
uchun juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Aerob ish qobiliyati va chidamkorligini oshirish maqsadida sportchilarning organizmini uglevodlar bilan 
to‘yintirish uslublari qabul qilingan. Amerikalik vrachlar Bergetrom va Xaltin asosan chidam-korlikni namoyon 
qiladigan sport turlarida ixtisoslashayotgan sportchilar organizmini uglevodlar bilan to‘yintirishning quyidagi uslubini 
tavsiya qiladi: startga 10-12 kun qolganda ovqat bilan uglevodlarni iste‘mol qilishni kamaytira boshlanadi va jismoniy 
yuklamalarning hajmi va og‘irligini oshirib borgan holda 5-kunga uglevodlarning iste‘molini eng kam minimumga 
tushiriladi. Keyin jismoniy yuklamani sekin-asta pasaytira borib, uglevodlarning eng yaxshisi fruktozani iste‘molini 
ohista oshirib start kuniga to maksimum darajasiga yetkaziladi.
Sport ish qobiliyatini oshirishga erishishning yana muhim yo‘llaridan biri aerob bioenergetik jarayonlarning 
oraliq mahsulotlari – izolimon, α-ketoglutarat, yantar, olma hamda asparagin va glyutamin kislotalarini ozuqa 
mahsulotlari yoki biologik qiymati oshirilgan mahsulotlar tarkibida startlar oldidan, masofada, chiqishlar o‘rtasidagi 
tanafuslarda, musobaqa davrida (sport o‘yinlari turlarida) va hokazolarda iste‘mol qilishdir. Ana shu kislotalarning 
ijobiy ta‘sir qilishining asosiy mohiyati shundan iboratki, ularning birinchi to‘rttasi (izolimon, α-ektoglutarat, yantar, 
olma) uch karbon kislotalar tsiklining metobolitlari hisoblanadi, ohirgi ikkitasi – asparagin va glutamin kislotalari esa 
dezaminirlanib ana shu tsiklning oraliq mahsulotlari – oksalaotsetat va α-keyoglutarat kislotalariga aylanadi. 
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yuqorida keltirilgan preparatlarni shifokor va murabbiy bilan maslahatlashgan 
xolda o‗z vaqtida qabul qilish va to‗g‗ri, sog‗lom ovqatlanish, shuninigdek dam olishni to‗g‗ri tashkil qilish natijasida 
muskulning energetik zahiralarining tiklanishi bir muncha osonlashadi.

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish