37
amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog`liq. Unga bo`lajak pedagogni samarali muloqoti,qarama-qarshi
fikrlashga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning
natijasida bo`lajak pedagog o`z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo`ladi.
Pedagog faoliyatida o`z-o`zini
faollashtirish,o`z ijodkorligi, o`z-o`zini bilishi va yaratuvchiligi,moyillari
muhim
ahamiyat kasb etadi,bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi.Yangilik
kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug`dirishdan iborat.
Muloqotning yangi vaziyati – bo`lajak
pedagogning mustaqil mavqeini,pedagogik fan, o`ziga bo`lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir.
Keyingi sharti – pedagogning madaniyat
va muloqotga tayyorligi. Bo`lajak o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi muloqot namunasining o`zgarishi innavatsion
faoliyat shartidan biridir. Innavatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
- kasbiy faoliyatning ongli
tahlili
-me`yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv
-kasbiy yangiliklarni qabul qilishga tayyorgarlik
-o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, o`z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida
mujassamlashtirish.
Pedagogning innavatsion faoliyati – o`z ichida yangilikni tahlil qilish va unga baho berish,kelgusidagi
harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga
oshirish va tahlil qilish,samaradorlikka
baho berishni qamrab oladi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishning
negizida ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish yotadi. Yoshlarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishda pedagog tomonidan olib borilayotgan mashg`ulotlarning ahamiyati beqiyosdir. Dars pedagog va talaba
munosabatlarining tashkiliy shakli bo`lib, unga axborotning intellektuallik darajasi talabalarning ijodiy fikrlashga
undovchi omil hisoblanadi.
Yoshlarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni
quyidagi tamoyillarini
alohida e`tirof etish mumkin:
-maqsadga erishishning turli yo`llarini iz`lashga intilishini o`rgatish
-maqsadni amalga oshirish uchun mashq qildirishga o`rgatish
-muammoni aniqlashga o`rgatish
-fikrni maqsadga muvofiq yo`llay olishga o`rgatish
-faraz, fantaziya qila olishga o`rgatish
-ishonarli xulosa chiqarishga o`rgatish
-yangi g`oyalarga moyillikni shakllantirish
Bugungi kundagi globallashuv masalasi hayot sur`atlarining beqiyos darajada tezlashuvini ta`minlamoqda.
XXI asr-intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o`z vaqtida anglay olmasa,u
taraqqiyotdan
chetda qolib ketishi muqarrardir. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz takidlaganidek, intellektual
salohiyatga ega
bo`lgan ‖Barkamol avlodni tarbiyalash - O`zbekiston taraqqiyotining poydevoriga aylanishi shart‖.
Do'stlaringiz bilan baham: