250
самоконтроль за качеством формируемых умений, что значительно интенсифицирует учебный процесс, делает
его более управляемым и продуктивным.
BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA SPORT TAYYORGARLIGINING ASOSIY
MAQSADI VA VAZIFALARI
USMONHO‘JAYEV T.S., O`zDJTI
Ko‘p yillik sport tayyorgarlik jarayonining dastlabki bosqichi maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidan
boshlanadi. Shu yosh davrida bolalar organizmi jadal rivojlanib, harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, o‘ta turlicha va
aniqlikka ega bo‘lib, ravon va har tomonlama o‘sadi. Bolalar o‘z harakatlarini meyoriy bir me`yorda o‘zlashtirishga va
ishlatishga o‘rganadilar. Harakatlarni belgilangan ritmda bajarishga ko‘nikadilar nojo`ya
harakatlarni qilmaslikka
urinadilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining bosh vazifalari asosiy harakatlarning shakllantirish va
rivojlantirish (yurish, yugurish, sakrash, buyumlarni uloqtirish, ilib olish, tirnashib chiqish va h.k.):
umumiy
rivojlantiruvchi va ayrim saflanish mashqlarini shakllantirish rolikli konkida, velosiped, samokatlarda uchish, suzish,
shuningdek o‘yin elementlarni o‘rgatishdan iborat. Shular qatorida jismoniy sifatlar (tezlik, chaqqonlik, abjirlik, kuch
va boshq.) rivojlanadi. Eng muhimi, ahamiyatlisi to‘g‘ri qaddi-qomati shakllantiriladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (I-IV sinflar) quyidagi vazifalarni hal etadilar:
1. Jismoniy tarbiya va sport sohasida tegishli bilimlarni o‘zlashtirish, sport turlari unsurlarini uzatish, tashlash,
uloqtirish, arqonga tirnashib chiqish, gimnastika mashqlari (musiqa sadosida) harakatli o‘yinlarni o‘zlashtirish.
2. Hayotiy zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, maktabgacha ta‘lim
davrida
o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda ularni takomillashtirish, gimnastika mashqlari maktabi
asosini hamda boshqa sport turlarga mos mashqlarni o‘zlashtirish.
3. O‘sib kelayotgan organizmni har tamonlama uyg‘unlashtirib shakllantirish, salomatlikini mustahkamlash,
jismoniy sifatlarni rivojlantirish borasida koordinatsion qobiliyatiga e‘tibor ajratish va umumiy chidamlikini oshirish
Dastlabki tayyorlgarlik davrida bolalarni turli harakatlarga o‘rgatish eng yuqori darajaga chiqishi aniqlangan.
Ko‘pgina tadqiqotlarda ko‘rsatilganidek, bolalarning harakatlarni o‘zlashtirish xotirasi yoshiga binoan o‘zgarishi
nafaqat son nuqtai nazardan, balki sifat ko‘rsatgichlari bilan ham o‘zgarib borishi aniqlangan.
Harakatlarni eslab qolish qobiliyati bolalarda 7 dan 12 yoshgacha tez rivojlanishi sodir bo‘lar ekan, 13 yoshdan
shu qobiliyatning pasayishi kuzatilgan. Harakatlari bolalarga oddiy, bevosita ko‘rsatilsa va tushuntirilsa, o‘zlashtirishi
oson kechar ekan. Yangi harakatlarni bolalar bir necha marta qaytarishda o‘rganib oladilar. Bu yoshdagi bolalarda sport
turlari harakatlariga qiziqish katta, ularni o‘rganishi, yaxshi tayyorlanish va yutuqlarga erishishga doimio intilishladi.
Jismoniy mashqlarga o‘rgatish ularning ruhiy va jismoniy rivojlanishiga
katta yordam berib, tarbiyaviy
ahamiyati kengdir. O‘rgatishning amalga oshirlishi umumiy metodik asosida bo‘ladi. Metodlardan foydalanishda
ko‘rgazma uslublar (mashqlarni ko‘rsatish, ko‘rgazmali qurollar, qo‘llanmalar, taqlid o‘qituvchining yordami), so‘z
uslubi (tushuntirish, ko‘rsatma berish, buyurishlar, suhbat, so‘rov va boshqalar) mashqlar, o‘yinlar va musobaqalashuv
metodlaridan unumli qo`llaniladi.
Yangi harakatlar vazifalarini tushuntirishda bolalarning nimalarni bilishi va qanday qilib mashqlarni bajarish
kerakligini bilishi maqsadga
muvofiq tomoni shundaki, bolalar o‘zlari mashq unsurlarini ko‘rsata bilsin yoki aytib
tushuntirsin.
Harakat vazifasi aniq qo‘yilishi shart. Iloji bo‘lsa, ko‘rsatma bilan ushlab olish, yetib olish, turnikka cho‘zilib
tirmashib chiqish va h.k. Qanday bo‘lmasin, mashqni to‘liq o‘rgatish metodidan foydalanish kerak.
O‘quvchilarning yoshi qancha kichik bo‘lsa, mashqlarni bajarishi ularning tajribasi shunchalik kam, binobarin,
harakat ko‘nikmalari juda ojiz, bo`ladi. shunday ekan, o‘rgatishda ko‘proq ko‘rgazmali uslubdan foydalanish zarur.
Kichik yoshi dagi maktab o‘quvchilarda kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli bo‘lib, shuningdek predmetli, jonli-tasavvur
qilish fikrlash qobiliyatlari juda rivojlangan bo‘ladi. Ularning fikr yuritishi, f‘eli taqlid qilishga moyil bo‘ladi. O‘smir
bolalarning fikrlash qobiliyati juda tanqidiy
va noaniq tarzda kechadi, sezgirlik, zehn, idrok, balki tasavvur kuchli
bo`ladi.
Sport texnikasi unsurlarini kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘rgatishda eng katta rol o‘ynaydigan masala bu
taqlid shakilda ko‘rgazmali chiqish, chunki o‘quvchilarning ko‘rish sezgirligi juda keng imkoniyatlardan iborat. Yangi
harakatni o‘quvchilar tezroq eslab qolish uchun hozirgi paytda kinolavhalar, disklardan keng foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: