Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TENNIS KOPTOKNI ULOQTIRISHNI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TENNIS KOPTOKNI ULOQTIRISHNI
O‘RGATISH MUAMMOSI 
 
ARALOV S.A., Nizomiy nomidagi TDPU. 
 
Ilmiy tadqiqotlar ma‘lumotlariga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uloqtirish tipidagi muvofiqlashtiruvchi 
harakat faoliyatlarini tez egallaydilar. 
Katta yoshdagi bolalar jismoniy tayyorgarligining o‘sishi va harakat texnikasining egallanishi boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarining o‘quv tarbiyaviy ishlari va jismoniy tarbiyadagi harakatlarining asosiy turlari bo‘yicha o‘rgatish 
qanday yo‘lga qo‘yilganligiga hamda o‘quvchilar tomonidan qisqa darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ma‘lumki yugurish, sakrash va uloqtirish o‘quvchilar hayotida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, umumiy 
o‘rta ta‘lim maktablarida ta‘limning butun davri davomida eng katta keng tarqalgan mashqlardan biridir. Uloqtirish 
mashqlarida harakat muvofiqligini takomillashtirish va mashg‘ulotlarning dastlabki paytidan boshlab yugurishning aniq 
texnikasi asoslariga o‘rgatilishini rejalashtirish umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilarining to‘la qonli jismoniy 
rivojlanishlari va ularning harakat malakalarini oshirishga ko‘mak beradigan muhim omillaridan biridir. 
Anatomiya va fiziologiya fanlari bo‘yicha ilmiy izlanishlardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini harakat faoliyatining tabiiy turlarida ko‘nikma va malakalarini shakllantirish asosiy jismoniy sifatlarning 
muvoffaqiyatli rivojlanishini ta‘minlaydi. Shuningdek bu yoshdagi o‘quvchilarning kelgusida sport turlari bilan 
shug‘ullanishlari uchun shart- sharoitlar yaratadi. Bolalik davrida harakat ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakllantirish va 
mustahkamlash kelgusida o‘quvchilarning nafaqat sportdagi o‘sishini ta‘minlaydi balki ularning sog‘lig‘i va jismoniy 
tayyorgarligiga maqbul ta‘sir ko‘rsatadi. 
O‘quvchilar organizmining yuqori sur‘atda funksional rivojlanishi va hozirgi paytdagi aksellatsiyamurakkab 
harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq jismoniy tarbiyaning oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni hal etish uchun o‘quvchilarda ko‘proq takomillashtirilgan usul va vositalarni o‘zlashtirish talab etiladi. 
Umumiy biologik qonuniyatlar bilan bir qatorda insonning ontogenezida rivojlanishidagi uning faoliyatiga 
ijtimoiy muhim va tarbiyaviy uslubiy sharoitlari muhim ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham insonning harakat 
funksiyalari uning mehnat yoki sport faoliyatlari sharoiti bilan uzviy tarzda tekshirilishi kerak va bu nihoyatda 
ahamiyatlidir. 
Qator mualliflarning fikricha (48,65) o‘quvchilarda tezkorlikning rivojlanishiga shu jumladan uloqtiruvchi 
mashqlarga ham jiddiy e‘tibor berish kerak. 
Tezkor - kuchlilik sifatlarini tarbiyalash haqida gapirilganda (23, 42, 57, 68, 81, 83.) ―sakrovchanlik‖ atamasini 
qo‘llash lozimligi ko‘rsatiladi. Ayni shu sakrovchanlik tezkor – kuchlilik sifatining asosiy negizini tashkil etishi 
ta‘kidlanadi. 
Insonning harakatlanish qobiliyat gentieroxron Harakatining rivojlanishi belgilaydi.Shuningdek ontogenez 
yoshga qarab davrlarga bo‘lishning o‘ziga xos hususiyati ko‘rsatilgan. Shu bilan birga turli xil yoshdagi o‘quvchilarda 
ayniqsa, o‘spirinlik chog‘ida jismoniy rivojlanish va harakatning chetga og‘ishi haqida anchagina muammolar bor(35. 
38. 43. 47. 67. 71). 
7-9 yosh – tezlik, chaqqonlik va sakrovchanlik hamda sifat ko‘rsatkichlarining tez o‘sish davri; 9 yoshdan 11-
12 yoshgacha (qiz bolalar) 8-9 yoshdan 12-13 yoshgacha (o‘g‘il bolalar) jismoniy mashqlarni bajarishda natijalarni 
yaxshilashni talab etadigan jismoniy sifat majmualarining namoyon bo‘lish davri;11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha (qiz 
bolalar) va 12-13 yoshdan 15-16 yoshgacha (o‘g‘il bolalar) – jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining eng notekis 
o‘sish davri;14-15 yoshdan 17-18 yoshgacha (qiz bolalar) va 15-16 yoshdan 17-18 yoshgacha (o‘smirlar) jismoniy 
tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining nisbatan barqarorlik davri bo‘lib hisoblanadi. 
Maktab pedagogikasi sohasi bo‘yicha ko‘pgina omillar (23. 36. 41. 49. 55. 57) maktab yoshdagi 
o‘quvchilarning tegishli sinflarda o‘qitilishi uchun ularni yoshga qarab taqsimlashni taklif etadilar. 


178 
Kichik maktab yoshi (7-10 yosh) I-IV sinflar, kichik o‘smirlik yoshi (10-12 yosh) IV-VI sinflar, o‘smirlik 
yoshi (13-15 yosh) VII-VIII sinflar, yigit va qizlar (16-17 yosh) – IX sinflar. 
Mualliflar (42. 60. 61) pedagogik jarayonning samaradorligi yo‘naltirilgan ta‘sir ko‘rsatuvchi harakatlarning 
eng yuqori sur‘atda rivojlanishini harakterlovchi davrga to‘g‘ri kelsa, jiddiy o‘sishni ko‘rsatadilar. 
Turli maktab yoshdagi bolalarda harakat sifatlari rivojlanishning to‘la tavsifi sensetiv davrlarni hisobga 
olmagan holda A. Gujoloviskiy izlanishlarida aks ettirilgan(43). Jismoniy rivojlanishning fiziologik nuqtasi nazaridan 
tadqiq qilishda Norvegiyalik pedagog E. Bryunemanning hammuallifda bajargan ishi amaliy qiziqish uyg‘otti.U 
bolaning asab mushaklari rivojlanishi haqida ma‘lumotlar keltirdi. 
Bolaning asab mushaklari tayyorligi deganda, mualliflar harakat uyg‘unligi va texnikasini nazarda tutadilar. 
Ularning ta‘kidlashicha, tayyorgarlikka erishish hayotning birinchi besh yoshida voyaga yetgan odamning umumiy asab 
mushak tayyorgarligining qariyib o‘ttiz foizini, 12 yoshda esa 90 % ini tashkil etadi. 
Shuning uchun I-IV sinflardagi o‘quvchilar har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni iloji boricha ko‘p sonli 
standart harakatlarni yodlab olish bilan egallashlari kerak.Bu davrda qancha ko‘p miqdorda harakatlar o‘rganilsa, 
kelgusida maxsus harakat texnika asoslariga o‘rgatish oson kechadi. 
Mualliflar quyidagilarga e‘tibor qaratdilar. 
- Tug‘ilgandan besh yoshgacha. 
- 7-10 yosh yugurish va uloqtirish texnika asoslarini o‘rgatish uchun eng maqbul bo‘lib hisoblanadi (27), 
chunki aynan 10 yoshga kelib harakat aktlarining tuzulishi batamom tinib yetiladi va harakatning bu turlarida harakat 
uyg‘unligining eng yuqori bosqichi yakunlanadi (66). 
8-10 yoshdagi bolalarni turli xil sport mashqlarining umumiy texnikasi asoslariga o‘rgatish maqsadga 
muvofiqligi qator izlanishlarda isbotlangan (37. 47. 51. 57) 
Keyingi vaqtlarda qator tadqiqotlarda har hil sport turlari bilan shug‘ullanadigan maktab yoshdagi bolalarda 
sakrovchanlikning rivojlanish daqiqasi aniqlangan (31.39.41.61). Sakrovchanlik joyida turib ikki oyoqda depsinib 
balandlikka sakrash ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi (V.M. Abalanov). 
Biroq sakrashning boshqa ko‘pgina turlarida (sakrash, uloqtirish va boshqalar) ish bir oyoqda bajariladi. 
O‘xshash bo‘lmagan ishlar boshqa oyoqda bajariladi yoki sakrovchanlikni oshirishda o‘ng yoki chap oyoq bilan 
depsinishni o‘rgatishni juda muhimligi ayon. 
Bu masala bo‘yicha adabiyotlarda faqat tarqoq ma‘lumotlar bor xolos. Chunonchi, (33.46.61) gimnastika bilan 
shug‘ullanadigan ikkita erkakda sinov ishlari olib borildi va aniqlandiki uni oyoq bilan depsinib sakrash natijasi chap 
oyoq bilan depsinishdan ko‘ra yuqoriroq ekan. 
Yuqoridagi mashqlarni hisobga olgan holda xulosa qilish mumkinki I-IV sinf o‘quvchilarda uloqtirish texnika asoslarini 
muvoffaqiyatli uloqtirish uchun hamma shart-sharoit yetarlidir. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish