Maktabgacha pedagogika



Download 3,99 Mb.
bet23/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Pedagogik ma'ruzalar ota-onalarning e'tiborini tarbiyaning zamo-naviy muammolariga qaratishni maqsad qilib qo'yadi. Mazkur shakl ota-onalarni tarbiya nazariyasi asoslariga doir tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi.

Pedagogik majburiy o'qish ilk yosh gurahdanoq ota-onalar bi­lan boshlash lozim, chunki ayni shu paytda maktabgacha ta'lim muas-sasasiga, pedagogik ma'rifatparvarlikka munosabat paydo bo'ladi. Agar birinchi mashg'ulotni maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri o'tib bersa, juda yaxshi bo'ladi. Pedagogik majburiy o'qishda parallel guruhlar bir-lashtirilishi ham mumkin.

Ko'pgina ta'lim muassasalarida ota-onalar uchun pedagogik ma'ruza­lar va majburiy o'qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya naza-riyasini egallashlari bo'yicha murakkab ish shakllaridan biri hisoblangan pedagogik ta'lim universitetlari ishlaydi. Mashg'ulotjpr ham ma'ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar auditoriyasi bunday ish shakliga tayyor emas. Tez-tez ta'lim muassasalarida bunday "universitet" tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o'zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o'zgartirishlar kiritiladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiya muammolari bo'yicha ota-onalarning an'anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllantiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o'rganish amalga oshiriladi. Shundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo'lishi mumkin.

Ochiq eshiklar kuni yoki maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar kuni juda katta tayyorgarlikni talab etib, odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi bosqichga o'tishlariga mo'ljallanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayyorlanadi.



Bayramni о 'tkazishning namunaviy tuzilishi:

• majlislar zalida o'ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun maktabgacha ta'lim muassasasi faol tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida tarbiyalanuvchilar belgilanadi;

• guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qan-day yashayotganliklari, qanday ta'lim olayotganliklari, nimani o'rgan-ganliklari, o'zlarining ko'nikma va malakalarini namoyish etishadi; katta va tayyorlov guruhi tarbiya! anuvchilari suvenirlar tayyorlashadi va ota-onalarga topshirishadi);

• ko'rgazmalargatashrif buyurish: "Eng yaxshi rasmlar", "Eng yaxshi qoida bajarilgan ishlar", "Kichik musavvirlar va konstruktorlar" va boshqalar;

• ota-onalar qo'mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari;

• tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko'rishi;

• ota-onalar uchun film namoyish etish.

Albatta bunday ochiq eshiklar kunini o'tkazish variantlari ko'p. Eng asosiy si - maktabgacha ta'lim muassasasida olib borilayotgan ishlarni namoyish etish, ota-onalarning e'tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish.



Ota-onalar majlisi - an'anaviy, hammaga yaxshi ma'lum ish shakli. Shu bilan birga bugun majlis o'tkazish uslubikasi uni takomillashtirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil etishga yondashuvlardan biri - majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: "Qiyinchiliklardan qochish yoki ularni chetlab o'tish boallarni tarbiyalashga yordam beradimi?", "Rahmdil, g'amxo'r qilib tarbiyalashni kechiktirish mumkinmi?",

"Bolalardagi dangasalikni qanday yo'qotish kerak?", "Bolalarni o'zini-o'zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?" Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o'tkazish uchun qiziqarli ham bo'lishi kerak.

Maktabgacha ta'lim muassasasining oila bilan olib boradigan ishlarining individual shakllariga. esa quyidagilar kiradi:

• oilaga tashrif buyurish;

pedagogik topshiriq;

• pedagogik maslahat.

Individual ish shakllari ota-onalar bilan ishlashda muhim o'rin tutadi. Individual ish shakllaridan biri - bola oilasiga tashrif buyurishdir. Bu shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma'lum, biroq ikki holatda tashrif buyurish to'xtatilishi zarur.

Oilaga tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo'rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg'ul bo'lib turgan ota-onalarda norozilik uyg'otishi mumkin. Ba'zan shunday ham bo'ladiki, tarbiyachi uyga borganda kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, "taklif bo'yicha tashrif buyurish" tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiyalanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo'lgan radikal munosabatlarini o'zgartiradi.

Bola oilasi bilan aloqalarni o'rnatish shakllaridan biri dastlabkipeda­gogik topshiriqm bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiyachining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turlarini ajra-tib ko'rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz (yakka, guruhiy, jamoa-viy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtayi nazarni talab etuvchi topshiriq: bola-larning qiziqishlari bilan bog'liq to'garaklarga rahbarlik qilish va bosh-qalar. Tarbiyachiga tashkiliy yordam ko'rsatishni talab etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga yordamlashish (transport, yo'llanma bilan ta'minlash); taniqli kishilar bilan uchrashuvlarni tashkil etishga ko'maklashish; guruh xonasini jihozlashga yordamlashish. Xo'jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta'lim muassasasining moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, o'quv jihozlari va qurollarini tayyorlasmla ishtirok etish; ta'mirlash ishlariga yordam berish.


Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish