Maktabgacha pedagogika



Download 50,85 Kb.
bet13/14
Sana31.12.2021
Hajmi50,85 Kb.
#230636
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ismailova Marhabo

Tarbiyachi: “otlar kishandan ozod etilib otxonaga qo`yib yuborilsin” otboqarlar otlarni egar jabduglaridan bo`shatib otxonaga qo`yib yuboradilar. Keyingi gal otboqarlar bilan toychoqlarning o`rni almashishi mumkin.

Bu o`yin mazmunida malum darajada kurashuvchanlik ruhiyati mavjud va shart –sharoitlar yaratilgan. Otni birinchi bo`lib egarlash va qatorini topish. Bu kurashuvchanlik biroq shaxsiy ma`no kasb etmaydi, yani har bir o`yin ishtirokchisi uchun g`alaba qilish xarakteri aniqlanmagan. Demak aytish mumkinki, misol tariqasida keltirilgan o`yin uchun didaktik jarayonni qurish va o`tkazish xisobga olinmagan xolatlar aniq sezilib qolyapti. O`yinli didaktik jarayonnin qurish qonuniyatlari to`g`risida quyidagilarni qo`shimcha qilish mumkin.



  • Dastlab o`yinning didaktik maqasdlari aniq ko`rsatiladi yani bu dars o`yinda o`rganiladi. Ot qanday hayon ? toychoq nimaning bolasi ? ot bo`lib kishnay olasizmi? Otlat nimalar bilan ovqatlanishadi?

O`quvchilar ixtiyoriy tarzda ikki guruhga ajraladi.< otlar va otboqarlar. Ularning samarali ishlash shartlari faoliyat guruhning hoxish –istaklario`zaro zid bo`lmagan hollarda samarali kechadi. Har birining o`z qiziqishlari bor bo`lgan ikk i guruhning mavjudligi yangi faoliyat usullarini o`zlashtirish jarayoni uchun yetarli motivatsiya yaratadi. Bolalar o`yin qoidalarini o`zlariga mos va tushunarli bo`lgan hillarini o`zi tanlaydi. Tarbiyachi ham bu o`yinda nazoratchi bo`lib emas o`yin ishtirokchisi bo`lib qatnashadi. Bu holat bolalarni faolligini erkinligini yanada oshirishga hizmat qiladi.5

Tarbiyalanuvchilarga bilim berish bilan bir qatorda ularda erkin fikrlashni tarbiyalash zarurligi mutlaqo ravshan bo‘lib qoldi. Fikrlashni tarbiyalash muayyan moddiy, pedagogik sharoitlarni talab qiladi. Mustaqil fikrlovchi birinchidan, borlikni kuzatish, his qilish, idrok etish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i zarur, ya’ni jismoniy ruhiy sog‘lom bo‘lmog‘i kerak.

Ikkinchidan, voqea-hodisalar mohiyati, mazmunini tushunish salohiyatiga, tarixiy, geografik, fikriy va hokazo ma’lumotlarga ega bo‘lmoq, bunday ma’lumotlar nafaqat makonda, balkim bir zumlik zamonda ham cheksiz ekanidan, ulardan eng zarurlarnigina ajratib olib (tarbiyachi va mashg`ulot vositasida) tarbiyalanuvchini fikrlatmoq lozim.

Uchinchidan, borlikni yaxlit holda, unga aloqador shart-sharoitlardan ajratmay umumlashtirish, ya’ni tarkib topgan muayyan uyg‘unlik doirasida mushohada qilish kerak.

Fikrlashni konkret obyektlarni idrok qilishdan boshlanishi lozim. Masalan, bolani avval tabiat bilan, ya’ni o‘simlik va hayvonot olami, chaqmoq, momoqaldiroq, yomg‘irlar, qorong‘ulik, yorug‘lik, zilzila va boshqalar bilan tanishtirish, ularning sir-asrorlaridan voqif etish zarur.

To‘rtinchidan, fikrlashga chorlovchi topshiriq yoki ma’lumot mustaqil fikrlovchining salohiyatiga mutanosib bo‘lishi kerak.

Shularni nazarda tutib, mustaqil, erkin fikrlashni shartli ravishda 3 daraja – oddiy, o‘rta va murakkabga ajratish mumkin. Mashg`ulotlardagi mustaqil fikrlashga chorlovchi topshiriqlarning aksariyati o‘rta yechimni ko‘zlaydi. Shuni hisobga olib maktabgach ta`lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga interfaol usullarni qo‘llab kelib, yaxshi natijalarga erishib kelmoqdalar.Interfaol usullari ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro faollikka asoslangan va ta’lim tizimidagi o‘zaro faol usullar (metod)dan tarkib topadi.

Tarbiyachilarning faoliyati ko'p qirrali bo'lib, ular boshqaruvchi, muloqotqiluvchi, yo'naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo'ladi.Yuqorida aytib o'tilgan barcha muammolar va salbiy jihatlardan qutulish hamda ta'lim sifatini oshirishning eng asosiy yo'llaridan biri inter faol o'qitish texnologiyasidan foydalanish usuli bo`lib , buning natijasida bolada erkin fikrlash, o`z fikrini boshqalar oldida erkin bayon qila olish ko`nikmalari shakillanib boradi.




Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik jarayonni tashkil etishda, bolalarga ta’lim tarbiya berish jarayonida turfa xildagi interfaol usullar va texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayoning asosini tashkil etadi. Bu texnologyalarni, interfaol usullarni to’g’ri qo’llay olish, faoliyat jarayonida samarali qo’llay olish tarbiyachining pedagogik mahoratiga, zamonaviy ta’lim texnologiyasidan xabardor ekanligiga bog’liq.

Hozirgi kunda tarbiyachilarga bo'lgan talab ham sezilarli darajada oshmoqda va endi ular nafaqat ilmiy, balki ma'rifiy va amaliy bilimlarni ham puxta egallashlari zarur.

Ilm, fan va texnikaning jadal rivojianishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, interfaol metodlar usulidan barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo'llanilishi tarbiyachilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda.

Bugungi kun tarbiyachisidan faqat faoliyat jarayonini qanday olib borishni bilishi emas, zamon bila hamnafas holda ta’limda yangi kirib kelayotgan o’qitish metodlari kutib borish, qo’l ostidagi tarbiyalanuvchilarga mana shu masalada yangi mashg`ulotlarni berishi muassasada ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, hozirgi paytda maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg`ulotlar jarayonin shakllantirishda an'anaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanib kelinmoqda. dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdagi eng qulay va samarali usullar quyidagilardan iborat:

1. Kuzatish metodi.

2.Namoyish etish metodi yoki ko‘rgazmali metod.

3. Hikoya qilib berish metodi.

4. Suhbat metodi.

5. O‘yin metodi. Yuqorida keltirilgan metodlardan foydalanish samarali natija beradi. Chunki bolalarga bilm berish jarayonida kuzatish metodi orqali tarbiyalanuvchilarning harakter xususiyatlarini bilib olishimiz mumkin va shu yordamida bolalarga qaysi usullar yordamida yondashish kerakligini bilib olamiz .Bugungi kun tarbiyachilar zamon talabiga mos ravishda ,innavatsion texnalogiyalardan foydalangan holda noananaviy mashg`ulotlar o`tkazishi, chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini bilishi va bolajonlar bilan o`zga tillarga o`rgatish mashg`ulotlarini olib borishi, ularni maktabga sifatli tayorlashi lozim.



Download 50,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish