Nazorat uchun savollar
1.Nonushta bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga qancha vaqt beriladi?
2.Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun qancha vaqt ajratiladi.
3. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yinga vaqt beriladi?
4.Bolalar qachon ko’proq syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, qo’g’irchoqlar bilan,
stol usti o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin?
Adabiyotlar
1.M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2.Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha
pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
3.D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y.
Darslik.
4.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2018 y.
5.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти
ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”,
46
10-11-12-Mavzu:
Zamonaviy o‘yin turlari va ularni o`tkazish metodikasi
Didaktik o‘yin turlari. Buyumlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
Stol ustiga
ko‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar. Og‘zaki didaktik o‘yinlar.
Mavzu rejasi:
Buyumlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
Stol ustiga qo‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar.
Og‘zaki didaktik o‘yinlar.
Tayanch iboralar:
o‘yinlar, buyumlar bilan o‘ynaladigan, stol ustiga qo‘yib o‘ynaladigan
o‘yinlar, og‘zaki didaktik o‘yinlar, ahamiyati.
Buyumlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash
o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik,
badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim
tarbiya jarayonida asosan o`quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo`nalishdagi
qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik
o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro’lli, ishchanlik va
boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik
o`yinlardan foydalaniladi va alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Umumiy o`yinlar
nazariyasiga ko`ra mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli
konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o`yinlar
ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o`ringa ega.
O`yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa
pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o`yinlarning ta’lim – tarbiyaviy
ahamiyatini o`rganish va yanada oshirish bo`yicha tadqiqot olib borishiga asos bo`ldi. Natijada
oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so`ngra boshqa G`arb mamlakatlarida ishchanlik
o`yinlari qo`llanila boshlandi. Ishchanlik o`yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali
va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o`yinlarning yana bir turi aqliy
hujum usulini birinchi marta 1939-yilda A.F. Osborn qo`llagan. Bu usulni g`oyalar banki deb
ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi:
-
muammoli vaziyat yaratish
-
g`oyalarni shakllantirish
-
eng yaxshi g`oyalarni tekshirish va baxolash va tanlash.
Didaktik o`yinli mashg`ulotlarni bolalarning bilim olish va o`yin faoliyatining
uyg`unligiga qarab syujetli-ro`lli o`yinlar, ijodiy o`yinlar, ishbilarmonlar o`yini, konfrensiyalar
o`yin mashqlariga ajratish mumkin. Pedagog avval bolalarni individual (yakka tartibdagi)
so`ngra guruhli o`yinlarga tayyorlashi va uni o`tkazishi, o`yin muvaffaqiyatli chiqandan so`ng
esa ularni ommaviy o`yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki bolalar didaktik o`yinli
mashg`ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko`nikma malakalarga ega
47
bo`lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o`rtasida hamkorlik, o`zaro yordam vujudga kelishi
lozim.
Pedagog didaktik o`yinli mashg`ulotlarni o`tkazishda qizg`in tayyorgarlik ko`rishi va uni
o`tkazishda
quyidagi
didaktik
talablarga
rioya
qilishi
talab
etiladi:
1. Didaktik o`yinli mashg`ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta`limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo`lishi.
1.Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag`ishlanib, ular o`yin davomida
hal qilishi
2.Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi
3.O`yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo`lishi
4.Mashg`ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga
erishishi kerak.
Didaktik o`yinli mashg`ulotlar orasida konferensiya mashg`ulotlari ham muhim o`rin
tutadi. Konferensiya mashg`ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda ilmiy
dunyo qarashini kengaytirishda, qo`shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda,
ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikma va malakalarni ortirish,
mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konferensiya
mashg`ulotlarini talabalarning bilish faoliyatni faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil
ishlash ko`nikma va malakalarni ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar
bilan mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konfrensiya mashg`ulotini o`tishdan oldin mashg`ulot mavzusini maqsad va vazifalarini
belgilab, shu mavzuga oid qo`shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko`zdan kechiriladi.
Mashg`ulotni o`tishdan bir hafta oldin mashg`ulot mavzusi elon qilinib unga tayyorgarlik
ko`rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg`ulotda “Olimlar” ro`lini tanlash,
mavzuni har tomonlama yoritish, maruza tayyorlash talabaning ixtiyorida bo`ladi.
Ilmiy konfrensiya mashg`ulotini quyidagicha o`tkazish tavsiya etiladi.
Didaktik o`yinlarni tanlashda bolalarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib qoidalariga
rioya qilinadi.
1.Didaktik o`yinlar tanlash va ulardan foydalanishda bolalarning yosh xususiyatlari
pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi.
2.Tanlangan har bir o`yin bolalarga sistemali bilim berish, malaka va ko`nikmalar hosil
qilish bilan birga ularning barkamol bo`lib yetishishiga va ruhan tetik o`sishiga qaratilgan
bo`ladi.
3. Didaktik o`yinlarni tanlashda ta’limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib olinadi
Didaktik o`yinlar ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridan biri. U
o`quvchilarda o`qish motivini. Istagini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Didaktik o`yin – ta’lim beruvchi usul bo`lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga
erishishga yani o`tilgan o`quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni
chuqurlashtirishga qaratilgan bo`ladi. Har bir didaktik o`yinni o`tkazishda muayyan bir vazifa
maqsad qilib olinadi. Masalan : doiraviy misollar o`yinida ikkinchi o`nlik ichida hisoblash
malakalarini mustahkamlashdan iborat bo`lgan didaktik topshiriq qo`yiladi. Didaktik
topshiriq darsga qo`yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik
o`yinning ham, har qanday o`yindagi singari qoidalari bo`ladi. O`sha qoidalarga amal
qilinmasa o`yinning o`yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o`yinning ta’lim tarbiyaviy va
48
psixologik ahamiyati yo`qoladi. O`yin qoidalari o`yin topshirig`iga kiritiladi. O`yin
topshirig`i – o`qituvchining bolalarga o`yinning qanday o`ynalishini, kim g`olibligini
aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o`yin o`z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi:
o`yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi.
1. O`yin qoidalari. O`yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar
o`yin maqsadidagi mos holda o`quvchilar faoliyatini tartibga solish uchun kerak bo`ladi.
2. O`yin mazmuni o`quvchilarning bajarishi kerak bo`lgan harakatlari bilan
aniqlanadi, kimyo darsida bu harakatlar ko`proq misol va tajriba masalalar yechishdan iborat
bo`ladi. O`yin jihozi o`yinni o`tkazish uchun kerak bo`lgan predmet – modellar real va shartli
predmetlar, kartochka va ko`rgazmalardan iborat.
3. O`yin natijasi. Qo`yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija o`quvchilarni
qoniqtirishi kerak.
Didaktik o'yinlar va ularning ahamiyati. Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab
ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin
ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan
uyg'unlashtirishga o'qituvchi o'quvchi o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq
foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. harakat
qiladilar. Shunday faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti ekan, o'yin - bola hayotining
uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar,
o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi. Maktabgacha ta'lim davrida bolalarning aqliy
va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik
o'yinlardan foydalanish bolalar zehnini o'stirishda, tez hisoblash ko'nikmalarini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlar jarayonida bolalar o'yin qoidalariga
qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta'lim
jarayonida didaktik o'yinlar bolalarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga
bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni
toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan didaktik
o'yinlar 2 xil tasnifga egadir. tuyg'ulari, Didaktik o'yinlar tasnifi amalga oshirish mazmuniga
ko'ra:
1.Tinch oyinlar
2.Harakatli o'yinlar
3.Aralash turdagi o`yinblarga:
1. Musobaqa oyinlar
2. Sahnali oyinlar. Didaktik o'yinlarni xilma-xil tarzlarda tashkil qilish mumkin.
Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham
foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi:
1. O'yinning vazifasi.
2. O'yinning harakati.
3. O'yinning qoidasi.
4. O'yinning yakuni.
"Bu qaysi shakl ?" o'yini.
O'yinning maqsadi: Geometrik shakllar bilan tanishtirish. Ularga ta'rif berish
malakasini oshirish. Og'zaki nutqini rivojlantirish. O'yin jihozi: Konvertlarga solingan
geomatrik shakllar. O'yinning borishi: Doskaga bir o'quvchi chiqadi. Konvertdagi shaklni
49
qaysi ekanini ko'rib olib, o'quvchilarga murojaat qiladi. "Qo'limdagi geometrik shaklning uch
tomoni uch burchagi bor, uning tomonlari xar xil uzunlikda bo'lishi ham mumkin. Bu qaysi
shakl?". Shaklga to'g'ri ta'rif bergan va shaklning nomini to'g'ri topgan o'quvchi
rag'batlantiriladi.
Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar qo'llanilishi. Qoidalarni ishlash o'yin
mazmunini amalga oshirishni davolash. Didaktik o'yin ta'limi bilan doimiy ravishda barqaror
bo'lib, unga yordam beradi. Didaktik o'yin -bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va
imkoniyatlariga mos ta'lim berish metodidir. Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni
jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni bajarmasdan bajarilishi uchun foydalanadi.
Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak.
Didaktik o'yin tarbiyachining vazifalari hamda barcha magsadlariga umid qilish kerak edi.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoatchilik manfaatlari
bilan uyg'unlashtirmoqdalar, birdan-bir ko'maklashish va o'zaro munosabatlarni
rivojlantirishdan xursand bo'lishlari kerak. O'yinlar shaxsining sofdillik, rostgo'ylik kabi
xislatlari shakllanishiga imkon beradi. Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyatida, chunki
unda bolalar mashg'ulotlarida olingan bilimlaridan foydalanildi. Shu nuqtai nazardan ko'rib
chiqilgan, olingan bilimlardan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib
berildi. Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun "Rangiga qarab top", "Shakliga qarab top"
kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Katta guruh bolalari uchun "Ishchilar
nimalar va qanday" ishlarni bilishadi? "," Dehqonlar ninmalarni yetishtiradimi? ","
Kimlarning ishlarini nomini ayta oladi? " va boshqa o'yinlarni amalga oshirish mumkin.
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi ma'lumotlarini kamaytirishga
yordam berib, o'zlarining shaxsiy tajribalari va mashg'ulotlarida olgan bilimlarni amalda
qo'llay olishga o'rganadilar, ulardagi fikrlash qobilyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni
rivojlatiradi, olgan bilimlarni tartibga soladi. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va
qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga
oshiriladigan aqliy tarbiya vazifalarini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar. Didaktik o'yin
kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlanish maqsadida yaratiladi. Unda o'yin elementlari
qancha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag'ishlaydi. Didaktik o'yinning muhim
tomoni - uni o'tkazishda ko'zda tutiladigan g'oyadir. O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish
uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik o'yinni boahlashga sababchi bo'ladi. Masalan,
"Haltachada nima bor?", Yoki "Kim qanday qichqiradi" va shunga o'xshashlar. Har bir
didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo'ladi. Unda qoidaning
mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini,
o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan munosabatlarni boshqarib, kerakli tomonga yo'naltirib turadi.
Qoida bolalar harakatini baholovchi o'lchovdir. Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar
o'yin harakatatlarining to'g'ri - notog'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon
hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan "U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti"
deyishlarining o'zi ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib bo'lmaydigan qonundek
munosabatda bo'lishlarini ko'rsatadi. Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularni
rioya qilishlari, ularda mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini - o'zi, o'zaro bir - birini nazorat
qila bilish qobilyatini tarbiyalashga yordam beradi. O'yinning natijasini ikki nuqtayi
nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim. Agar o'yin natijasini
bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan bolalar qanday ma'naviy va axloqiy
50
ozuqa olganlarini olishlari lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma`lum darajada
zo'r berishni, ya'ni ularning aqliy faoliyatga talabni kuchaytiradi.Bolalar fahm-farosatlari,
topag'onliklari, diqqat va xotiralarini namoyish qiladilar. Bularning hammasi bolalarning o'z
kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi bilan to'ldiradi, ular bundan
ma'naviy qoniqish hosil qilishadi.
Didaktik o'yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiyachi quyidagilarga e'tbor
berishi lozim: qo'yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu ko'zlangan
nuqtayi nazardan malum natijalarga erishildimi yoki yo'qmi. Yuqorida keltirilgan ikki vazifa
ham yaxshi bajarilsa, ya`ni bir tomondan bolalarda qiziqish uyg'ota olsa va ular faoliyatini
amalga oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan qo'yilgan maqsad, vazifaga erishilsa, bunday
o'yin yaxshi natija beradi deb hisoblash mumkin. O'yin qatnashchilarini rag'batlantirish,
maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun yetakchi ro'lni berish, bazan esa shu oyinda
foydalanilgan o'yinchoqni o'ynashga berish yoki mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo
bolalar bunday mukofotlarni olaman deb har qanday yo'l bilan bu ishga intilishlariga yo'l
qo'ymaslik kerak. O'yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O'yin harakatlari xilma-xil
ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yigishtirish, ularning rangiga, katta-kichikligiga,
shakliga qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hokazolarda nomoyon bo'ladi. Katta
bolalarning o'yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o'yin harakatlari bir guruh bolalar
harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o'rtasida o'zaro bog'lanish bo'lishini,
harakatlarning izchillik va navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi. O'yin natijasi
didaktik o'yinning muayyan natijasi bo'ladi, natija esa o'yinning finali hisoblanadi. Masalan:
topishmoqlarni topish, berilgan o'yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni namoyon qilish
kabilar o'yin natijasini bo'lib, ularni bolalar erishilgan muvafaqqiyat deb tushunadilar. O'yin
mazmuni g'oyasi harakatlari va qoidalari o'zaro bir- biri bilan bog'langan bo'lib hatto ulardan
birortasi bo'lmasa ham o'yinni o'tkazib bo'lmaydi. natijalari didaktik o'yinning aniq natijalari
bo'ladi, biri bilan bog'langan bo'lib qoladi, hatto katta yoshdagi birortasi bo'lmasa ham o'yinni
o'tkazib bo'lmaydi. Didaktik o'yinning o'yin faoliyati sifatidagi o'ziga xos xususiyati shundan
iboratki, Tarbiyachining bolalar bilan o'zaro munosabatlari o'yin tarzida bo'ladi. Bolalar
ko'pincha o'yin mazmuni bilan belgilanadigan va o'yin harakatlari talab etadigan biron-bir
rolni badaradilar. Masalan, "Magazin" o'yinida bilish mazmuni shundan iborat, haridor
bolalar o'zlarini sotib oladigan narsalarning xususiyatlarini aniqlash, sotuvchi bolalar esa talab
qilinadigan narsaning nimaligini xaridor ayticha belgilash. O'yinni kuzatuvchanlikni mashq
qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi. 0'yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har
tomonlama ko'rib chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat.
O'yin qoidalari xaridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomala bo'lishi,
oladigan buyumlarni tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko'rib chiqish chiqish va boshqa
buyumlar bilan taqqoslashi belgisini aytishi va pul to'lashidan: Sotuvchilarning vazifasi esa
xaridor gapirganda ularni zo'r etibor bilan tinglash so'zlarni bo'lmaslik, soragan buyumlarini
olib, qog'ozga o'rab berishdan iborat. Kopincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-
bir yangilik kiritmaydi, ammo ularning o'z bilimlarini yangi sharoitda ishlatishda bilishga
o'rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon
qilishga talab etadi. Masalan, "Ajoyib xaltacha" o'yinida bolalarga o'zlariga tanish bo'lgan
o'yinchoqni tasvirlab berish vazifsi yuklatiladi, buning uchun esa bola o'yinchoqni boshdan-
oyoq yaxshilab ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos belgilarini eslab qolishi kerak bo'ladi.
51
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning mazmuni "MTT ta'limi-
tarbiya dasturi" da bayon qilingan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
A) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, kattaligi, sifati va ishlatilishi to'grisida
bilimlar berish;
B) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli togrisidagi bilimlar;
V) tabiat voqealari, ishlar, buyumlar, yil fasllari togrisidagi bilimlar; berish
Didaktik o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar
bog'chasining ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir
yosh guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini etiborga olgan holda didaktik
o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, mazmuni, o'tkazish uslublari belgilab berilgan. Masalan, 2
yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan asosiy maqsad -
bolalarni ranglarini bir-biridan farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar (kattta
kichik), shakllarni (sharcha, kubcha) bilishga, ko'rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda
harakatlarni o'stirishga yordam beradi. Masalan, "Juft kartochkalar", "Kattalar va
kichkinalar", "Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz", "Bu nimaning ovozi?"
va shunga o'xshash o'yinlar. Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq
qilishga o'rgatish uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham o'tkazildi. Ikkinchi kichik guruhda
esa didaktik o'yinlar quyidagi magsadlarda o'tkaziladi: bolalarda didaktik o'yininchoqlar bilan
yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini rivojlantirish, jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni
faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va
kubchalarni muntazam shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar
tasvirlangan ikki, to'rt burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan "Idish tovoqlarimiz",
"O'yinchoqlar" kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni farqlash va nomini to'g'ri aytishga
o'rgatish va hokazo. O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish
a'zolari yordami bilan turli xil narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materiallarning
xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi korinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga
ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi. Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlarni
diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq
qila olishga o'rgatib boriladi. Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni
maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish,
ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza
bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni) aytib bera olish kabi sensor qobilyatlarini
tarbiyalash; biron hayvon, transport tarif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish
malakasini o'stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab
guruhlarga bo'lish qobilyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va toldirish;
qismlardan yaxlit ishlash (kubiklar, mozaika va boshqalar) yasash malakasini o'stirish.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi alohida o'rin
tutadi va bu guruhda didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta'lim-tarbiyaviy vazifalar amalga
oshiriladi: bolalarga didaktik o'yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir narsani bilishga havas,
kuzatuvchanlik, diqqat-e'tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini
tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga bo'lishda yordamlashuvchi o'yinlarni, domino,
mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryolkalarini jumboq o'yinlar, og'zaki
o'yinlari ("Dengiz to'lqillanmoqda") ranglarini va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan
farqlashni o'rgatadigan o'yinlar o'tkaziladi. Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali esa bolalarni
52
tovushlarga diqqat bilan quloq solishga ("Tovushlarni takrorla", "Ikki metalafonni galma-gal
chalish" va hk) ritmik shaklni gavdalantirib berishga ("Bolalar va filchalar"), dinamik
farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar" va quyonlar ") o'rgatiladi.
1-mashg`ulot
Qarama-qarshi so`zlar
Bu o`yin mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. O`yinni individual
tarzda ham, guruh bilan ham o`tkazish mumkin. O`yin sharti quyidagicha: o`qituvchi yoki
psixolog bolaga bir so`zni aytadi, bola shu so`zning ma’nosiga qarama-qarshi bo`lgan so`zni
topib aytishi kerak. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, achchiq-shirin, qoronqu-yoruq, qattiq-
yumshoq, keng-tor, uzoq-yaqin, yaxshi-yomon va hokazo. Odatda bolalar o`yin boshida biroz
qiynaladilar, aytilgan so`zga javoban antonim so`zni emas, sinonim so`z bilan javob beradi,
masalan: katta-baland, uzun-uzoq kabi. Ammo o`yinning mohiyatini tushunib olganlaridan
so`ng bolalar yaxshi o`ynay boshlaydilar. O`yin bir necha marta o`tkazilganidan so`ng bolalar
abstrakt tushunchalarni ham osonlik bilan tushunadi va javob beradi, masalan: chaqqon-
yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz kabi s o`zlarga ham tez javob topa oladi.
2-mashg`ulot
"Xayolga tolish" (emosiyani boshqarish uchun o`yin)
Sayohatchi stolga o`tiradi va diqqat bilan kartani o`rganadi. U sayohat rejasini
o`ylaydi. Ifodalanishi lozim bo`lgan harakatlar: chap qo`li tirsagi stolga suyangan va boshini
ushlab turibdi, o`ng qo`lining ko`rsatkich barmog`i tasavvurdagi karta ustida
harakatlanayapti. Mimika: yengil qisilgan ko`zlar, pastki labi tishlangan.
3-mashg`ulot
Bola ushbu chiziqlarni birlashtirib chikishi lozim.
4-mashg`ulot
Umumlashtirish
Bu o`yin mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. O`yin sharti
quyidagicha: psixolog bolaga bir guruhga mansub uchta yoki to`rtta predmet nomini aytadi,
bola bu predmetlarning umumiy nomini aytishi kerak, masalan: ot, sigir, qo`y, it - uy
hayvonlari; tarvuz, handalak, qovun, qovoq – poliz ekinlari; karam, pomidor, kartoshka,
piyoz – sabzavotlar; oy, quyosh, yulduzlar - osmon jismlari va shu kabilar.
5-mashg`ulot
Bola ushbu chiziqlarni birlashtirib chikishi lozim.
53
6-mashg`ulot
To`rtinchisi ortiqcha
Bu o`yin ham rasmlarsiz o`ynaladi. Bolaga bir guruhga kiruvchi uchta predmet va
boshqa guruhga mansub bitta predmet nomi aytiladi. Masalan, atirgul, boychechak, binafsha,
qo`ziqorin. Bola ular orasidan ortiqchasini aytganidan so`ng undan fikrini asoslab berishi
so`ralishi kerak. Bu o`yinlar bolaning tafakkuri rivojlanishiga yordam berish bilan birga
nutqning o`sishiga ham yordam beradi.
O`yin-mashg`ulotlar individual tarzda o`tkazilsa ham yaxshi samara beradi, guruhda
musobaqa ko`rinishida o`tkazilsa bolalarning qizikishi yanada ortadi.
7-mashg`ulot
"Ha va yo`q" (Huquq va burchni muvofiq anglanilishi uchun mashg`ulot)
Ko`rsatma: Oramizda kimning diqqatini yaxshiligini aniqlashga qarakat qilamiz.
Sizlarning har biringizga "Ha" va "yo`q" javoblari oldindan aniq bo`lgan savollar beriladi.
Masalan: "Maktabga borging keladimi", "Bog`chaga qaytib borging keladimi" va h.k. Javob
berayotgan bola faqat teskarisini aytishi kerak. Kim adashsa o`yindan chiqadi.
8-mashg`ulot
Bola ushbu nuqtalarni birlashtirib chikishi va qanday shakl hosil bo`lganligini aytishi
kerak.
9--mashg`ulot
10-mashg`ulot
Taqqoslash
54
Bu o`yin mashg`ulotda bolaga ikkita bir biriga o`xshash predmet beriladi va ular
o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarni topish kerakligi aytiladi. Bola narsalarni taqqoslab
ko`rishi, o`xshashlik va farqni topishi kerak. Masalan: qalam va ruchka orasidagi farqni va
o`xshashlikni. Keyin bolaga bir-biridan mutloqo farq qiluvchi predmetlar beriladi va ular
o`rtasidagi bog`liqlikni topish kerakligi aytiladi.
11- mashg`ulot
«Baliq, qush.,- eshik»
Bolalar aylana qurib o`tiradilar. Olib boruvchilar navbatma-navbat har bir bolaga:
«Baliq, qush, eshik, baliq _________» so`zlarni ayta boshlaydi. Qaysi bolada sanoq tugagan
bo`lsa, u tezlik bilan (olib boruvchi uchgacha sanagunga) baliq so`zini aytish kerak. So`zlar
qaytarilmasligi kerak. Agar javob to`g`ri bo`lsa, olib boruvchi o`yinni davom ettiradi. Agar
noto`g`ri bo`lsa yoki so`zlar takrorlansa (javobni kechikishi ham xatoga o`tadi), bola uyindan
chiqadi. Bitta o`yinchi qolguncha o`yin davom etadi, Mashq mustaqil fikrlash va xotirani
rivojlantiradi.
12- mashg`ulot
Bola ushbu nuqtalarni birlashtirib chikishi va qanday shakl hosil bo`lganligini aytishi
kerak.
Stol ustiga ko‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar.
Suratlar, predmetli loto, domino tipidagi xilma-xil o'yin qo'llanmalari, tematik o'yinlar
("Qaerda nima o'sadi", "Bu qachon bo'ladi", "Bu kimga kerak" va boshqalar); xarakat
aktivligi, mahorat va xokazolarni talab etadigan o'yinlar ("Uchuvchi qalpoqchalar",
"Gusek", "Mo'ljalga tegiz" va boshqalar); mozaika tipidagi o'yinlar stol ustida o'ynaladigan
o'yinlar qatoriga kiradi. Stol ustida o'ynaladigan bosma o'yinlar bolalarning ong - bilim
doirasini kengaytirishga, o'stirishga yordam beradi, idroklilikni, o'rtoqining harakteriga
e'tibor berishni, o'yinning o'zgaruvchi sharoitlariga qarab ish ko'radi, o'z yurishi natijalarini
oldindan ko'ra bilish uquvini rivojlantiradi. O'yinda ishtirok etish sabr -toqat, qoidalarga
qat'iy rioya qilishni talab etadi va bolalarga katta quvonch baxsh etadi.
Kichkintoylarga mo'ljallangan o'yin mazmuni ular uchun tushunarli bshlishi kerak. Loto
kartochkalarida, juft - juft suratlarda, buklama kitoblarda o'yinchoqlar, uy-ro'zg'or buyumlari,
eng oddiy transport vositalari, sabzavotlar, mevalar tasvirlanadi. Asosiy kartadagi suratlarga
mos keladigan juft suratlar tanlash, rasmda tasvirlangan predmetni, uning biror sifatini aytish
bolalarning lug'at boyligini, qisqacha tushintiruvchi nutqini rivojlantiradi.
Katta yoshdagi bolalar uchun mazmunida, o'yin harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik,
aniqlik, tezkorlik, idroklilik elementlari bor bo'lgan o'yinlar qimmatli va qiziqarlidir. Har bir
bolalar bog'chasida juda ham rang-barang o'yinlar nabori bo'lishi hamda mustaqil faoliyat
55
uchun ajratilgan vaqtda bolalarning ulardan bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi
kerak.
Og‘zaki didaktik o‘yinlar.
Og‘zaki didaktik o‘yinlar og`zaki so‘zli o‘yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
o‘tkaziladi. Ular bolaning eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq
ifoda eta olishga o‘rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘yinlar bolaning aqliy
rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik
maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Matematik
o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tushunchalarni
shakllantirishga qaratilgan. Ular o'qituvchiga bolalarni hisoblashga o'rgatish jarayonini
amalga oshirishga imkon beradi ("Qaysi biri?", "Biri juda ko'p" didaktik o'yinlari, "Yana
nima?", "Raqamni nomlang" va boshqalar), arifmetik masalalarni echish ("Ko'ngilochar
vazifalar" o'yinlari, " Bu qancha bo'ladi? "Va boshqalar), miqdorlarni o'zlashtirish, eng
oddiy bog'liqliklar va o'lchash faoliyati (bular" Kim baland? "," Narvon "," Tasmalar
"o'yinlari), bolalarning fazoviy va vaqtinchalik munosabatlar va yo'nalishlarni idrok etishi
Shunday qilib, bolalar didaktik o'yinlar yordamida sensorli standartlarni o'zlashtirishga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |