“Maktabgacha pedagogika”



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana08.11.2022
Hajmi2,48 Mb.
#862330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
2-курс Мак пед.Маж

Nazorat uchun savollar 
1.
Ekologiya atamasiga ta’rif bering. 
2.
“Dunyoda chang va tutun bo’lmaganida insoniyat ming yil umr ko’rar 
edi” ushbu so’zlar muallifi kim va mazmunini yoritib bering. 
3.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berish usullari nechta 
va ularni sanab bering. 
4.
Ekologik madaniyat deganda nimani tushinasiz? 
Adabiyotlar 
1.M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston 
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 
2.Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. 
“Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik. 
3.D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 
2018 y. Darslik.
4.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2018 y. 
5.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш 
тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”, 
 


21 
 
5- Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat burchagidagi 
faoliyatlari. (faoliyat markazlari misolida) 
 
Reja:

Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari.

Tabiatga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari.
Tayanch iboralar:
tabiat, jonli tabiat, jonsiz tabiat, atrof-muhit, tabiatshunoshlik, kuch 
qobiliyat, ekologik muammolar, tabiat bilan tarbiya uyg’unligi. 

Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari.
Bugungin kunda insoniyatni xavf ortida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik 
vaziyat hisoblanadi.Jamiyatning atrof muhit bilan o’zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik 
o’rtasida katta tashvish uyg’otmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida, “Fuqorolar atrof tabiiy 
muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”, 55-moddasida esa 
“Yer osti boyliklari,suv,o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxialar 
umummilliy boylikdir”, deyilgan 
Insonning tabiiy boyliklaridan xaddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida 
sayyoramizning qiyofasi o’zgarib bormoqda. Yashil o’rmonlar siyraklashib, o’simlik va 
hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv havzalari va 
atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindi moddalarining ortib borishi natijasida aholini oziq 
ovqat bilan ta’minlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. 
Oqibatda million-million yillar davomida turg’un bo’lgan tabiiy holatga putur yetmoqda. 
Ekologiya grekcha “oikos”-yashash, uy, makon, “logos” - talimot –umumiy tarzda 
organizmlarning yashash joyi, makoni degan ma’noni anglatadi. Ekalogiya fani tirik 
organizmlarning ma’lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya’ni organizmlarning o’zaro va 
ularni o’rab turgan atof-muhit bilan bog’liq bo’lgan hayot tarzini o’rganadi. Ekologiya so’zi 
tirik mavjudotlar, shu jumladan, odamning yashash sharoiti va tashqi muhit bilan o’zaro 
munosabatini bildiradi. 
Keyingi davrda pedagogika nazariyasi va amaliyotiga “ekologik ta’lim”, “ekologik 
tarbiya”, “ekologik ong”, “ekologik faoliyat”, “ekologik mas’uliyat”, “ekologik e’tiqod”, 
“ekologik ma’rifat”, “ekologik madaniyat”, va boshqa bir qator atamalar va ular bilan bog’liq 
tushunchalar kirib keldi.
Ekologik ta’lim- ekologik ma’rifatning asosiy jihati bo’lib, o’qitish va o’qish 
jarayonlarida mavjud ijtimoiy ekologik tajribaning avloddan-avlodga o’tkazilishidir. Ekologik 
ta’lim orqali shaxsda ekologik bilim, ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ekologik tarbiya-rivojlanayotgan shaxsda maqsadga muvofiq axloqiy -ekologik 
fazilatlarni tarkib toptirishni nazarda tutadi va shu orqali shaxsning ekologik xulq-atvor 
xususiyatlari takomillashib boradi. 


22 
Ekologik ong-shaxsning amaliy eklogik faoliyativa hatti -harakatini tartibga solib
turadi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrov-muhit 
muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir 
Ekologik madaniyat-alohida shaxsning ibratli axloqiy-ekologik xatti-harakati 
boshqalarda zavq- shavq uyg’ota olishlik holatini ifodalaydi .Bu atama shaxs va jamiyatning 
atrof–muhitga munosabat darajasini belgilash uchun qo’llaniladi.
Ekologik bilim-bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o’zgarishi, yer yuzidagi tirik 
jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof –muhit o’rtasida bo’lib turadigan 
munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son sifatini, hajmini xillarini hamda ularni saqlash va 
tejamkorlik bilan foydalanish yo’llarini o’zlashtirishdan iboratdir. 

Tabiatga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekalogiyadan boshlang’ich ta’lim tarbiya berishning 
maqsadi ularni tabiatni sevadigan, asrab-avaylaydigan, odobli erkin fikrlovchi, milliy g’urur 
egasi, barkamol sog’lom avlod etib tarbiyalashdan iboratdir. Ekologik tarbiya ijtimoiy 
tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo’lib uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar 
hal etilishi zarur; 
1. Bolalarda mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari jarayonda ekologik tushunchalarni 
tarkib toptirish. 
2. Ularning tabiat va atrof-muhit ekalogiyasi to’g’risidagi tasavvurlarni boyitish. 
3. Bolalarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini taminlash iltimoiy zaruriyat ekanligi 
to’g’risidagi mas’uliyatini shakllantirish . 
4. Bolalarda tabiatda o’zini tutish malakasini ,atrof-muhitni muhofaza qilish 
tuyg’usini tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof muhit muhofazasini taminlash jarayonida 
faol ishtirok etishlariga erishish. 
Abu Nasr Farobiy [870-950] tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug’illangan 
bo’lib, “Kitob qolhaji va al-Miqdor” , “Kitob al-insonia”, “Kalam fia’zo al hayvon” nomli 
asarlari bunga dalil bo’la oladi. Farobiy o’zining “Ixsoa al-ulum va al-tarif” asarida 
zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o’rganib, ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga 
ajratadi, har bir ilm tarmog’iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta etibor 
berdi. Tabiatshunoslikka oid “Kitob al-mabodi al-insoniya”, “Kalam fia’zo hayvon” kabi 
asarlarda odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, 
ularning o’xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik-fiziologik tushunlar 
berilgan.
Zaxiriddin Muhammad Bobur [1483-1530] faqat shoir bo’lmay, balki tabiatshunos 
ham bo’lgan. Boburning eng yirik asari “Boburnoma” asarida shoirning ko’rgan- kechirganlari, 
borgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf odatlari, hayvonot va o’simlik va boshqalar 
tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o’ziga keragicha malumot topadi. Asar muhim 
atamalar, manbalarga boy. Unda yer, suv, havo turli tabiy hodisalarga tegishli xalq so’zlari 
koplab topiladi. Bobur har bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo, joyning 
geografik o’rni, qaysi iqlimga mansubligi, shifobaxsh joylari, o’simliklari, qazilmalari, 
hayvonoti va aholisi haqida ma’lumot beradi. 
2.
Inson onadan tug’ilib, olamga kelgan chog’idanoq tabiat ehsonidan baxramand 
bo’ladi. Ilk bor havodan to’yib nafas oladi. Odamzot o’sib unishi uchun oziq-ovqat, 


23 
suv,quyosh,harorati juda zarur bo’lib,u bularning hammasi tabiatdan oladi. Tabiat musaffo 
bo’lsa, odam ham sog’lom va baquvvat o’sadi. 
Tabat shunday mo’jizaki atrof muhitni muvozanatga keltiradi chunonchi chiqarilgan 
karbonat angidiritni o’simliklar, yutib uni kislarodga aylantiradi, demak o’simliklar dunyosi, 
ramziy manoda aytganda, havoni chang va karbonat angidirittan tozalab beruvchi bebaxo 
vositadir. Bunday inson o’z atrofini o’rab turgan tabiatni,uning o’simliklar dunyosini ko’z 
qorachig’iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo’lidan kelgancha ko’proq daraxt ekishi, 
ko’kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz 
daraxt ekish, bog’-rog’ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tub mevali daraxt ekgan 
kishining ikki dunyosi obod bo’ladi, deb bejiz aytishmagan. 
Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quydagilar aytilgan: 
“Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat turgan payitda, bexosdan qiyomat qoim bo’lib qolishi 
aniq bo’lganda xam,ulgursangiz,uni ekib qo’ying”. 
Atrof-muhitning tozaligini ta’minlash o’zimizga bog’liq, biz katta-yu yosh toza 
havodan bahramand bo’lish uchun shaxrimizga ko’chat ekib, ko’kalamzorlashtirsak, uning 
ozodaligini saqlasak o’zimizning sog’ligimizni saqlagan bo’lamiz. Bahor faslida ko’chat ekish 
oyligi o’tkaziladi. Shunday ekan, nihollarni yaxshi niyat bilan ekish parvarishlash, gullar ekib 
o’stirish har bir o’quvchi va kattalarning insoniy burchidir. O’zbek xalqi qadriyatlari orasida 
tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko’rkiga-ko’rk qo’shishi odatlari bor. Inson 
tabiatdagi har bir giyoh, o’t-o`lov, dov-daraxt, parranda-darrandalarni, olamda nimaiki kerakli 
bor narsani zarur deb biladi. Ota- bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so’lim daraxtzorlarni, 
qoya-g’orlarni hosiyatli o’t-o’lanlarni, gul –giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati nopok 
kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e’tibor berib kelganlar. 
Avvalo, har bir inson yer yuzidagi o’simliklarni ko’paytirishga hissa qo’shishi, kamaytirishdan 
o’zini tiyishi lozim. O’simliklarni ko’paytirishning birdan bir yo’li-mevali va manzarali 
daraxtlarni iloji boricha ko’proq ekishdir. Ularni parvarish qilish, bog’-rog’lar yaratish xar bir 
inson uchun hayrli ish bo’lishi bilan birga,savobli ish hamdir. 
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o’tmish ajdodlarimizdan bizgacha urf odat 
bo’lib yetib kelgan obodonchilik ishlaridan hozirgi yoshlarni habardor etish, ularni ana shu 
ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, 
Alisher Navoiy kabi el farovonligi yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o’g’il –qizlar, 
oliy himmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo’lib yetishsinlar. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yilning turli fasillarida tabiat bilan 
tanishtirish jarayonida turli metod va usullardan foydalaniladi. Tabiat bilan tanishtirish 
metodlari uchta asosiy guruhga bo’linadi: 
1. Ko’rgazmali uslub 
2. Og’zaki uslub 
3. Amaliy uslub
Kuzatish
Tarbiyachining hikoyasi
O’yin metodi 
Rasmlarni korish 
Badiiy asarlarni o’qish 
Mehnat
Diafilm, Kinofilm 
Suhbat
Oddiy tajribalar
Ekskursiyalar 


24 
Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi bilimlari, 
dastur talablari, o’z o’lkasi iqlimining tabiati, pedagogik yamoyillarga moslashadi. Yuqoridagi 
metodlar bir biri bilan uzviy bog’liq va bir birini to’ldiradi.
Kuzatish uslubi. Turli yosh guruxlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi 
ko’rgazmali metod-kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish tabiat jismlari va xodisalarning 
tabiy sharoitlarida mqsadga yo’nalgan va bevosita xodisalarni borishiga aralashmagan xolda 
sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo’lib, bunda idrok, 
tafakkur va nutq ishtirok etib barqaror diqqat talab etiladi. Maktabgacha talim muassalarida 
bolalrni tabiat bilan tanishtirishda talim berishning tashkiliy formalaridan biri ekskursiyadir. 
Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’ladilar. 
Amaliy uslub. Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida 
o’tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma xil o’yinlardan keng foydalaniladi. Bu 
o’yinlarda bolalalr sezuvchanlik tajribasini ortdiradilar, egallagan bilimlarni ijodiy 
o’zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik harakatli va ijodiy o’yinlardan 
foydalaniladi. 
Suhbat. Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat 2 turga bo’linadi. Oldindan 
o’tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo’linadi. Yuqorida tilga olingan barcha 
metodlar va usullar bolalarda tabiatga nisbatan qiziqish uyg’otadi, ularni yanada sinchikovlik 
bilan kuzatishga, kuzatayotgan narsa ustida chuqurroq o’ylashga, fikr, bilim doirasini 
kengaytirishga, har hil tabiy voqea, hodisalarni so’z bola chiroyli qilib to’g’zi ifodalab berishga 
o’rgatadi. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish