Nazorat uchun savollar:
1. Bolalar faoliyatining qanday turlari mavjud?
2. Mashg'ulot jadvali tuzishda qanday talablarga rioya qilinadi?
3. Bolalarning mustaqil faoliyatiga qanday ta'rif berilgan?
4. Kechki sayr qanday mazmun va mohiyatga ega?
5.Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatddan tarbiyalashda mashg'ulotlar roli
qanday?
Adabiyotlar
1.M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2.Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha
pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
3.D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y.
Darslik.
4.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2018 y.
5.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти
ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”.
82
18-mavzu-Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi.Yosh avlod
tarbiyasida oilaning o‘rni hakida mutafakkirlar ta’limoti
Reja
Yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlar ta’limoti.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinmagan bolalar ota-onalari bilan ish
yuritish shakllari.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan ota- onalar bilan ishlash.
Tayanch iboralar:
ta`lim tashkilotsi, oila,
oila tarbiyasi, vazifalar, mutafakkirlar, ijtimoiy
mihofaza, ota-onalar, shakllar.
Yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlar ta’limoti.
“Oila” deb nom olgan mo’jaz maskan umrimizga mazmun, hayotimizga fayz
beribgina qolmay, jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi. Ayni chog’da
jamiyatning eng og’riqli nuqtasi - barobod bo’layotgan oilalar hususida so’z borganida,
begunoh farzandlar taqdiri kishini beixtiyor tashvishga soladi. Negaki, ota-onaning
ajralishidan murg’ak qalb egalari hammadan ko’proq aziyat chekadi, ko’ngli kemtik holda
ulg’ayadi.
Oilasi parokandalikka yuz tutgan shaxslarning aksariyati nosog’lom turmush
kechirishga odatlanib, jinoyatchiik ko’chasiga kirib qolishi, jamiyatda o’rnatilgan odob-ahloq
qoidalariga rioya etmay huquqbuzarlik sodir etishi yoki farzandariga bee’tibor bo’lib,
nazoratsiz qoldirilishiga asosiy sabab sifatida qaralmoqda.
Yurtimizda oilaviy nizolarni, ayniqsa, ajrimlarni oldini olish maqsadida oiladagi nizoli
holatlarni avvalo oilani o’zida er-xotin, qaynona-qayniota yaqin qarindoshlar ichida yoki
mahallalarda sektor rahbarlari, huquq-tartibod idoralari, imom-xatib, otinoyilar, mahalla
faollari jalb qilgan holda nizoga barham berish, oilani asrab qolish ishlarni mantiqiy davomi
sifatida endilikda fuqarolik sudlarida ko’rilayotgan barcha ajrim va me’ros, molk-mulk va
boshqa oiladagi nizoli vaziyatlar bilan bog’liq jarayonlar ommaviy axborot vositalari orqali
xam keng yoritib borilmoqda.
Farobiy
bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi:
«
Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi
yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan
saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono
kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy
narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin
»
.
Bu fikrlardan
Farobiy
ning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib
tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi,
uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda
kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |