“Maktabgacha pedagogika”



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana08.11.2022
Hajmi2,48 Mb.
#862330
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
2-курс Мак пед.Маж

 


67 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotsi va maktab dasturining izchilligi qanday ahamiyatga 
ega? 
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiyaning maqsadi qanday 
mazmunga ega? 
3. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari nimalardan iborat?
4. Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyorlashmoqda? 
5.Bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari bilan 
ota-onalarning hamkorligi qanday ahamiyatga ega? 
6. Y.A. Komenskiyning qaysi kitobida maktabga tayyorlash bobi bor? 
Adabiyotlar 
 
1.M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston 
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 
2.Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha 
pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik. 
3.D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y. 
Darslik.
4.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2018 y. 
5.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти 
ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”. 


68 
15- Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab dasturlaridagi 
izchillik.Bolani maktab ta’limiga psixologik tayyorlash.
 
Reja:

Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari. 

Tayyorlov guruh bolalarini maktabga tayyorlash vazifalari.
Tayanch iboralar:
maktabgacha ta`lim, maktab ta`limi, faoliyat, shakllar, maktabga 
tayyorlov guruhi. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari. 
A.S. Makarenko bola hayotini to`g`ri tashkil etishning uning tarbiyasi va 
rivojlanishidagi rolini ta'kidlab shunday degan edi: «Tarbiyaviy ishning haqiqiy mohiyati 
umuman, sizning bola bilan ko`rgan suhbatlaringizda, bolaga ko`rsatadigan bevosita ta'sirda 
emas, balki oilangizning, shaxsiy va ijtimoiy hayotimizning va hamda bola hayotining tashkil 
etilganligidadir».
Hozirgi paytda bolalar bog`chalarida o`quv tarbiya jarayoni sifatini oshirish va bolalar 
hayotini tashkil etish zarurati vujudga keldi. 
2. Bolalar hayotini tashkil etish printsiplari. 
Bolalar bog`chalari ta'lim-tarbiyaviy va sog`lomlashtirish ishining barcha 
bosqichlarida bolalarning yosh guruhlaridagi hayotini tashkil etish takomillashib kelgan va 
bunga fiziologlar, psixologlar, pedagoglar (E.I.Tixeeva, Ye. A. Flerina, A. P. Usova, N. M. 
Shelovanov, N. M. Aksarina va boshqalarning) tadqiqotlari asos bo`lgan. Maktabgacha 
tarbiya pedagogikasi bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etishning quyidagi umumiy 
printsiplarini ishlab chiqqan. 
1.Bolalarning har bir yosh guruhlardagi birgalikda hayot tarzi. Bu printsip asosida 
guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni jamoatchilik ruxida 
tarbiyalash uchun bir xil sharoitni ta'minlash ko`zda tutiladi. 
2.Guruhlarni komplektlashning yosh printsipi bolalarning har bir guruhida bir yoki 
ikki yoshning bo`lishni taqozo etadi va ularning yosh xususiyatlarini xisobga olgan holda 
ta'lim va tarbiya jarayonini ta'minlaydi. 
3.Guruhning bolalarini har tomonlama faoliyati va muloqoti uchun zarur moddiy 
muhitini yaratish. Bu printsipga ko`ra guruhlar xonalarini va uchastkalarini pedagogik 
gigienik va estetik talablarining yagona birligi asosida jihozlash va obodonlashtirish amalga 
oshiriladi. 
4.Kun tartibining doimiyligi va yosh xususiyatiga bog`liqligi. Ilk va maktabgacha 
tarbiya yoshida asosiy hayotiy faoliyat ritmi bir xil emas. Ilk yoshdagi birinchi va ikkinchi 
guruh bolalarining o`z xatti- harakatini idora etishdagi ixtiyoriy qobiliyatining yo`qligi 
nochorligi ular hayotini tashkil etishda har bir bolaga parvarish uchun ko`p vaqt ajratish 
zaruratini keltirib chiqaradi. Kun tartibini bajarishda o`z-o`zini tashkil eta olish ko`nikmasi 
tufayli mashg`ulotga, o`yinga, mehnatga vaqt qoladi. 


69 
Bolalar hayoti bu faqat kattalarning bo`lg`usi hayotiga tayyorgarlik emas, bolalalik 
davri bolalarni qiziqtiradigan va uni zavqli qiladigan, ular tomonidan ijtimoiy tajribaning 
o`zlashtirilishini ta'minlaydigan rang-barang faoliyat bilan qiziqarlidir. 
5.Turli faoliyat ko`rinishlarini (o`yin, mehnat, ta'lim) joriy etish: ularning kun 
tartibidagi o`rni, bolalarning rivojlanish darajasiga ko`ra bu faoliyat turlarini qo`shib va 
navbatlashtirib turish, bola shaxsining shakillanishidagi roli.
Kun mobaynida o`yinlar, mehnat va ta'lim uchun vaqt ajratiladi. Ularning bolalar 
bog`chasidagi turli guruhlaridagi o`rni bolalarning yosh imkoniyatlariga yakka tarzda yoki 
guruh bo`lib harakat qila olish ko`nikmasiga, bir-birlari bilan muloqotda bo`la olish 
malakasiga bog`liq. O`yin faoliyati va boshqa faoliyat turlarining asta-sekin kuchaya borishi 
ham ahamiyatga ega bo`la boradi.
6.Yosh guruhlarida bolalar hayotini ular hayoti va sog`ligini muhofaza etishga 
yo`naltirilgan holda tashkil etish. Mazkur printsip asosida yasli bog`chalaridagi yosh 
guruhlari uchun xonalar ajratiladi, mebel va jihozlar tanlanadi, qo`llanma va materiallar 
joylashtiriladi, ovqat tayyorlanadi, chiniqish sistemasi va harakat faoliyati rejimi joriy etiladi. 
Tarbiyachilar, enagalar va bolalar, shuningdek bolalar o`rtasidagi munosabatlarda vazminlik, 
olijanoblik, insonparvarlik ruhi hukum suradi. Ziddiyatlar oldi olinadi va odilona hal etiladi, 
bolalar asabiyligining payi qirqiladi.
7.Bolalar hayotini tashkil etishda estetik talablarga rioya qilish ulardan faqat xonalarni 
jihozlashda foydalanishni emas, balki pedagogik jarayonda foydalanishni ham ko`zda tutadi.
Bolalarning maktabgacha tarbiya tashkilotlaridagi hayot sharoitiga va tarbiyaga 
moslashishi. 
Bolalar tashkilotlariga borish bola uchun katta qiyinchiliklar tug`diradi. Bunda 
ko`pchillik bolalar betoqat, yig`loqi, odamovi bo`lib qoladilar. Tahlikali holat, hayajon tufayli 
zo`riqish bola atrofida yaqin kishilarning bo`lmasligi, maishiy sharoitning ko`nikilgan sharoit 
va hayot tarzining o`zgarishi tufaylidir. 
Funktsional norasidalik, ko`ngli noziklik bola organizmining yangi sharoitga 
ko`nikishini qiyinlashtiradi. 
Bolalar bog`chasiga kelishi bilan bolaning ijtimoiy ahvoli ham o`zgaradi. U oilada 
cheklangan miqdordagi odamlar bilan muloqotda bo`lar, ko`proq oila a'zolari diqqat 
markazida bo`ladi. Maktabgacha tarbiya tashkilotsida esa u bolalar jamoasi a'zosiga, boshqa 
bolalar tengdoshiga aylanadi. Shu tufayli bolaga psixologik jihatdan o`zini qayta qurishga o`z 
xulqini o`zgartirishga, notanish katta kishilar va tengdoshlari bilan aloqaga kirishga to`g`ri 
keladi. Bularning barchasi bola faoliyati va xulqida shakllangan odatlarning buzilishiga olib 
keladi, undan yangi sharoitlarga biologik va ijtimoiy jihatdan moslashishni talab qiladi. 
Biologik jihatdan moslashish deganda tor ma'noda organizmning yangi hayot 
sharoitiga maqsadga muvofiq moslashishni ta'minlaydigan fiziologik sistemasining qayta 
qurilishi tushuniladi. Ushbu qayta qurish tug`ma mexanizmlar asosida amalga oshiriladi. 
Yangi tug`ilgan bola uning tug`ilishidan so`ng maxsus yaratilgan sharoitga tezda moslashadi.
Biologik qayta qurish bolaning maktabgacha tarbiya muassasidagi dastlabki kunlarda 
ham kechadi. U kun tartibida belgilangan yangi havo va yorug`lik rejimiga, ovqatlanishdagi 
o`zgarishlarga ko`nikishi lozim. 
Biologik moslashish qatorida ijtimoiy moslashish amalga oshiriladi, ya'ni o`z xulqini 
yangi ijtimoiy sharoitga ko`ra o`zgartirish qobiliyati hosil qilinadi.


70 
Bola oiladayoq kattalar, oila a'zolari bilan dastlabki muloqotga kirishadi. U atrof-
muhit bilan muloqotga kirishishining dastlabki ko`nikmalarini o`zlashtiradi, unda elementar 
mehnat harakatlari shakllanadi, uyinlar paydo bo`ladi.
Bola oila a'zolari o`rtasidagi munosabat normalarini o`zlashtira boshlaydi, ular asosida 
esa xulqning elementar ko`rinishlari shakillanadi. Bola bog`chaga kelishi bilan shakllangan 
xulqiy odat va munosabatlar ancha o`zgaradi. U tengdoshlari bilan faol aloqaga kirisha 
boshlaydi. Uning hayoti oila a'zolari tomonidan emas, balki kattalar tomonidan yangi qoida 
va rejimga ko`ra tashkil etiladi, unga yangi talablar qo`yiladi. Shunday ekan, bola atrofdagi 
sharoit o`zgarishlariga tez moslashishini, yangi odatlarni singdirishi yoki mavjud odat va xulq 
shakllarini qayta qurishi lozim. 
Biologik va ijtimoiy moslashishilar o`zaro bog`liq va ular bir-birini taqoza etadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidan, ayniqsa, ilk yoshda muhit va odatdagi hayot tarzining 
o`zgarishi ruxiy zo`riqishga olib keladi, bu ruhiy holatni o`zgartiradi, xatti-harakatda 
buzilishlarga olib keladi (jizzakilik, tengdoshlari bilan janjal boshlanadi, sustlik paydo bo`ladi 
va boshqalar) uyqu yomonlashadi va ishtaha yo`qoladi shu bilan birga boshqa funktsional 
sistemalarda (vegetativ) reaktiv sistemasida ham bir muncha siljishlar paydo bo`ladi, 
organizmning himoya kuchi susayadi, bu esa ko`pincha kasalliklarga olib keladi. Bu holatlar 
bolalarda turli darajada ifodalanadi va o`zlashish mexanizmlarning yetarlicha mashq 
qildirilmagani bilan izohlanadi. 
Bolalarning maktabgacha tarbiya tashkilotsiga moslashishning o`ziga xos 
xususiyatlari. 
Bolalarning o`zlashish imkoniyatlari o`rtasida katta farq mavjud ular ayniqsa bolalar 
bog`chasida bo`lishning daslabki kunlarida yorqin namoyon bo`ladi. Juz'iy ijtimoiy muhitdagi 
o`zgarishlarni ko`proq 9 10 oylikdan 1,6 yoshgacha va 3 yoshda 3,5 yoshgacha bo`lgan 
bolalar kiyinroq kechiradilar. Yengil moslashishdan nutqiy faollikning susayishida, xatti-
harakatdagi ba'zi buzulishlarda, uyquning va ishtaxaning yomonlashuvida namoyon 
bo`ladigan qisha muddatli salbiy ruhiy holat kuzatiladi. Odatda, bu holatlar bolalar 
bog`chasida bo`lishning dastlabki ikki xaftasi davomida kechadi.
O`rta darajadagi moslashish xatti-harakatdagi birmuncha katta va uzoq davom 
etadigan siljishlarda ifodalanib, u faqat oyning oxirida normallashadi. Bola qisha vaqt ichida 
ozadi nutqi buziladi, asoratlarsiz tugaydigan yengil 7-10 kun davom etadigan kasalliklar 
vujudga keladi.
Og`ir moslashishda bolaning ko`nikishi uzoq va murakkab kechadi, ba'zan bir necha 
oyga cho`ziladi. U tez-tez qaytalanib turadigan, asoratli kechadigan kasalliklar, xatti-
harakatlarning barqaror buzulishi, qator holatlarda asabiy holatlar birgalikda voqe bo`ladi. 
Jismoniy rivojlanishning susayishi, nutq va ruhiyatda o`sishning kechishi kuzatiladi.
Moslashish davrining qiyinchiliklari, moslashishga oid siljishlarning ifodalanganlik 
darajasi tarbiyaning ilgarigi sharoit bilan ham uzviy bog`liqki, uning ta'siri ostida bolaning 
oliy nerv faoliyati sistemasi shakllanadi. 
Bolani ijtimoiy tarbiya sistemasiga olib kirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Tayyorlov bosqichdagi pediatriya xizmati, ota-onalar va maktabgacha tarbiya muassalarining 
kuch-g`ayrati bola organizmini yangi sharoitdagi hayotga, tayyorlashga uning biologik 
moslashishini yengillashtirishga qaratilgan bo`ladi. Bunga quyidagicha erishiladi:
a) bola kun rejimini bolalar tashkilotsi rejimiga o`ta yaqinlashtirish bilan;


71 
b) uni rejim jarayonlariga faol qatnashtirish bilan;
v) chiniqtiruvchi usullardan keng ravishda kompleks foydalanish bilan;
g) bola organizmi ish qobiliyatini o`stirish uchun zarur harakat faolligini oshirish 
bilan.
Ota-onalarning pedagogik savodxonligi va ularning tarbiyachilar bilan aloqa o`rnatishi 
ushbu talablarni amalga oshirishning shartidir. Ota-onalar yakka suhbatlar, eslatishlar orqali 
bola hayotining tayyorlov davrida tashkil etishga oid tavsiyalar oladilar. Ular ovqatlantirish, 
uxlatish metodikasi bilan tanishadilar, o`z-o`ziga xizmat ko`rsatishni shakllantirishga, 
buyumli va o`yin harakatlarini yo`lga qo`yishga oid tavsiyalar oladilar. O`z navbatida 
tarbiyachilar ham bolalarning uylariga boradilar, ularning hayoti bilan, kichkintoylarning 
qiliqlari, sevimli o`yinlari va o`yinchoklari bilan tanishadilar, bola bilan u ko`nikkan 
sharoitda dastlabki ruhiy aloqa o`rnatadilar.
Bolani bolalar tashkilotsidagi yangi sharoitlar talablariga o`rgatish izchil tarzda 
amalga oshiriladi. Bir xafta davomida bola bolalar bog`chasida 2-3 soatdan ko`p bo`lmaydi. 
Bu vaqt uning ruhiy holatiga qarab asta-sekin ko`paytirib boriladi.
Bolalarni qabul qilishda bog`cha xodimlari bolalar hayotini ularning ahvoli, alohida 
o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etishlari uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Moslashish davrida (2-3 xafta) bola emlanmaydi, barcha mavjud odatlari, xatto salbiy 
odatlari ham saqlab qolinadi, uyidagi o`yinchoklardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ijtimoiy 
moslashishning ko`pchilik bolalarda murakkab kechishi va cho`zilib ketishining asosiy sababi 
bola qoshida yaqin kishilarining yo`qligi va odamlar bilan muomala tajribasining kamligidir 
(N. D. Vatutina). Shuning uchun bolaning bog`chadagi dastlabki kunlarida uning yonida 
onasining ham bo`lishiga yo`l qo`yiladi, u notanish sharoitni o`zgartirishga, tarbiyachi bilan 
aloqa o`rnatishga, so`ng u bilan hamkorlik qilishga yordam beradi. Bolaning vaqti-vaqti bilan 
kuladi bo`lishi, unga e'tibor bilan suyib muomila qilish, tarbiyachi tomonidan maqtalish unga 
nisbatan ishonch va ijobiy munosabat yaratadi, boshqa kattalar va tengdoshlar bilan aloqa 
o`rnatish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ijobiy xis-tuyg`ular, bolani mikro-ijtimoiy muhitga 
olib kirgan tarbiyachiga o`rganish tufayli unda tengdoshlari bilan muloqatga kirishga istak va 
intilish shakillanadi. Bunda guruhda bolaga quyiladigan talablar birligini saqlaydigan doimiy 
tarbiyachilarning ishlashi muhimdir.
Harakatli o`yinlar jismoniy tarbiya va musiqa mashg`ulotlarida birgalikdagi harakatlar 
xis-hayajonli zo`riqishni kamaytiradi, quvonch va zavq baxsh etadi, muomalaga ehtiyojni 
oshiradi. Shunday qilib, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, pedagogik ta'sirini to`g`ri tashkil 
etish, moslashish davrining kechishini osonlashtiradi, bolani boshqa bolalar bilan birgalikda 
hayot kechirishga tezroq ko`niktirishga imkon beradi. (Internetdan) 
Mamlakatimizdagi ijtimoiy maktabgacha tashkilotlar ta'lim- tarbiyaviy ishning keng 
dasturini amalga oshirib bolalarni maktabga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya'ni bu 
o`rinda bolalar bog`chasi va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etishini ta'kidlash 
lozim bo`ladi.
Izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari o`zbek xalq ta'limi sistemasi, 
uning tarkibiy tuzulishi va amalda bo`lishining asosiy dimokratik printsiplari: barcha ta'lim-
tarbiya tashkilotlarini davlat va ijtimoiy tabiatidagi printsipi, barcha turdagi o`quv 
yurtlarining izchillik printsipi va shu kabilar orqali ta'minlanishidir.


72 
Maktabgacha ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh 
xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu 
bolalar bog`chasi va maktab o`rtasida izchillikni ta'minlashning haqiqiy asosini tashkil qiladi.
Bolalar bog`chasi va maktabdagi ta'lim va tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining 
turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish 
maqsadlarida o`zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi.
Izchillik rivojlanishining turli bosqich yoki bo`qinlari o`rtasidagi o`ziga xos aloqa 
sifatida tariflanib, uning mohiyati bir butunning u yoki bu elementlarini yoki bir butunni 
sistema sifatida o`zgartirilganda uni tashkil etishning ayrim tomonlarini saqlashdan iboratdir: 
yangilikda oldingi rivojlanish bosqichining elementlari doim saqlanadi. Klassik falsafa 
namoyondalari izchillik rivojlanishning uzviyligi eskini to`liq inkor etish yo`li bilan emas, 
balki uning muhim elementlarini jamlash va ularni yanada rivojlantirish uchun yangi 
bosqichga ko`chirish orqali ta'minlaydi, deb ta'lim beradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, bolalar bog`chasi va maktab izchilligini, 
birinchidan, bolalar bog`chasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishning bolalarga ular umumiy 
rivojlantirishning zarur darajasiga erishishlari uchun maktabda qo`yiladigan talablarga 
yo`llanganligi, ikkinchidan, o`qituvchining katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 
erishgan rivojlanish darajasi, bolalarning bilim, malaka va ko`nikmalariga tayanish hamda 
bundan ta'lim-tarbiya jarayonida faol foydalanishga yo`llanganlikni nazarda tutuvchi 
mazmunli, ikki tomonlama aloqa, deb qarash mumkin.

Tayyorlov guruh bolalarini maktabga tayyorlash vazifalari.
Maktab maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muhim istiqbolli «mulklarini» 
rivojlantirishni ta'minlaydi va shu bilan birga bola shaxsining boshlang`ich ta'lim maqsad va 
vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan yangi xususiyat hamda xislatlarni 
shakllantirishga yordam beradi. 
Bolalar bog`chasi va maktab o`rtasidagi uzviylik murakkab tarkibiy tuzulishga ega. 
Unda yetakchi yo`nalishlar-ta'lim va tarbiyadagi izchillik hamda ularning tarkibiy qismlari: 
ta'lim-tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlaridagi izchillik, shuningdek bolani 
tarbiyalashdagi pedagogik talablar va sharoitlar izchilligini farqlash mumkin. 
Bolalar bog`chasi va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har 
tomonlama rivojlantirishga yo`llanganligi ular o`rtasida ta'lim-tarbiya izchilligiga 
erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Maktabda bolalar bog`chasida boshlangan o`quvchilarda kishilar o`rtasidagi axloqiy 
munosabatlar go`zalligini, qahramonona jasorat go`zalligini ko`ra bilish qobiliyatini 
rivojlantirish davom etiladi, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi.
Maktabda bolalarda mehnatsevarlik, mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, 
mehnat malaka va ko`nikmalarini takomillashtirishga doir ish izchilligi yanada rivoj topadi. 
Mehnat ta'limiga doir bolalar bog`chasi va maktab o`rtasidagi izchillik mehnatning 
mazmunini murakkablashtirish va ijtimoiy foydaliligini yo`nalganligini oshirish, bolalarning 
mehnatdagi mustaqillik va o`zlarini uyushtirishlarini ortirish hamda bolalar tomonidan 
mehnat faoliyatida tarkib topadigan axloqiy munosabatlarni anglash yo`nalishida boradi. 
Maktabning ta'lim-tarbiyaviy jarayonida bolani shakllanayotgan shaxsining barcha 
tomonlarini rivojlantirishda izchillik amalga oshiriladi.


73 
Bolalar bog`chasi va maktabda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish mazmunini 
belgilovchi dasturlar aloqasi izchillik asosini tashkil qiladi.
Bolalar bog`chasi va boshlang`ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslash ular 
o`rtasida ma'lum izchil aloqa borligini ko`rsatadi. Bu eng avvalo, dasturlarga asoshilib 
olingan boshlang`ich falsafiy va psixologik nuqtai-nazarlar birligi, printsiplar birligi 
(mazmuning tarbi maqsadi va vazifalariga muvofiqligi, hayot bilan aloqasi ilmiyligi, 
ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi tabiati va shu kabilar). Ayrim fanlar bo`yicha (ona 
tili, matematika va b.) 1 sinf o`quv dasturlari yoki tayyorlov sinflarida dasturlarini «Bolalar 
bog`chasidagi ta'lim-tarbiya dasturi»ning tegishli bo`limlari bilan qiyoslash tegishli 
mazmunni ko`rib chiqishga yondashuvda asosiy o`rinlarda umumiylikka erishish moyilligi 
borligini ko`rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilimlarining asosiy mazmunini atrof dunyo 
haqidagi xilma-xil tasavvurlarning keng doirasi va ayrim elementar tushunchalar tashkil 
qiladi. Voqeylikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarning umumiy sistemasi bolaga dunyo 
to`g`ri yo`l topa bilishi va umumiy rivojlanishining zarur darajasini ta'minlaydi, bu siz 
zamonaviy boshlang`ich ta'lim mazmunini egallab bo`lmaydi.
Maktabda o`quvchilar bilimlarining mazmuni yangi darajaga ko`tariladi. 
Voqeylikning turli sohalariga oid bilimlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish jarayoni 
faol sodir bo`ladi, ayni shu vaqtda o`quvchilar oldiga bilimlarni nazariy nuqtai-nazardan 
anglash masalasi ko`ndalang qo`yiladi. 
O`quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirish maktab ta'limiy ishida markaziy 
o`rnini egallaydi.
Maktabgacha yillarda boshlangan bolalarning dunyo haqidagi bilimlarni 
tabaqalashtirish 1-sinfdan boshlab fanni o`tishda, fan asoslarini maqsadli o`rganishda yorqin 
ifodalanib boradi.
Bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish, sistemalash-tirish hamda ilmiy 
tushunchalarni o`zlashtirish bo`yicha ish xuddi mana shu darajada olib boriladi.
O`qitish metodi va shakllaridagi izchillik. 
Bolalar bog`chasi va maktab izchilligi o`qitish metodi va shakllarida ham aks etadi. 
O`qitish metodlaridagi izchillikning sharti ularni bolalarning bilim, malaka va ko`nikmalarini 
ongli, mustahkam egallashlari, bolalarni maktabda ham bolalar bog`chasida ham aqliy 
qobiliyatlari va ijodiy faolliklarini rivojlantirishga yo`llanganligining birligidir. Bolalar 
bog`chasida va maktabning boshlang`ich sinflarida o`qitishning ko`pgina aynan bir xil 
metodlaridan foydalaniladi.
Maktabdagi dars va bolalar bog`chasidagi mashg`ulot bir qator o`ziga xos 
xususiyatlarga ega, ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta'limning asosiy shakllari sifatidda 
ulargagina xos bo`lgan ichki umumiy xususiyatlar majmuiga egadir. Mashg`ulot va darsning, 
mazmuning dasturlashgan aniq tashkiliy vaqt jihatidan cheklanganlik, pedagogning yetakchi 
roli, ilmiy kabi umumiy xususiyatlari ta'lim shakllaridagi izchillik uchun zamin yaratadi. 
Bolalar bog`chasidagi mashg`ulotlarda o`qitish jarayonida bolalarda o`quv faoliyatining 
elementlari tarkib toptiriladi, o`z xatti-harakatni ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, maqsadga 
yo`llangan aqliy ish odati rivojlantiriladi. Bularning barchasi maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarni ta'limining yangi sharoitlariga faol kirishib ketishga tayyorlaydi.


74 
Shunday qilib, bolalar bog`chasi va maktabda ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga 
oshirishdagi izchillik maktabgacha va kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bosqichda bola 
shaxsini to`xtovsiz, bir butun rivojlantirishni amalga oshirishni ta'minlaydi.
Maktabga o`qishga tayyorlik tushunchasi maktabga kirish bola hayotidagi odatiy 
turmush tarzi, atrofdagi bilan munosabat sistemasining o`zgarishiga aloqador muhim davr 
bilan belgilanadi. Bola hayotida birinchi bor markaziy o`rinni ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo`lgan o`quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo`lgan erkin o`yin faoliyatidan farqli o`laroq, 
endi ta'lim majburiy bo`ladi va birinchi sinf o`quvchisidan 4ta jiddiy munosabat talab 
qilinadi. Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta 
quradi: kun tartibi o`zgaradi, erkin o`yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va 
uyushganligi, uning ishchanligi va intizomligiga talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalikka nisbatan o`quvchining o`z xatti-haraati, majburiyatlarini bajarishga 
shaxsiy ma'suliyat ancha-muncha ortadi.
Maktabda umumiy tayyorgarlik bolalar bog`chasining maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta'lim-tarbiyaviy 
ishining muhim yakuni sifatida namoyon bo`ladi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, 
ma'naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u 
bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlariga va o`quv materialini ongli egallashga faol 
kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga 
o`tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.
Maktabga qaytadigan bola yangi turmush tarziga, kishilar bilan o`zaro munosabatning 
yangi sistemasiga faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo`lishi darkor. U yangi jiddiy 
majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo`lishi 
kerak.
Bolaning maktabda o`qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha o`zaro 
bog`langan jihatlar mavjud bo`lib, ulardan muhimlari ma'naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy 
tayyorgarlikdir.
Bolani maktabda o`qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi. 
Maktabda o`qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga 
kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy 
nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o`zining o`qituvchi va sinfdoshlar bilan o`zaro 
munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. 
Maktabni axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuni o`quvchi tutgan o`rindan kelib chiquvchi 
bola shaxsi hamda xulqiga qo`yilgan talablarga ko`ra aniqlanadi.
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning qaror topishida, shuningdek, katta 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va 
intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta 
yo`shlilar va tengqurlari bilan o`zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta 
bilishidir. Tajribaning ko`rsatishicha, maktabdagi o`qish sharoitlariga moslashish oldingi 
yillarda bolalarda «jamoachilik» sifatlari: do`stlarga nisbatan hayrixoh, hurmat bilan 
munosabatda bo`lish, tashkilotchilik ko`nikmalari, xushmuommalalik, g`amxo`rlik bildirish, 
o`zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita 


75 
bog`liqligini ko`rsatdi. Bola xulq-atvorida jamoachilik xislatlarini bunday majmuining 
mavjudligi uni maktabga axloqiy irodaviy tayyorligining ko`rsatkachi bo`la oladi va yangi 
jamoada tengqurlari bilan muomalada ko`tarinki ijobiy ruhni yuzaga keltiradi.
Shunday qilib, bolaning maktabda o`qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi uni 
maktabgacha yillarda axloqiy-irodaviy rivojlantirishning muayyan yakuni sifatida namoyon 
bo`ladi. U maktab ta'limi nuqtai nazardan bola shaxsi va xulq-atvorining o`z majmuiga ko`ra 
bolaning maktab sharoitlariga moslashishi o`z majburiyatlarini mas'uliyatli bajarish, 
o`qituvchi va o`quvchilarga nisbatan axloqiy munosabatni shakllantirish uchun zarur zaminni 
tashkil qiluvchi eng muhim xislatlarni qamrab oladi. Axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning 
maktabda o`qishga aqliy va jismoniy tayyorligi bilan uzviy aloqadordir 
Bolalarning maktabda o`qishga aqliy tayyorligi. Bolalarni maktabga aqliy 
tayyorligining ahamiyati, o`quvchi faoliyatining yetakchi turi-o`quvchilardan jiddiy aqliy 
qobiliyat va bilish faoliyatlarini talab qiluvchi o`qitishdan kelib chiqadi. Maktabga aqliy 
tayyorlik bir necha o`zaro bog`langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi.
Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o`qishga kirayotgan 
bolada atrof dunyo haqida yetarlicha keng bilim boyligining mavjud bo`lishidir. Bilimlarning 
bu fondi o`qituvchi o`z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. 
Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bo`lajak o`quvchini tafakkur faoliyatining 
umumiy darajasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar bog`chasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazzam, 
maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda tafakkur faoliyatining narsalarini ko`p 
tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda 
hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi 
asosiy aloqa, bog`liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, 
o`xshashlik va farqlanuvchi belgilarini izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga 
oshirish ko`nikmasi tarkib toptiriladi. Bo`lajak o`quvchilarda aqliy faoliyatini mustaqil 
rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko`nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo`yish 
va uni hal etish ko`nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.
Shunday qilib, maktabdagi o`qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy 
rivojlantirishning ko`pgina o`zaro bog`langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish 
faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof hamda dunyo haqidagi anglangan 
sistemalashtirilgan tasavvurlar hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o`quv 
faoliyati umumiy darajasining biriligi bolalarda maktabdagi o`quv materialini egallashga 
aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.
Bolani maktabda o`qishga jismoniy tayyorgarligi o`qishning muvaffaqiyatli bo`lishida 
katta ahamiyatga egadir. Maktabga o`qishga kirish munosabati bilan bola turmush tarzining 
qayta qurilishi, kun tartibini o`zgarishi, jiddiy uquv mehnati, darslarning davomiyligi undan 
sezilarli jismoniy zo`r berishni talab qiladi. Maktabda jismoniy tayyorgarlik ko`pgina tarkibiy 
qismlarda tarkib topadi. Bu birinchi navbatda bola salomatligining yaxshi bo`lishi, 
organizmning chiniqqanligi, ma'lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga 
qarshilik ko`rsata olishidir. Bu bolaning jismoniy va nerv-psixologik uyg`un rivojlanganligi, 
morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh ko`rsatkichlariga muvofiqligi (yoki ulardan 
birmuncha ilgarilashi), materikaning yuqori darajada rivojlanganligidir. Bolalarni maktabda 
tayyorlashda barmoq mayda muskullarini rivojlanishi alohida o`rinni egallaydiki, bu yozuvni 


76 
muvoffiqiyatli egallashining zaruriy shartidir. Maktabga jismoniy tayyorgarlik, shuningdek 
bola tomonidan madaniy-gigienik malakalarining egallanishini, ularda shaxsiy gigienik 
qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashini nazarda tutadi.
Jismoniy tayyorgarlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zarur qismi 
hisoblanadi.
«Maktabga yetuklik»ni aniqlashda bola sog`ligining holati va organizmning biologik 
yetukligini baholash (antropometik ko`rsatkichlar: suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir 
sistemasining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko`p omilli tahlildan, maktabga funktsional 
tayyorlikni «Maktabga yetuklik»ning asosiy ko`rsatkichi va eng avvalo bir qator fiziologik 
funktsiyalarning rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga: partada anchagina 
uzoq muddat o`tirish uchun zarur bo`ladigan tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi; 
harakatlarni yaxshi boshqarish, jumladan yozish va rasm solishga aloqador grafik fazilatlarni 
bajarishda zarur bo`ladigan barmoqlarning mayda harakatlari: ijobiy va tormozlanishga xos 
shartli aloqalarini nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek, ikkinchi signal 
sistemasining yetarlicha rivojlanganligi taalluqlidir.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish