Maktabgacha pedag


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari



Download 1,71 Mb.
bet183/260
Sana30.08.2021
Hajmi1,71 Mb.
#159917
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   260
Bog'liq
F

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning


524



vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylikkengashining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.

Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muas­sasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta'lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.

Ota-onalar:

o'z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;

davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta’lim- tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish;

muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.

Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.

Ota-onalar quyidagilarga majbur:

belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash;

bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish,



bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.

Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.

Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.

Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;

o'z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish;


526





ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;

bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;

pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;

o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.


/ \


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish